11-sinf, Fizika, II chorak Chsb (noixtisos) Bilishga oid savol va masalalar 1


Download 165 Kb.
Sana18.01.2023
Hajmi165 Kb.
#1100082
Bog'liq
11-sinf fizika (noixtisos) I variant 2


11-sinf, Fizika, II chorak ChSB (noixtisos)

Bilishga oid savol va masalalar

1. Qanday turdagi qarshilikdan tok o‘tganda elektr energiyasi boshqa turdagi (issiqlik, yorug‘lik va boshqa) energiyaga to‘liq aylanadi? #(B) (2 ball)#
A) reaktiv qarshilik B) sig‘im qarshilik
C) induktiv qarshilik D) aktiv qarshilik

2. Qaysi zanjirda faqat induktiv qarshilik bor?
A) B)
C) D)

3. Zanjirga qo‘yilgan tashqi davriy kuchlanish chastotasi zanjirning xususiy chastotasiga teng bo‘lganda zanjirda qanday hodisa yuz beradi? #(B) (2 ball)#
A) elektr teshilishlari B) o‘zinduksiya
C) elektromagnit induksiya D) rezonans

4. Ideal tebranishlar konturida hosil bo‘ladigan tebranishlarning siklik chastotasi formulasini ko‘rsating. #(B) (2 ball)# A) ω. B) ω= C) D) ω = 1/.

Qo‘llashga oid savol va masalalar

5. Kuchlanish U = 220cos100πt(V) qonunga binoan o‘zgaradi. Kuchlanishning amplitudasi qanday (V)? #(Q) (2,8 ball)#
A) 200 B) 220 C) 100 D) 50

6. O‘zgaruvchan tok zanjiridagi tok kuchining effektiv qiymati Ief = 1 A, kuchlanishning effektiv qiymati esa Uef = 200 V ga teng. Agar quvvat koeffitsiyenti 0,8 bo‘lsa, tok quvvatini (W) hisoblang. #(Q) (2,8 ball)#
A) 160 B) 200 C) 180 D) 120

7. Siklik chastotasi ω = 100 rad/s bo‘lgan o‘zgaruvchan tok zanjiriga sig‘imi C = 10 µF bo‘lgan kondensator ulangan. Uning qarshiligi qanday (Ω)? #(Q) (2,8 ball)#
A) 100 B) 1000 C) 10 D) 1

8. Elementlar ketma-ket ulangan o‘zgaruvchan tok zanjirida maksimal tok kuchi Imax = 2 A va to‘la qarshilik Z = 10 Ω bo‘lsa, maksimal kuchlanish Umax ni toping. #(Q) (2,8 ball)#
A) 10 V B) 5 V C) 20 V D) 15 V

9. O‘zgaruvchan tok zanjiriga faqat induktiv qarshiligi XL = 10 Ω bo‘lgan g‘altak ulangan. Undagi maksimal kuchlanish Umax = 50 V bo‘lsa, maksimal tok kuchi Imax ni (A) toping. #(Q) (2,8 ball)#
A) 2 B) 10 C) 15 D) 5

10. O‘zgaruvchan tok zanjiridagi aktiv qarshilikdan o‘tuvchi tok kuchining effektiv qiymati 2 A bo‘lsa, uning maksimal qiymatini toping (A). #(Q) (2,8 ball)#
A) 2 B) 2 C) D) 1

11. O‘zgaruvchan tok zanjiridagi aktiv qarshilik uchlaridagi kuchlanishning effektiv qiymati 100 V bo‘lsa, uning maksimal qiymatini toping (V). #(Q) (2,8 ball)#
A) 100 B) 50 C) D) 50

12. Kuchlanishning amplituda qiymati 30 V bo‘lgan o‘zgaruvchan tok zanjiriga rezistor ulanganda tok kuchi amplitudasi 2 A bo‘ldi. Rezistorda ajralgan o‘rtacha quvvatni (W) toping. #(Q) (2,8 ball)#
A) 20 B) 15 C) 60 D) 30

13. Kuchlanishning amplituda qiymati 80 V bo‘lgan o‘zgaruvchan tok zanjiriga rezistor ulanganda unda ajralgan o‘rtacha quvvat 20 W ga teng bo‘ldi. Rezistordan o‘tgan maksimal tok kuchi qanday (A)? #(Q) (2,8 ball)#
A) 0,5 B) 2 C) 4 D) 0,25

14. Siklik chastotasi ω bo‘lgan o‘zgaruvchan tok zanjiriga faqat sig‘imi C = 10 µF bo‘lgan kondensator ulangan. Uning qarshiligi 1000 Ω bo‘lsa, ω ni toping. #(Q) (2,8 ball)#
A) 100 B) 1000 C) 10 D) 1

Mulohazaga oid savol va masalalar

15. O‘zgaruvchan tok generatoriga kondensator ulangan (ramga q.). Undagi tok kuchi va kuchlanish tebranishlari orasidagi fazalar farqi haqida aytilgan quyidagi fikrlarning qaysi biri to‘g‘ri? #(M) (4 ball)#

A) fazalar farqi 0 ga teng B) tok kuchi tebranishlari π/2 oldinda


C) tok kuchi tebranishlari π/2 orqada D) javob C ning qiymatiga bog‘liq
To’g’ri javob kalitlari


1

2

3

4

5

D

B

D

D

B

6

7

8

9

10

A

B

C

D

B

11

12

13

14

15

C

D

A

A

B

Download 165 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling