11-Amaliy. Fondni tashkil etish jarayonida uning butligini ta’minlash

Download 328.23 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi328.23 Kb.
#1593215
Bog'liq
11- amaliy

11-Amaliy. Fondni tashkil etish jarayonida uning butligini ta’minlash

Fondning butligi axborot-kutubxona resurslariga ishlov berish va ularni butlash jarayonida qonunchilik hujjatlariga muvofiq, maxsus hisobga olish hujjatlari (yuk xati, dalolatnoma va b.), jamlanma hisobga olish kitobi, inventar kitobi, hisobga olish kataloglari va kartotekalari, shuningdek elektron katalogga kiritish orqali ta’minlanadi.

Axborot-kutubxona resurslari kutubxona ishlovidan so‘ng axborot-kutubxona muassasasining saqlash bo‘linmasiga hujjat asosida rasmiylashtirilib yo‘naltiriladi hamda mazmuni, tarkibi, yo‘nalishi va hajmiga qarab joylashtiriladi.

Ochiq fondlarga foydalanuvchilar mas’ul xodim nazoratida kiritiladi.

Ochiq fond javonlari foydalanuvchilarning ish jarayoni xodimlar uchun ko‘rinadigan holatda joylashtirilishi lozim.

Axborot-kutubxona muassasasi kitob ombori va bo‘linmalardan axborot-kutubxona resurslarining foydalanuvchiga berilishi ustidan zarur nazoratni ta’minlashi lozim

Fondni tekshirish vaqtida axborot-kutubxona resurslarini fonddan va hisobdan chiqarish taqiqlanadi.

Fondni tekshirish vaqtida axborot-kutubxona resurslarini fonddan va hisobdan chiqarish taqiqlanadi.

Axborot-kutubxona muassasalarining boshqa tashkilot hududida yoki uzoq aholi punktlarida ochiladigan filiallari (punktlari)da, kutubxonadan tashqarida (nostatsionar) xizmat ko‘rsatish axborot-kutubxona muassasasi va tashkilot o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq olib boriladi. Bunday hollarda, fondning butligi uchun javobgarlik mazkur tashkilotning vakolatli xodimi zimmasiga yuklatiladi.

Axborot-kutubxona resurslari foydalanishga kutubxonalararo abonement orqali berilganda, ko‘rgazmaga, ta’mirlashga, ko‘chma kutubxonaga, elektron shaklini yaratish kabi sabablarning biri bilan axborot-kutubxona muassasasining hududidan olib chiqilganda (tashilganda), shuningdek, fond boshqa binoga ko‘chirilganda axborot-kutubxona muassasasi ma’muriyati axborot-kutubxona resurslarining butligini ta’minlash va ularni talofatsiz ravishda ko‘chirib, joylashtirish yuzasidan tegishli choralarni ko‘rishi lozim.

Binodan tashqarida, sovuq havoda ko‘chirilayotganda kondensat hosil bo‘lishining oldini olish uchun kitoblarni iqlimga moslashtirish zarur

Fonddan foydalanish jarayonida asrash

Axborot-kutubxona resurslaridan foydalanuvchilarga o‘quv zalida, abonement tartibida, nostatsionar xizmat ko‘rsatiladigan punktlarda, shuningdek kutubxonalararo abonement orqali axborot-kutubxona muassasasi rahbari tomonidan tasdiqlanadigan Axborot-kutubxona muassasasidan foydalanish qoidalariga muvofiq xizmat ko‘rsatiladi.

Axborot-kutubxona muassasasi xodimlari foydalanuvchilar qarzdorligining oldini olish va uni bartaraf etish choralarini ko‘rishlari lozim.

Axborot-kutubxona muassasalari muntazam ravishda bosma va Brayl shriftidagi nashrlarni kichik joriy ta’mirlash ishlarini olib borishlari (tushib qolgan varaqlarni yopishtirish, yamash, muqovalarni yelimlash va h.k.) lozim.

Foydalanuvchilar tomonidan ko‘p so‘raladigan, shuningdek, muntazam yoki uzoq vaqt saqlashga mo‘ljallangan yumshoq jildli va jildsiz nashrlar muqovalanishi shart. Shuningdek, gazeta va jurnallar taxlamlari ham to‘plam ko‘rinishida muqovalanishi zarur.

Fondlarning butligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida quyidagi axborot-kutubxona resurslaridan nusxa ko‘chirish mumkin emas:

jismoniy holati nusxa ko‘chirishga imkon bermaydigan nashrlar (nusxa ko‘chirish natijasida nashrning bus-butunligiga shikast yetishi, qog‘ozlar yirtilishi mumkinligi va b.);

yirtilgan yoki shikastlangan axborot-kutubxona resurslari;

hamma tomoni koreshok bilan berkitilgan nashrlar (koreshok bevosita kitobning varaqlariga yopishtirilgan bo‘lsa);

nodir kitoblar va alohida qimmatli nashrlar;

yagona nusxadagi qimmatbaho kitoblar;

alohida qiymatga ega muqovali nashrlar;

varaqlari choksiz yopishtirilgan kitoblar;

maxsus katta formatdagi nusxalar.

Fonddan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida doimiy saqlashga mo‘ljallangan ilmiy, tarixiy va badiiy jihatdan qimmatli axborot-kutubxona resurslarining elektron shakllari (raqamli nusxalari) yaratiladi.

Raqamlash jarayonida asl (original) manbalarning bus-butunligini ta’minlash va ishlarni bajarishda ularning jismoniy holati yomonlashuviga olib keladigan ta’sirlarga yo‘l qo‘ymaslik lozim

Download 328.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling