10-variant Tarbiya jarayonida iqtisodiy tushunchalarni singdirish


Download 32.3 Kb.
Sana12.05.2020
Hajmi32.3 Kb.
#105152
Bog'liq
10-вар


10-variant

  1. Tarbiya jarayonida iqtisodiy tushunchalarni singdirish

Iqtisodiy tarbiya boshlang’ich sinf o`quvchisi tarbiyasining muhim muammolaridan biridir. “Iqtisodiy o’zgarishlarni ustivor deb hisoblayotganimiz, taqsimotning ma’muriy buyruqbozlik tizimidan butkul voz kechayotganimiz hamda bozor iqtisodiyotiga asoslangan ijtimoiy mnosabatlarni shakllantirayotganimiz jamiyatni isloh qilishga qat’iy yondoshishimizning ifodasidir”, degan edi muxtarama Birinchi prezidentimiz I.Karimov.

O'quvchilar ongida iqtisodiy ta'limning asosiy tushunchalarini singdirishda mehnat tarbiyasidan foydalanish, o’quvchilarning mustaqil fikrlovchi komil insonni shakllantirish to’g’risida fikrlar asoslab berilgan.



Bolalarga iqtisodiy tarbiya berish eng avvalo oiladan boshlanadi va maktabgacha ta’lim muassasasida va maktabda davom ettirilishi, iqtisodiy tarbiyaning mazmuniga sharq mutafakkirlari katta e’tibor qaratib kelganliklari, oqilona ehtiyojlarni, ularni moddiy imkoniyatlar bilan taqqoslash qobiliyatini shakllantirish, bolalarda o’z ehtiyojlarini to'laroq qondirishga bo’lgan izlanishlarda mehnatga yo’nalganlikni tarbiyalash haqida batafsil yoritib berilgan.

Ma’lumki, «iqtisod» so’zining ma’nosi keng bo’lib, chuqur mazmunga ega. Ko’p urindi bu so’z xalq ichida «tejamkorlik» so’zining sinomini sifatida qo’llaniladi. Tejamkorlik haqida so’z ketganda isrofgarchilikka yo’l qo’ymaslikki tushunamiz.



«Iqtisod» tushunchasiga, mashhur o’zbek muayamini Abdulla Avloniy quyidagicha ta’rif beradi: «Iqtisod deb pul va mol kabi ne’matlarning qadrini bilmakka aytilur.

O'quvchilar iqtisodiy ongining qaror topishi ularda iqtisodiy tushunchalar tizimini shakllantirishni, ularning jamiyatni iqtisodiy rivojlantirish qonuniyatlarini, iqtisod, ishlab chiqarishni tashkil etishga doir umumiy ma'lumotlarni o'zlashtirib olishini, ularda fikrlash operatsiyalari (tahlil, sintez qilish, umumlashtirish va boshqalar)ni rivojlantiradi va keyinchalik eng oddiy iqtisodiy tahlil qilish ko'nikma va malakalarini tarkib toptirishni nazarda tutadi.

Shu sababli boshlang'ich sinflardanoq matematika darslarida iqtisodiy tarbiya elementlarini oshirib borish lozim. Iqtisodiy tarbiya — o'quvchilarning iqtisodiy ongini shakllantirishga qaratilgan, uyushgan (tashkil etilgan) pedagogik faoliyat, maxsus o'ylangan ish sistemasidir.

Uni amalga oshirish jarayonida o'quvchilar tartibli va samarali iqtisodiyot haqida, ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish to'g'risida, ishlab chiqarish munosabatlari haqida, amaldagi xo'jalik mexanizmi to'g'risida tushuncha va tasawurlar majmuyini o'zlashtirib oladilar. Iqtisodiy tarbiya iqti­sodiy tafakkurning rivojlanishini iqtisodiy faoliyat natijasida hosil bo'ladigan axloqiy va ishchanlik fazilatlarining, ijtimoiy faollikning, tadbirkorlikning, tashabbuskorlikning, ijtimoiy mulkka tejamkorlik bilan, halol munosabatning shakllanishini ta'minlaydi.

O‘quvchilarda iqtisod borasida ijodiy fikr yuritishni shakllantirishda darslarda va darsdan tashqari mashg’ulotlardan unumli foydalanish lozim. Iqtisodiy tarbiyaning asosiy maqsadiga bir qator vazifalarni hal etish natijasida erishish mumkin. Bu vazifalarning asosiylari quyidagilardan iborat:

-o’quvchilarda iqtisodiy ongni izchillik bilan rivojlantirib borish;

- oqilona ehtiyojlarni, ularni moddiy imkoniyatlar bilan taqqoslash qobiliyatini shakllantirish,

- bolalarda o’z ehtiyojlarini to'laroq qondirishga bo’lgan izlanishlarda mehnatga yo’nalganlikni tarbiyalash;

- kasb tanlashga ongli munosabatda bo’lish, tejamkorlik, rejalilik, omilkorlik, ishchanlik, xo’jalikni tejab-tergab olib borish kabi sifatlarni tarbiyalash;

-o’quvchilarni iqtisodiy tahlil qilish malaka va ko’nikmalari bilan qurollantirish, tejamkorlik va iqtisod qilish odatlarini tarbiyalash, aqliy va jismoniy mehnat madaniyatini shakllantirish, mehnatni ilmiy tashkil etish asoslarini egallab olish;

-mas’uliyatsizlikka, mehnatdagi tartibsizlikka, bekorchilikka, boqimandalik kayfiyatlariga, xo’jasizlikka, isrofgarchilikka, beparvolikka murosasiz munosabatda bo’lish hissini tarbiyalash va hokazo. Manashunday tushunchalarni boshlang’ich sinf o’quvchilariga sinfda va sinfdan tashqari ishlarda bosqichma bosqich singdirib borishimiz zarur. Bozor” so’zi sotuvchi va xaridorlarning o’zaro uchrashadigan , tovarlar oldi – sotdi qilinadigan joyni bildiradi.

Bozor kishilar, korxonalar , davlatlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar tizimini namoyon qiladi. Narxlar vositasida iqtisodiyotda rivojlanish bo’ladi, tovar ishlab chiqarganlar rag’batlantiriladi. Pul - bozor iqtisodida katta hizmat qiladi . Pul juda qimmatli qog’oz. Qiziq, tillani ham yoki oddiy tuzni ham pulga sotib olishar ekan. Barter usuli – o’rtaga pulni aralshtirmay, narsani narsaga tengma – teng almashtirish barter usuli deyiladi.

Ota-onalarning o’quvchi barcha ehtiyojlarini so’zsiz qondirishga intilishlari tarbiyadagi katta xatodir. Ota-onalar o’z farzandlarini mehnatsevar va tejamkor qilib tarbiyalash uchun quyidagilarga amal qilishlari kerak.

1. Bola o’z ota-onasining qaerda ishlashini va nima ishlab chiqarishini, bu ishlab chiqarishning butun jamiyat uchun qanday ahamiyati borligini bilishi kerak. Umuman, Bola ota-onasi ishlab, topib keltiradigan daromadning katta va foydali ijtimoiy mehnat evaziga olinadigan ish haqi ekanini mumkin qadar ertaroq yaxshi tushunishi lozim.

2. Bolani oila byudjeti bilan mumkin qadar ertaroq tanishtirish lozim. Agar oilaning moddiy sharoiti juda yaxshi bo’lsa, Bolaning o’z tengdoshlari oldida bunday yaxshi sharoit bilan g’ururlanish va maqtanishga odatlantirmaslmik kerak.

3. Ota-ona O’quvchi halol, rostgo’y va sofdillikka odatlanib borishlarini diqqat bilan kuzatib borishlari kerak. Ular hech narsani Boladan atayin yashirmasliklari va shu bilan birga uning ko’z o’ngida yotgan bo’lsa ham, so’roqsiz olmaslikka o’rgatishlari kerak.

4. Oilada tejamkorlik va ehtiyotkorlik tarbiyasini to’g’ri tashkil etib, eskirib qolgan narsalarni yaxshilab, ta’mir qilib, yangisini sotib olish vaqtini cho’zish va shu yo’l bilan ota-onalar yoki oilaning boshqa a’zolari topgan pulning ma’lum qismini tejab qolish mumkin bo’ladi.

5. Bola faqat o’z buyumlarini emas, boshqalarning buyumlarini ham ehtiyot qilishga o’rganishi lozim. Tejab-tergab ish ko’rish odatlarini bolalarda mumkin qadar ertaroq tarbiyalamoq kerak. Pulni tejab-tergab sarflashga o’rgatish muhim.

6. Oilada ota-onalar o’z farzandlarining mehnatsevar, tejamkor va ehtiyotkor kishilar bo’lib yetishishlarida o’zlari namuna bo’lishlari kerak. Oilada mehnat tarbiyasini amalga oshirish uchun quyidagi pedagogik talablarga amal qilish lozim.

O‘quvchilarini tejamkorlik ruhida tarbiyalashda maqol va hikoyalardan foydalanish

Bozor iqtisodiyoti oila tarbiyasida keng qo’llanib kelingan milliy qadriyat sifatidagi tajribalariga suyanishni ham taqozo etadi. Masalan, o’zbek oilalarida bolalarni tejamkorlik ruhida tarbiyalab kelganlar, isrofgarchilikka yo’l qo’ymaganlar.

Mol qadrini biluvchi kishilar o’rinsiz yerga bir tiyin sarf qilmas, o’rni kelganda, so’mni ayamas. Sahovatning ziddi bahillik o’ldig’i kabi iqtisodning ziddi isrovdur. Alloh. Taolo isrof qiluvchilarni suymas».

Ota-bobolarimizning o’z farzandlarini tejamkor bo’lishga undaganlarini xalq og’zaki ijodi misolida ham ko’rishimiz mumkin. Masalan, tejamkorlik mavzui xalq maqollarida ham o’z aksini topgan. Zero, bu maqollar yuz yillar davomida avloddan-avlodga o’tib, xalqning dilida saqlanib kelgan.



Maqollar kishilarning tarixiy tajribasi sifatida ko’pgina sinovlardan o’tib shakllanadi va chuqur ma’no kasb etadi. Mana ularning ayrimlari: «Tejagan-birga birni qo’shar, tejamagan birini ham boy berar», «Pul topish uchun kuch-quvvat kerak, tejash uchun-fahmu-farosat», «O’zingnikini bir bor tejasang, xalqnikini ming bor teja»,«Tejamligu rasomadlik-aka-uka, to’g’riligu halollik-opa-singil», «Tejamkor-olqish olar, isrofgar koyishga qolar» va hokazo.

  1. Shaxs ma’naviy yuksalishida qadriyatlarning ahamiyati

 Xalqimizning asrlardan asrlarga o'tib kelayotgan milliy qadriyat­lari ham uzoq tarixiy jarayonda shakllangan. Jumladan, o'zi tug'ilib o'sgan ona yurtiga yehtirom, o'z taqdirini mana shu yurtsiz tasavvur qila olmaslik, o'tgan ajdodlar xotirasiga sadoqat, kattalarga doimiy hurmat ko'rsatish, har qanday sharoitda ham hayo va andishani saqlash, turmushda poklikka alohida ye'tibor berish singari ko'plab fazilatlar bizning milliy qadriyatlarimiz asosini tashkil yetadi.

 Bugungi kundagi turli zararli ta’sirlardan saqlanish, har qanday sharoitda ham xalqimizga azaldan xos bo’lgan milliy qiyofa, betakror fazilatlar egasi bo’lib qolishimizda qadimiy an’ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylab, ularga amal qilib yashash o’ta muhim ahamiyat kasb etadi.

Yer yuzidagi har bir millat faqat uning o’ziga xos bo’lgan an’ana va qadriyatlari bilan alohida ajralib turadi, tabiiyki, har qaysi xalqning bebaho boyligi bo’lgan bunday qadriyat va an’analar bir-ikki kunda paydo bo’lib qolmagan. Insoniyatnrng necha ming yillik tarixiy tajribasi shuni ko’rsatadiki, biror-bir narsaning an’anaga, ayniqsa, qadriyatga aylanishi uzoq davrni talab qiladi. Yillar, asrlar davomida muayyan qarash, odat, tushuncha, tajribalar zamonlar, avlodlar sinovidan o’tadi, sayqal topib boradi. Agar ular keyingi avlodlar tomonidan ham qabul qilinsa, davom ettirilib, urf-odatga aylansa, demakki, endi ularni milliy an’ana va qadriyat deb atash mumkin bo’ladi.

Millat uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bog’liq qadriyatlar milliy qadriyatlar deyiladi. Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, ma’naviyati hamda madaniyati bilan chambarchas bog’liq holda namoyon bo’ladi.

O’zbek xalqining asrlardan asrlarga o’tib kelayotgan milliy qadriyat­lari ham uzoq tarixiy jarayonda shakllangan. Jumladan, o’zi tug’ilib o’sgan ona yurtiga ehtirom, o’z taqdirini mana shu yurtsiz tasavvur qila olmaslik, o’tgan ajdodlar xotirasiga sadoqat, kattalarga doimiy hurmat ko’rsatish, har qanday sharoitda ham hayo va andishani saqlash, turmushda poklikka alohida e’tibor berish singari ko’plab fazilatlar bizning milliy qadriyatlarimiz asosini tashkil etadi.

Xalqimiz juda qadim paytlardan boshlaboq ko’chmanchilikdan o’troq hayot kechirishga o’tgan, shunday hayot tarziga o’rgangan. Odamlar o’zi o’rnashib qolgan yerni, uning atrofidagi suv manbalarini qadrlashni, asrashni odat qilganlar. Chunki mana shu yer va suv yordamida olinadigan hosil insonlarning rizqi, tirikchiligina muhim manbayi hisoblangan. Bunday o’troq hayot tarzi odamlarni jamoa bo’lib, bir-biriga yelkadosh bo’lib yashashiga, mehnat qilishi mehnat mahsullarini o’zaro ayirboshlash orqali savdo munosabatlari kirishishiga olib kelgan. Shu tariqa qishloq xo’jaligi hamda shahar madaniyati yuksala borgan. Yurtimizda bunyod etilgan Samarqand, Qarshi, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Andijon, Marg’ilon, Termiz va Qo’qon singari o’nlab shaharlarning yoshi ming yillar bilan o’lchanishi ham bejiz emas.

Demoqchimizki, xalqimiz o’zi tug’ilib o’sgan yer-zaminga qattiq bog’langan, uni e’zozlashni bolaligidan o’rganib, his qilib o’sadigan millat sanaladi. Demak, xalqimizning o’z yurtiga cheksiz sadoqati, ehtiromi bilan bog’liq milliy an’ana va qadriyatlari uning boy tarixi bilan izohlanadi. Xuddi shuningdek, xalqimizning kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko’rsatish, mehmondo’stlik, yordamga muhtojlarga shafqatli bo’lish, hayo, ibo va mehr-oqibat, ahli ayolini — oilasini asrash, maishiy turmushda poklikni yuksak qadrlash singari an’ana va qadriyatlari ham hayotning uzoq sinovlaridan o’tgan o’lmas ma’naviy merosimiz sanaladi.

Mustaqillikning dastlabki kunlaridan e’tiboran xalqimizning xotirasini tiklash, qadimgi urf-odat va qadriyatlarini e’zozlash, muqaddas qadamjolarni asl holiga qaytarish yuzasidan chinakam tarixiy ahamiyatga molik ishlar amalga oshirila boshlandi. Ushbu keng ko’lamli jarayon birgina o’zbek millatining tili, dini va qadriyatlarini tiklash, rivojlantirish bilan cheklanib qolmay, balki mamlakatimizda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning qadriyatlariga yuksak hurmat ko’rsatish bilan uzviy tarzda olib borilmoqda. Bu esa O’zbekistonni o’zining muqaddas Vatani deb barcha fuqarolarimiz orasidagi o’zaro hurmat, birodarlik, bag’ri kenglik fazilatlarining namoyon bo’lishida, Yurtboshimizning «Shu aziz Vatan barchamizniki» degan ezgu g’oyasi hayotga izchil tatbiq qilinishi muhim ro’l o’ynamoqda.

Yurtimizda bunyod yetilgan Samarqand, Qarshi, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Andijon, Marg'ilon, Termiz va Qo'qon singari o'nlab shaharlarning yoshi ming yillar bilan o'lchanishi ham bejiz yemas. Demoqchimizki, xalqimiz o'zi tug'ilib o'sgan yer-zaminga qattiq bog'langan, uni ye'zozlashni bolaligidan o'rganib, his qilib o'sadigan millat sanaladi. Demak, xalqimizning o'z yurtiga cheksiz sadoqati, yehtiromi bilan bog'liq milliy an'ana va qadriyatlari uning boy tarixi bilan izohlanadi. Xuddi shuningdek, xalqimizning kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko'rsatish, mehmondo'stlik, yordamga muhtojlarga shafqatli bo'lish, hayo, ibo va mehr-oqibat, ahli ayolini - oilasini asrash, maishiy turmushda poklikni yuksak qadrlash singari an'ana va qadriyatlari ham hayotning uzoq sinovlaridan o'tgan o'lmas ma'naviy merosimiz sanaladi.

Mustaqillikning dastlabki kunlaridan ye'tiboran xalqimizning xotirasini tiklash, qadimgi urf-odat va qadriyatlarini ye'zozlash, muqaddas qadamjolarni asl holiga qaytarish yuzasidan chinakam tarixiy ahamiyatga molik ishlar amalga oshirila boshlandi. Ushbu keng ko'lamli jarayon birgina o'zbek millatining tili, dini va qadriyatlarini tiklash, rivojlantirish bilan cheklanib qolmay, balki mamlakatimizda istiqomat qiluvchi barcha millat va yelatlarning qadriyatlariga yuksak hurmat ko'rsatish bilan uzviy tarzda olib borilmoqda. Bu yesa O'zbekistonni o'zining muqaddas Vatani deb barcha fuqarolarimiz orasidagi o'zaro hurmat, birodarlik, bag'ri kenglik fazilatlarining namoyon bo'lishida, Yurtboshimizning «Shu aziz Vatan barchamizniki» degan yezgu g'oyasi hayotga izchil tatbiq qilinishi muhim ro'l o'ynamoqda.

Boshlang'ich  va maktabgacha ta'lim uslubiyoti kafedrasi o'qituvchisi Mohichehra Yoqubovna Ro'zieva rahbarligida 4-kurs BTU talabalar  hamkorligida “Keksalarni e'zozlash yili” davlat dasturi talablarini ijro etish, Konstitutsiyamizning 23 yilligi, universitetimizning 85 yillik yubleyi munosabati bilan “Milliy qadriyatlar ­­- qadrda” mavzusidagi ma'naviy-ma'rifiy tadbirnining badiiy kompazitsion qismiga navbatni berib, ishtirokchilar  muvaffaqiyatlar tilaymiz. Muxlis va tinglovchilarga esa, a'lo kayfiyat, ma'naviy estetik zavq yor bo'lsin deymiz”

Boshlang’ich ta’lim asoslari kafedrasida ko’plab yillar davomida o’z faoliyatini ko’rsatib kelayotgan, yangi avlod darsliklarining muallifi bo’lgan bu inson o’zining quvonch va hayajonga boy mulohazali fikrlari bilan barcha talaba va ustozlar yuragida milliy qadriyatlarimizga hurmat, tanlagan kasbidan minnatdorlik hissi va haqiqiy fahr tuyg’usini uyg’ota oldi.  Avvalo barcha ustozlar va talabalar bu mashaqqatli va sharafli yo’lda hech qachon izlanishdan charchamasliklarini aytdi. Bu borada uzoq yillar tinimsiz mehnat qilib izlanishlar olib brogan respublikamizda alohida e’tiborga ega ustoz O.Safarovning faoliyatlari haqida gapirar ekanlar, bu inson chin ma’noda barchamiz uchun haqiqiy ibrat maktabi ekanligini aytdilar. Bolalarni qadrlagan, bolalar olami bilan yashay olgan, ularning har bir harakatidan mazmun topa olgan bu inson ruhlari bugun har qachongidada shod bo’lganligini va o’z shogirdlaridan mamnun bo’lganligini e’tirof etdilar.

Jamiyat taraqqiyotining muayan bosqichlarida ijtimoiy hodasilarga munosabat xilma-xil tarzda namoyon bo‘ladi. Xususan, mustaqqilligimizning birinchi kunidan boshlab, hayotimizning barcha jabhalarida «qadriyatlar», «milliy tiklanish», «milliy ong», «milliy g‘urur», «milliy iftixor» kabi atamalar tez-tez ishlatiladigan bo‘lib qoldi. Bu bejiz emas. Zotan, mustaqqillik Ayni paytda milliy tiklanish hamdir. Uni esa mazkur tushunchalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.

Ammo shuni takidlash joizki, qatag‘on siyosati va tuzumi davrida bu atamalarni ishlatish u yoqda tursin, ularni hatto o‘zbekcha lug‘at boyligidan surib chiqarishga harakat qilgan edi. Bunga dalil sifatda 1988 yili O‘zSE Bosh tahririyati chop etgan 50 ming so‘zlik «O‘zbekcha-ruscha lug‘at»ga ham «qadriyat», «milliy tiklanish», «milliy ong», «milliy iftixor» kabi tushunchalarning kiritmaganligini ko‘rsatish mumkin. Shuningdek, 1981 yili Moskvada «Rus tili» nashriyoti tomonidan chop etilgan, 60 ming so‘zni qamrab olgan ikki jildlik «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»da ham bu so‘zlar uchramaydi. Shunisi borki, hatto bazi ruscha – o‘zbekcha lug‘atlarda ham «qadriyat» so‘zi qo‘llanilmagan. Jumladan, 1976 yili «Fan» nashriyotida chop etilgan «ijtimoiy – siyosiy terminlar lug‘atida» «sennost» so‘zining to‘rtta ma

osi alohida lug‘at maqolasi tarzida belgilangani holda ularning birortasi «qadriyat» ma

osi o‘z ifodasini topmagan. Lekin lug‘atlarda «millatchi», «millatchilik» so‘zlari bor.

Xo‘sh, sababi nimada? Bizni fikrimizcha, bunday vaziyat o‘z-o‘zidan yoki tasodifiy tug‘ilgani yo‘q. Bu mustabit tuzumning mintaqamiz xalqlarini o‘zlarining ko‘p asrlik tarixi, boy va noyob milliy merosi, qadriyatlari, ma

aviyatidan judo etib, manqurtlarga aylantirishga qaratilgan siyosati natijasidir.

Hukmron siyosat tarafdorlari «milliy istiqlol», «milliy iftixor», «milliy g‘urur» kabi atamalarni kishida millatchilik kayfiyatini uyg‘otadagin tushunchalar deb baholadilar va ularni ifoda etuvchi mahalliy millat vakillari millatchilikda aylanib, tazyiq ostiga olingan. Shuning uchun milliy ma

aviyat va hurfikrliligini madh qiladigan tushunchalar ko‘p yillar davomida ijtimoiy – siyosiy, ma

aviy-mafkuraviy hayotimizda ishlatilmay kelindi. Hatto ularni milliy so‘z boyligimizdan chiqarib tashlash xavfi tug‘ildi.

Istiqlol xalqimizga so‘z va fikr erkinligi bilan bir qatorda, ilgari taqiqlanib kelingan ko‘pgina milliy tushunchalar ham hayotimizga qaytardi. Endilikda «qadriyatlar», «mustaqqillik», «istiqlol», «milliy iftixor» kabi tushunchalar o‘zining asl mazmuniga ega bo‘lmoqda.

Shuni mamnuniyat bilan aytish kerakki, mazkur atamalarning hayotimizga kirib kelishi va qisqa vaqt ichida teran ildiz otib ketishida muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimovning xizmatlari katta. Uning asarlari va nutqlarida mustaqqillik tufayli hayotimizning barcha sohalarida ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlar, jumladan milliy qadriyatlarimiz, madaniyatimiz, urf-odat, ananalarimizni tiklanishi, milliy g‘ururimiz, milliy o‘zligimizni anglashimizning tiklanishi vat obora yuksalayotganligi faxr-iftixor bilan qayd qilinadi.

Xo‘sh, qadriyatlar tushunchasining o‘zi nima? Uning mohiyati, asosiy jihatlari nimadan iborat? Eng avvalo shuni qayd etish kerakki, qadriyatlar juda sermazmun tushunchadir. Shuning uchun ham adabiyotlarda mazkur tushunchaga turlicha yondashuvlarni uchratishimiz mumkin. Masalan, «Faylasuf ensiklopediyasi»ning beshinchi jildida qadriyatlar quyidagicha tavsiflanadi:

«Qadriyatlar falsafiy va sotsiologik tushuncha. U birinchidan, biror obyektning ijobiy va salbiy qimmatini, ikkinchidan, ijtimoiy ongining normativ belgilovchi – baholovchi jihati (subyektiv qadriyatlar yoki ong qadriyatlari)ni ifoda etadi».

Shunga yaqin nuqtai nazar O‘zbek Sovet ensiklopediyasida ham bayon etilgan: «Qadriyatlar (falsafa sotsiologiyada) – voqelikdagi muayan xodisalarning inson, ijtimoiy va madaniy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladigan tushuncha».

Taniqli faylasuf olim V.P. Tugarinovning fikricha, «qadriyatlar muayan jamiyat va sinfga mansub kishilar turmushi va madaniyatining haqiqiy yoki ideal nematlari bo‘lgan tabiat va jamiyat xodisalarining mohiyati yoki hodisaning bir jihatidir. Bu nematlarning qadriyatlar deyilishiga sabab – kishilar ularni qadrlaydilar, chunki bu qadriyatlar ularning shaxsiy va ijtimoiy turmushini boyitadi. Shuning uchun ham kishilar o‘z tasarruflaridagi qadriyatlarni himoya qiladilar va o‘zlari uchun maqsad yoki ideal qadriyatlarni amalga oshirishga intiladilar.

Qadriyatlar ichida eng birinchi va eng umumiysi hayotning o‘zidir, chunki hayotda muhim bo‘lish boshqa barcha qadriyatlardan foydalanishni yo‘qqqa chiqaradi,… qolgan qadriyatlar, aslini olganda, hayot nematlarining mohiyatidir, madaniy qadriyatlardir».

Olim «qadriyat» va «baho» tushunchalarini bir-biridan farqlash zarurligini o‘qtiradi. Qadriyat real yoki orzusidagi hodisa (bor narsa yoki ideal)dir, yuaho esa shu hodisaga munosabatni bildiradi. U yoki bu hodisani qadriyatlarga mansub holda hisoblash, ya

i uni qadriyatlarga qo‘shish yoki qo‘shmaslik ana shu munosabatga – ijobiy va salbiy bahoga bog‘liq.

Darhaqiqat, qadriyatlarning hayotdagi o‘rni va ahamiyati baholash tufiayli belgilanadi. Baholash esa insonlarning ehtiyojlari, manfaatlari, maqsadlari, qiziqishlaridan kelib chiqadi. Malumki, jamiyat azolarining ehtiyojlari, manfaatlari, maqsadlari xilma-xil bo‘lib, ko‘pincha ular bir-biriga zid kelishi mumkin. Shuning uchun ham muayan ijtimoiy guruhlar, millatlar, sinflar uchun oliy qadriyat bo‘lib, hisoblanib kelingan tabiat va jamiyat hodislaari boshqalar uchun qadriyat bo‘lmasligi ham mumkin va aksincha.

Millat va xalqlarning diniy e iqodi, marosim va ananalari milliy qadriyatlar sifatida o‘zining asl hayotiy sifatini tiklab olmoqda.

Bundan shunday xulosa chiqarish mumkin: tabiat va jamiyat xodisalarini qadriyat turkumiga kiritish va kiritmaslik kishilarning ehtiyojlari, manfaatlari, orzu-umidlari, maqsadlari bilan belgilanadi.

Demak, qadriyat deyilganda inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan va shu tufayli ular tomonidan baholanib qadrlanadigan tabiat va jamiyat nematlari xodisalari tushunilmog‘i lozim.

Mazkur ta ifdan quyidagicha xulosa qilish mumkin: birinchidan, qadriyatlar, voqelikda mavjud bo‘lgan tabiat va jamiyat nematlari, hodisalarni ifodalaydi; ikkinchidan, ularni qadriyat turkumiga kiritish va kiritmaslik ehtiyojlarini, manfaatlari, maqsadlari, orzu-umidlardan kelib chiqadi; uchinchidan, tabiat va jamiyat nematlari, hodisalarning qadriyatlar turkumiga kiritilishini asosiy sababi – ularni qadrlaydigan avaylab –asraydigan makon va zamon mavjud bo‘lishidir

Qadriyatlar ijtimoiy xususiyatlarga ega bo‘lib, kishilarning amaliy faoliyati jarayonida shakllanadi va rivojlanadi. Qadriyatlar kishilarning turli sohalaridagi, avvalo, ishlab chiqarish, mehnat sohasidagi faoliyati uchun foyda keltiradigan narsa va hodisalar majmui bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladi. So‘ngra asta-sekin subyekt faolligining orta borishi oqibatida nisbiy mustaqqil soha tarzida amal qila boshlaydi. Tabiat va jamiyat hodisalari inson faoliyati natijasida qadriyat sirasiga kiritiladi. Insonning manfaatlari, ehtiyojlarini qondira olmagan, orzu-istaklari, ideallariga mos kelmaydigan tabiat va jamiyat hodisalarini qadriyat deb baholash noo‘rindir. Masalan, tabiatdagi qazilma boyliklar inson ehtiyojlarini qondirish uchun ishlatila boshlangandan keyingina qadriyatga aylangan. Shungacha ularni boyliklar deb hisoblashimiz lozim

Qadriyatlarning mamlakatmizda ilmiy tadqiqot mavzusiga aylanganiga unga ko‘p bo‘lgani yo‘q. Bu mavzu ilgari falsafiy fanlar bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarda, kitoblar, risolalar va darsliklarda alohida tilga olinmasdi.

Falsafa qomusiy lug‘atda qadriyat tushunchasiga quyidagi ta if keltirilgan. Qadriyat – voqelikdagi muayan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy – axloqiy, madaniy-ma

aviy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qullaniladigan falsafiy – sotsiologik va akseologik tushuncha. Jamiyat, inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan barcha narsa, hodisa va voqealar: erkinlik, ezgulik, tenglik, tinchliktinchlik, haqiqat, ma ifat, madaniyat, moddiy va ma

aviy boyliklar, obida- yodgorlik, go‘zallik axloqiy xislat hamda fazilatlar, anana, urf-odat, udum va boshqalar hisoblandi[1]Qadriyatlar umumbashariy, umuminsoniy milliy, mintaqaviy shaxsiy bo‘lishi mumkin. Qadriyatlar ijtimoiy tarixiy taraqqiyot maxsuli sifatida, o‘z tarixiy ildizi, rivoji, vorislik jihatlariga ega tushuncha bo‘lib, avvalo ishlab chiqarish, mehnat sohasidagi faoliyat insonlar o‘rtasidagi munosabatlar uchun foyda keltiradigan narsalar, hodisalar, xatti-harakatlar majmuasi sifatida yuzaga kelib, ayrim kishilar, ijtimoiy guruhlar faoliyati xatti-harakatini malum yo‘nalishga buradigan, tegishli meyorga soladigan ma

aviy hodisaga aylanadi va aylanmoqda.

Inson butun umri davomida son – sanoqsiz qadriyatlar olamida yashaydi. Insoniyatni urab turgan borliq, tabiiy va ijtimoiy atrof – muhim, tirik va notirik tabiatning eng muhim tomonlarini ifodalaydigan qadriyatlar umumbashariyat xususiyatga egadir. Bunday qadriyatlar jamiyat uchun hech qachon o‘z ahamiyatini yuqotmaydigon, abadiy mulaq va muqaddas qadriyatdir.

Kadriyat tushunchasining ijtimoiy falsafa nuqtai nazaridan ta iflari kupgina ilmiy adabiyotlarda turli xil yondashuvlarning mavjudligini, bazan esa ularning butunlay bir-birini inkor etish xrllari xam uchraydi.

Q.Nazarov o‘zining bir qator ishlarida, ushbu muammoning o‘ta dolzarbligini takidlash bilan birga, uning mazmuni, tuzilishi, asosiy shakllari, namoyon bulish xususiyatlari va umuminsoniy k;adriyatlar tizimidagi o‘rni va ahamiyatini ilmiy tahlil kilish bilan bir katorda mazkur masalalarga e ibor kam ekanligini kursatib o‘tgan, qadriyat tushunchasini - vokelikdagi muayan hodisalarning umumbashariy, umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy, madaniy-ma

aviy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llanadigan falsafiy-sotsiologik va aksiologik tushuncha, deb tushuntiradi[2]

T.Abdullayev "Turmush sohasida milliy va umuminsoniy k;adriyatlarning dialektikasi" nomli doktorlik dissertatsiyasida turmushdagi milliy va baynalminallik munosabatlarini, ular bilan

bog‘liq k;adriyatlarni taxlil qilgan[3]I.Saifnazarov, F.Saifnazarovalar fikricha, “milliy-ma

aviy qadriyatlar - murakkab ijtimoiy-ruhiy hodisa bulib, u millatning tili, madaniyati, tarixi, udumlari, jamiki ma

aviy boyliklarini qamrab oladi”[4]Bizning fikrimizcha kadriyat deyilganda, inson, millat jamiyat uchun ahamiyatli bulgan, ayrim shaxs, millat, elat yoki ijtimoiy guruhlarning ma

aviy-madaniy ehtiyojlari evolyutsiyasi davomida vujudga kelgan, o‘z manfaatlari va maqsadlari uchun xizmat qiladigan barcha moddiy va ma

aviy boyliklar majmuini tushunamiz.

Qadriyatlar sermazmun va kup qirrali tushuncha bulib, uz ichiga tabiiy, ijtimoiy-siyosiy, xuquqiy, moddiy, ma’naviy, diniy, axloqiy, badiiy-estetik va x.klarni oladi. Har kanday qadriyat inson faoliyatining mahsuli, uning atrof-muhitga nisbatan bulgan munosabatining ifodasidir. Qadriyat jamiyat ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyotining zaruriy maxsulidir. Har bir qadriyat muayan bir davrning ma’naviy mag‘zi bo‘lib, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy manzarasini aks ettiradi.

Qadriyatlar ijtimoiy xususiyatga ega bulib, kishilarning amaliy faoliyati jarayonida paydo buladilar va rivojlanadilar. Inson yuq joyda biron narsaning qadr-kimmati bulmaydi. Qadriyatlar insonning turli sohadagi, avvalo, ishlab chiqarish, mehnat sohasidagi faoliyati uchun zarur bulgan va foyda keltiradigan narsalar, hodisalar va ma`naviy jarayonlar majmui bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladi.

Qadriyat insonning borlig‘i ham jamiyatning axloqiy estetik, huquqiy saholarini ham, ijtimoiy ong sohasining ham qamrab olgan murakkab jarayondir. Insonning o‘zligi, menligi borlig‘ining asosiy fundamenti qadriyat bilan boyitiladi, to‘ldiriladi. Kishilar o‘zlarining amaliy faoliyatida hayot uchun zarur bo‘lgan tabiiy talab, ehtiyojlarini predmetlar va hodisalarning hossa –xususiyatilaridan foydalanib qondiradilar. Masalan, odamning chanqovini suv, ochlik xissini non, kislorod nafas oliy orqali tananing unga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi. Shuning uchun ham ham biz bu «nematlarni qadrlaymiz. Lekin shunday narsalar ham borki, ular bizga yoqmaydi, ular hayotimiz uchun zarurdir. Qo‘pollik, behayolik, o‘g‘rilik, yolg‘onchilik, ifloslik va hokazolar ana shunday yoqimsiz narsalar bo‘lib, biz ulardan qo‘tilishga intilamiz.

Qadriyatlar falsafasining tarixi o‘zoq bo‘lsada, bu to‘g‘risidagi fan akseologiya o‘tgan asarning o‘rtalarida shakllandi. Bu atama ilmiy bilimlar sohasiga o‘tgan asarning ikkinchi yarmida nemis akseologiya E. Gartman va fransuz olimi P.Papi tomonidan kiritilgan. Akseologiyani qadriyatlar to‘g‘risilagi fan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri qadriyatshunoslik, deb atash mumkin. Har bir fanga o‘z nomini bergan asosiy tushunchasi ham qadriyatshunos atamasi uchun shunday asos rolini bajaradi. G‘arbda bu atama grekcha «axio» (qadriyat), «logos» (fan, talimot) tushunchalariga asoslanadi.

Har qanday fanni ilmiy bilimlarning maxsus sohasi sifatida qarash ana shu fanga xos Mavzular, funksiyalar, tushunchalar, qonunlar, kategoriyalar boriligini ham e irof etishni zaruriyatga aylantiradi. Akseologiyani ijtimoiy – falsafiy bilimlarning maxsus sohasi sifatida qarash ham bundan istisno emas. Unda ham bu sohadagi fanlarga xos bo‘lgan hamma xususiyatlarni kuzatish mumkin. Qadriyatshunoslik akseologik ong, qadrlash tuyg‘usi, akseologik bilish, qadriyatli yondashuv va boshqalar asosida to‘plangan qadriyatlar to‘g‘risidagi bilimlar sistemasidir. To‘g‘ri bu bilimlar endigina muayan fan darajasiga yotgan ilmiy sistema sifatida, yaxlit holatda, maxsus qo‘llanma yoki darsliklar tarzida chop etish uchun yetarli bo‘lib qolgan. Madaniyatshunoslik, siyosatshunoslik kabi fanlar o‘z tadqiqot obyekti, predmet iva vazifalariga ega bo‘lganicha ham ko‘p bo‘lgani yo‘q. Ular maxsus tadqiqot obyektiga, ilmiy sohaga aylanashiga to‘rtki bo‘lgan bu mustaqqillik hisoblanadi. Qadriyatlar falsafasi fanning rivojlanishi, maxsus maqomga (statusga) ega bo‘lishi ham o‘z istiqlolimiz sababi bo‘ldi. Cho‘nki bu o‘tish davrida qadriyatlar ham yo‘nalishini, tarkibini o‘zgartirishi tabiiy holdir. Shunday ekan, qadriyatlar haqida falsafiy bilimlarning oshirishimiz, rivojlantirishimiz davr talabidir. Tadqiqotlar orasida qadriyatlar to‘g‘risidagi bilimlarga nisbatan turli munosabatni kuzatish mumkin. Bu munosabatni shu sohada qo‘llaniladigan atamalarda ham namoyon bo‘lmoqda. «Akseologiya», «qadriyatshunoslik», «qadriyatlar falsafasi», «qadriyatlar nazariyasi» kabi atamalarda xilma-xil ma’no va mazmun ifodalanadi. Masalan, «akseologiya» va «qadriyatshunoslik» atamalari muayan fan sohasi yoki bilimlar sistemasini ifodalaydi, «qadriyatlar falsafasi» esa, qadr va qadriyatlar bilan bog‘liq falsafiy yo‘nalishni anglatadi, ammo buneda alohida fan sohasi to‘g‘risida gap bormaydi. Qadriyatlar nazariyasi ko‘proq sobiq sovet ittifoqi davrida ishlatilgan atama bo‘lib, u qadriyatlar sohasidagi bilimlarni falsafaning nihoyatda mo‘jaz qismi sifatida e irof etishni anglatar edi. Bunda akseologiya ko‘proq burunda fani sifatida tanqid etilar edi. Chunki qadriyat haqida so‘z borganda avvalo shaxs, millat, xalqning eng yuksak, oliy qadriyatlari bo‘lmish erkinlik, ozodlik, adolat, millatchilik tushunchalari haqida gapirilar edi.

Qadr-qimmat shaxsning hurmatlashish, uning huquqlarini e irof etishni ham qamrab oladi. Qadr-qimmat shaxsning ijtimoiy va manaviy erkinligini muhim tomoni sifatida yuzaga keladi.

Qadriyatlar ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lib, kishilarning amaliy faoliyati jarayonida paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Milliy madaniyat va qadriyatlarning tiklanishi, jamiyatimiz taraqqiyoti va inson shaxsining, madaniy, manaviy, axloqiy rivojlanishi, kelajakda buyuk davlat egasi bo‘ladigan komil insonni tarbiyalash, voyaga yetkazishda keng istiqlol yo‘lini ochib beradi.

Qadriyatlar xalqimizning tengsiz boyligidir. Uni avaylab-asarash, rivojlantirish, boyitish muqaddas burchimizdir. Shuning uchun ham bugungi kunda hur va ozod xalqimiz barcha xalqlar va davlatlar tomonidan yaratilgan ma ifatda fan va texnikada, madaniyat va sanatda nimaiki, yangi va ilg‘or jihatlar bo‘lsa, shunga dadillik bilan intilmoqda. O‘zbek diyorida, tarixda ko‘p marta bo‘ladigan yana yangidan o‘zimizni betakror va ilg‘or, iqtidorli va eng muhimi insonlarga kerakli qadriyatlarimiz tizimi barpo etilmoqda.



Bugungi fan va falsafaning tadqiqot predmetida qadriyatlar iborasi tez-tez uchrab turadi. Ammo, alohida takidlash kerakki, keyingi yillarda qadriyat iborasini juda keng manoda ishlatish, ayniqsa, madaniy-manaviy hodisalar, urf-odatlar, ananalar va boshqalarga nisbatan bu tushunchani umumiy atama sifatida qo‘llash hollari ko‘p uchramoqda. Kundalik muloqotda qadri bor narsa, voqea, hodisa, xususiyat va boshqalarga nisbatan qadriyat iborasini qo‘llashga ko‘pchilik ko‘nikib qoldi. Ammo aynan shu kundalik hayotdagi manosi ilmiy adabiyotlarga ko‘chib qolayotganligi kishini achintiradi. Hamma tushungani o‘z joyiga, o‘z ko‘lamiga ishlatish ilmiylik talablaridan biridir. Qadriyatlar haqidagi ilmiy bahslar, falsafiy mulohazalar doim davom etaveradi. Chunki jamiyatining manaviy-intelektual taraqqiyoti, insoniyatni ehtiyojlari doimiy harakatdadir.

3. Ta`rifini to`ldiring:

Charxpalak texnologiyasi



Allomalarning milliy merosi

Navoiy

Bobur

Amir Temur

Ibn Sino

M.Ulug’bek

Beruniy

Y.H.Hojib

Kaykovus

Al Buhoriy

Farobiy

Sa’diy

Firdavsiy

1

Mahbub ul-qulub

+


































2

Hindiston
















+



















3

Qutadg’u bilik



















+
















4

Qobusnoma






















+













5

Shohnoma


































+

4. TEST topshirig`i:

1. Inson qobiliyatiga to‘g‘ri tavsif berilgan javob?

  1. Qobiliyat – shaxsning muayyan faoliyat yuzasidan layoqati va uning ishni muvaffaqiyatli bajarishdagi sub’ektiv shart-sharoitini ifodalovchi individual psixik sifatlar yig‘indisidir.

  2. Qobiliyat – o‘qituvchi o‘z pedagogik faoliyatini mukammal rejalashtira olishi demakdir.

  3. Qobiliyat – odamlarning yuksak psixik holatini tushunish va kasbiy jarayonda muvaffaqiyatlarga erishishi.

  4. Qobiliyat – o‘qituvchining pedagogik faoliyati jarayonida paydo bo‘ladigan mahoratidir.


2. Oliy ta’lim necha bosqichdan iborat?

  1. 6 bosqichdan.

  2. 5 bosqichdan.

  3. 3 bosqichdan.

  4. 2 bosqichdan. Bakalavriyat va magistratura


3. Pedagogik qobiliyatning asosiy sifatlarini belgilang?

  1. O‘z kasbiga muxabbat, o‘quvchilarni seva olish, mutaxassisligi bo‘yicha puxta bilimga ega bo‘lishi.

  2. Pedagogik takt va pedagogik nazokatga ega bo‘lish, pedagogik texnikani qo‘llay olish.

  3. O‘quvchilar jamoasiga singib keta olishi, o‘z mehnatiga ijobiy yondashishi.

  4. Barchasi to‘g‘ri


4. O‘qituvchining jonli muloqotini tashkil etuvchi omillar?

a. Nutqning jozibadorligi, bilim saviyasi, tafakkurning kengligi, yuksak

pedagogik madaniyati.

b. O‘tkir dunyoqarashi, ma’naviy madaniyat darajasining yuksakligi,

pedagogik qobiliyati.

c. Ta’lim-tarbiyada pedagogik jihatdan belgilangan maqsadni to‘g‘ri

yo‘naltira olish.

d. Barcha javob to‘g‘ri.



5.Pedagogik muloqot shunchaki psixologik, pedagogik yoki komunikativ hodisa emas, avvalo kasbiy-axloqiy hodisadir”. Ushbu fikr muallifi kim?

a. Munavvar qori.

b. Suxomlinskiy V.A.

s. Makarenko A.S.



d. Komenskiy Ya.A.
Download 32.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling