11-Mavzu: Og’ishgan xulqning psixodiagnostikasi Reja
Download 25.19 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Ijtimoiy meyyorlarning shaxs xulq atvoriga ta`siri.
11-Mavzu:Og’ishgan xulqning psixodiagnostikasi Reja: Ijtimoiy meyyorlarning shaxs xulq atvoriga ta`siri. Og`ishgan xulqning o’rgatish natijasi tahlilining sxemasi. Deviant xulk-atvornipsixodiagnostik natijalar tahlili 4. Og’ishgan xulqning ko‘p omilli shaxs so‘rovnomasi (MMPI savolnomasi) asosida aniqlash 1. Ijtimoiy meyyorlarning shaxs xulq atvoriga ta`siri. Ijtimoiy moslashmaganlikni buzilishining tabiati, xarakteri va darajasiga ko’ra quyidagilarga ajratish mumkin: 1) asosida markaziy asab tizimining funktsional-organik zararlanishi yotadigan psixik rivojlanishning og`ishishi va asabiy-psixik kasalliklarda yuzaga kelgan patogen moslashmaganlik; 2) bola, o’smirning idividual-psixologik va jinsiy yosh bilan bog`liq psixoijtimoiy moslashmaganlik (krizis ko’rinishlar, fe`l-atvor aktsentuatsiyasi, hissiy-ixtiyoriy xususiyatlar, bilishga oid va asoslovchi muhit). Bu xususiyatlar individual pedagogik yondoshuvni va alohida hollarda oila, maktab va maktabdan tashqari tashkilotlar sharoitida amalga oshirilishi mumkin bo’lgan maxsus psixologik-pedagogik korrektsion dasturlarni talab qiluvchi uning ma`lum bir nostandart qiyin tarbiyalanuvchilikni ta`minlaydi; 3) axloq va huquq me`yorlarining buzilishida, axloqning asotsial shakli va ichki boshqaruv tizimi, referent va qadriyatli orientatsiya, ijtimoiy ustanovkalarning o’zgarishida ifodalanuvchi ijtimoiy moslashmaganlik. Mohiyati bo’yicha ijtimoiy moslashmaganlik o’zida ijtimoiy rivojlanish jarayonining buzilishini aks ettiradi, o’zgarishlarning darajasi va chuqurligiga qarab, uni ikki bosqichga ajratish mumkin: – maktab ijtimoiy moslashmaganligi yoki pedagogik qarovsizlik o’smirning maktab dasturidagi qator predmetlar bo’yicha surunkali ortda qolishi, pedagogik ta`sirga qarshilik ko’rsatish, o’qituvchilarga qo’pollik qilish, o’qishga salbiy munosabatda bo’lish; axloqning so’kinish, chekish, bezorilik harakatlari, dars qoldirish, o’qituvchilar, sinfdoshlari bilan nizoli munosabat kabi shakllari bilan xarakterlanadi. Bunda o’qishda ortda qolishiga qaramay, pedagogik qarovsiz o’quvchilarning ahamiyatli qismi jismoniy mehnatga bo’lgan muhabbati bilan ajralib turadi, etarlicha aniq kasbiy maqsadga ega, ishchi kasbi, iqtisodiy mustaqillikni egallashga intiladi; – nafaqat o’quv dasturlari predmetlari bo’yicha surunkali qoloqlik va pedagogik ta`sirga qarshilik ko’rsatish, balki kasbiy yo’nalganlik, foydali jamoatchilik malaka va ko’nikmalarining yo’qligi, bilishga doir qiziqishlar muhitining torligi bilan bog`liq ijtimoiy qarovsizlik. Bunday o’smirlar oila va maktabdan chuqur begonalashish bilan xarakterlanadilar, ularning ijtimoiy rivojlanishi asosan asotsial, kriminogenli o’smirlar guruhi ta`siri ostida sodir bo’ladi. Ularga turli jiddiy ijtimoiy og`ishishlar, piyonistalik, daydilik, giyohvandlik, huquqbuzarlik, axloqsizlik va h.k. xosdir. Download 25.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling