11 Amaliy dars


Download 21.22 Kb.
bet1/4
Sana04.02.2023
Hajmi21.22 Kb.
#1160938
  1   2   3   4
Bog'liq
11. Амалий


11 - Amaliy dars. Ishlab chiqarish majmualarini aholi yashaydigan hudud, qishloq xo‘jaligidagi foydalaniladigan yerlar va yo‘llar bilan funksional bog‘liqligi.


Ishlab chiqarish xududi - xo‘jalik maydonining bir qismi bo‘lib, u erga xo‘jalikning ishlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar, texnikalar, oziq-ovqat saqlaydigan, mol boqadigan binolar va inshootlar joylashadi bu binolar va inshootlar xizmati, u erdagi bajariladigan ishlarning tartibi va bir-biri bilan bog‘liqligini hisobga olgan holda alohida hovlilarga joylashtiriladi.
Ishlab chiqarish hovlilarining turi xo‘jalikning yoki uning bo‘limlarining asosiy yunalishiga, u erda saqlanadigan mahsulotlar turi va hajmiga bog‘liq bo‘ladi.
Xo‘jaliklarda qo‘yidagi ishlab chiqarish hovlilari bo‘lishi mumkin: chorvachilik, parrandachilik, hayvonlar fermalari, yopiq issiq paykallar xo‘jaligi, mashina - traktor parki qurilish materiallarni tayyorlash majmuasi, oziq - ovqat saqlaydigan hovli va xokazolar.
Hamma ishlab chiqarish hovlilarini bir joyga joylashtirganda ishlab chikarish xududi tashkil bo‘ladi. Lekin ayrim majmualarni chorvachilik, parradachilk fermalarini, mollarni davolash punktlari aholi ishlaydigan xududdan uzoqroqda shamol yunalishining, suv oqimining quyi relefining past tomonida joylashtiriladi. Ishlab chiqarish xududini joylashtirish va majmualarining loyihalarinituzishda qo‘yidagi talablarga amal qilish lozim:
- Ishlab chiqarish xududi xujalikining hamma foydalanadigan erga xizmat qilish qulay bo‘lsin;
- Ishlab chiqarish hovlilarini qurish ularni nijenerlik jihozlar bilan ta’minlashda iqtisodiy tomoni hisobga olinadi;
- Almashlab ekish dalalariga go‘ng, minerald o‘g‘it, urug‘, yoqilg‘i, transport va dalalardan etishtirilgan mahsulotlarni paxta, don, sabzavot, somon, g‘o‘zapoya va xokazolarni tashish uchun mo‘ljallangan yo‘llar aholi yashaydigan hudud ichidan o‘tmasligi kerak;
- Ishshlab chiqarish hovlilarini joylashtirishda va loyihasini tuzishda u erda bajariladigan ishlar tartibini (texnologiyasini) hisobga olish kerak;
- Aholi yashaydigan hudud bilan ishlab chiqarish hovlilari va ularning ichidagi bino va inshootlarini joylashtirishda sanitariya-gigiena, yong‘indan saqlash me’yoriy masofalarini hisobga olish shart;
- Tabiiy sharoitdan (relef, tuprog‘i, shamol yunalishi, soyali daraxtlar, suv manbalari, quyosh nuri va xokazolardan) to‘g‘ri foydalanish lozim;
- Loyiha tuzishda kompozitsiya birligi, me’moriy talablar jihatdan chiroyli ko‘rinish tuyg‘ularidan foydalanish kerak;
- Aholi yashaydigan hudud bilan ishlab chiqarish hududi oralig‘idagi sanitariya-himoya hududini tashkil qilish kerak (1-jadval).
1- jadval

Download 21.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling