11-Mavzu. Invariant qism fazolar. Xos son va xos vektorlar


Download 149.5 Kb.
bet1/5
Sana29.10.2023
Hajmi149.5 Kb.
#1733373
  1   2   3   4   5
Bog'liq
11-Mavzu. Invariant qism fazolar.Xos son va xos vektorlar.


11-Mavzu. Invariant qism fazolar.Xos son va xos vektorlar.


1.Invariant qism fazolar. Agar chiziqli R fazoda biror sonli funksiya, masalan, chiziqli yoki bichiziqli funksiya berilgan bo‘lsa va u bizni faqat R fazoning biror R1 dan iborat qism fazodagina qiziqtirsa, u holda biz uni faqat R1 da berilgan deb hisoblashimiz va R o‘rniga faqat R1 nigina qarashimiz mumkin.
Chiziqli operatorlarga kelsak, bu yerda ish butunlay boshqachadir. Darhaqiqat, chiziqli operator biror vektorni R1 qism fazodan R1 ga tegishli bo‘lmagan vektorga o‘tkazib yuborishi mumkin va bu holda biz faqat R1 qism fazo bilangina chegaralanib qola olmaymiz.
1-ta’rif. fazoga tegishli chiziqli operator bo‘lsin. Agar R1 ning har bir х vektori uchun Ах vektor ham R1 ga tegishli bo‘lsa chiziqli R1 qism fazo А ga nisbatan invariant qism fazo deb ataladi.
Bundan ko‘rinadiki, invariant R1 qism fazoda А chiziqli operatorni o‘rganishda bu operatorni faqat R1 da qarash mumkin.
Faqat noldangina iborat bo‘lgan qism fazo hamda butun fazo trivial invariant qism fazolardir.
1–misol. R – uch o‘lchovli fazo va А esa, noldan o‘tgan biror o‘q atrofida aylanish bo‘lsin. Bu holda invariant qism fazolar ushbular: a) aylanish o‘qi (bir o‘lchamli invariant qism fazo), b) koordinatalar boshidan o‘tgan va bu o‘qqa ortogonal bo‘lgan (tekislik ikki o‘lchamli invariant fazo).
2–misol. R – tekislik. А operator – tekislikni Х o‘q bo‘yicha marta, Y o‘q bo‘yicha esa, marta cho‘zishdan iborat. Boshqacha aytganda, agar z vektor ga teng bo‘lsa, u holda
,
bunda - o‘qlardagi birlik vektorlar. Bu holda Х hamda Y koordinata o‘qlari bir o‘lchamli invariant qism fazolardan iborat. Agar bo‘lsa, u holda А – o‘xshashlik koeffitsiyenti bo‘lgan o‘xshashlik operatori bo‘ladi. Bu holda koordinatalar boshidan o‘tgan har bir to‘g‘ri chiziq invariant qism fazo bo‘ladi.

Download 149.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling