10-mavzu. Magnitoelektrik asboblar


Download 156.09 Kb.
bet1/6
Sana18.06.2023
Hajmi156.09 Kb.
#1559362
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-magnitoelektrik asboblar


10-mavzu. Magnitoelektrik asboblar.


Reja:



  1. Magnitoelektrik millivoltmetrlar.

  2. Avtomatik potensiometrlar.

  3. Avtomatik potensiometrlarning o’lchash sxemasini hisoblash.



Tayanch iboralar: Magnitoelektrik millivoltmetrlar, erkin uchlar, kompensatsiyalash, avtomatik potensiometrlar, potientsiometrik o’lchash usuli


Adabiyotlar: 1, 2, 3, 4, 5.


Termoelektr termometr erkin uchlari haroratining
o’zgarishini kompensatsiyalash usullari.

Termojuft sovuq ulanmalari harorati o’zgarmas bo’lgandagina to’g’ri o’lchaydi. Ammo bu ulanmalar harorati o’zgarmas bo’lib qola olmaydi. Shuning uchun termometrning sovuq ulanmasini o’lchash ob‘ektidan o’zoqroqqa haroratning o’zgarmas zonasiga olish lozim. Shu maqsadda maxsus kompensatsion (uzaytiruvchi) simlardan foydalaniladi. Haroratning o’zgarishiga qarab tuzatish kiritiladi.


Sanoatda avtomatik ravishda tuzatish kiritish uchun ko’prik sxemalar qo’llaniladi. (7.1-rasm).


1-rasm. Termojuft erkin uchlarining haroratini avtomatik kompensatsiyalash sxemasi:
1-kompensatsiya ko’prigi; 2-termojuft; 3-millvoltmetr; 4-tok manbai.


Ko’prik termojuftga ketma-ket ulanadi. Uning R1, R2, R3 tomonlari manganindan, R4 tomoni esa misdan ishlanadi. Rg qushimcha qarshilik ko’prikka
berilgan kuchlanishni etarli darajada etkazib berish uchun xizmat qiladi. Energiya
o’zgarmas tok manbaidan olinganda Rg ning o’zgarishiga qarab ko’prikni turlicha
darajalangan termojuftlar bilan ishlashga rostlash mumkin. Termojuftdan kompensatsion ko’prikkacha termoelektrod simlar o’tkaziladi, ko’prikdan o’lchash asbobigacha esa mis simlar ulanadi.
Termojuft erkin uchlarining darajalanish haroratida ko’prik muvozanat holatda bo’lib, ko’prikning ab uchlaridagi potensiallar ayirmasi nolga teng bo’ladi. Erkin
uchlarining harorati o’zgarishi bilan birga R4 qarshilikning qiymati ham o’zgaradi.
Natijada ko’prik muvozanati bo’ziladi va uning ab uchlaridagi potensiallar ayirmasi o’zgaradi. Bu ayirmaning qiymati erkin uchlaridagi haroratning o’zgarishi sababli paydo bo’lgan TEYKning teskari ishorali qiymatiga teng bo’ladi.


Magnitoelektrik millivoltmetrlar

Termoelektrik termometrlar komplektidagi TEYKni o’lchash uchun millivoltmetr va potensiometrlar qo’llanadi.


Millivoltmetr – bu magnitoelektrik ulchash asbobi bo’lib, ularning ishlash prinsipi o’tkazgichlar va magnit maydonining o’zaro ta‘siriga asoslangan. Millivoltmetrning to’zilishi 7.2-rasmda ko’rsatilgan. Doimiy magnit 1 ning qutb uchlari 2 va tayanch tovonostilar 8 da aylanadigan o’qlarda joylashgan o’zak 3 orasidagi havo oralig’ida ramka 5 mavjud. Ramka emal yakkaligidagi ingichka mis simning lak bilan biriktirilgan cho’lg’amlaridan iborat. Uning uchlari o’qlar 7 ga ulangan. Ramkaga strelka 10, kronshteyn 9 ulangan. Strelkaning uchi shkala 11 bo’ylab siljishi mumkin.
Ramka termojuft zanjiriga ulangan spiral-prujina 6 orqali keladigan tok ramkadan o’tadi. Ramkaning cho’lg’ami orqali tok o’tganda hosil bo’lgan magnit maydoni bilan doimiy magnit maydon o’rtasidagi o’zaro ta‘sir natijasida aylantiruvchi moment hosil bo’ladi, shu sababli ramka strelka 10 bilan birga aylanadi. Spiral 6 bu aylanishga teskari ta‘sir qiladi. Ramkada o’rnatilgan har bir tokning qiymatiga, ya‘ni termojuft TEYK ga strelkaning muayyan bir holati to’g’ri keladi. Tok o’tmagan paytda qayishqoq, prujina 6 lar ramkani boshlang’ich holatga qaytaradi. Strelkaning shkala 11 bo’yicha ko’rsatishi esa nolga teng bo’ladi. Kronshteyn 9 strelkani muvozanat holatida saqlash uchun posangi 4 bilan ta‘minlangan.
Asbob shkalasi 0C da darajalangan. Ramkadan o’tgan tok bilan doimiy magnit maydon orasidagi o’zaro ta‘sir tufayli paydo bo’lgan aylantiruvchi moment quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:



Download 156.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling