10- mavzu: pedagog psixologiyasi. Pedagog shaxsiga qo`yiladigan psixologik talablar. Pedagogning umumiy va maxsus xususiyatlari


Download 140.5 Kb.
bet1/13
Sana07.05.2023
Hajmi140.5 Kb.
#1439480
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
PPva PO`M 10-ma`ruza


10- Mavzu: PEDAGOG PSIXOLOGIYASI.
1. Pedagog shaxsiga qo`yiladigan psixologik talablar.
2. Pedagogning umumiy va maxsus xususiyatlari.
3. Pedagog faoliyatining individual uslubi.


O‘qituvchilik inson jamiyati tarixi boshlangandan e’tiboran davom etib, shu bilan birga hamma vaqt jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’tiborga loyiq e’zozlab kelingan kasbdir.
«O‘qituvchi-deydi Al Forobiy - aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bo‘lishi va o‘quvchilarga aytmoqchi bo‘lgan fikrlarini to‘la va aniq, ifodalay olishni bilmog‘i zarur». U o‘z fikrini davom etirib, «O‘qituvchi va rahbarning vazifasi dono davlat rahbari vazifasiga o‘xshaydi, shu sababli o‘qituvchi eshitgan va ko‘rganlarining barchasini eslab qolishi, aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bo‘lishi o‘quvchilarga aytmoqchi bo‘lgan fikrlarini to‘la va aniq, ifodalab berishni bilmog‘i lozim. Shu bilan birga o‘z or-nomusini qadrlashi, adolatli bo‘lishi lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega bo‘ladi va baxt cho‘qqisiga erishadi» deb ta’kidlaydi.
Qomusiy olim Abu Ali ibn Sino fikricha, «O‘qituvchi matonatli, sof vijdonli, rostgo‘y va bolani tarbiyalash metodlarini, axloq-qoidalarini yaxshi biladigan odam bo‘lmog‘i lozim. O‘qituvchi o‘quvchining butun ichki va tashqi dunyosini o‘rganib uning aql qatlamlariga kira olmog‘i lozim».
Nosiriddin Tusiy o‘zining «O‘qituvchilarni tarbiyalash to‘g‘risida» asarida shunday deydi: «O‘qituvchi munozaralarini olib borishda isbot qilishni bilishi, o‘z fikrlarining to‘g‘riligiga ishonishi, nutqi esa mutlaqo toza, jumlalari mantiqiy ifodalanadigan bo‘lishi lozim. O‘qituvchi nutqi hech qachon va hech qayerda zaxarxandalik, qo‘pol yoki qatiq bo‘lishi mumkin emas. Dapc paytida o‘qituvchining o‘zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin».

Download 140.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling