12-ma’ruza. Uch sharnirli arka va ramalar


Download 119.37 Kb.
bet1/3
Sana18.02.2023
Hajmi119.37 Kb.
#1210865
  1   2   3
Bog'liq
12-ma\'ruza

12-MA’RUZA. Uch sharnirli arka va ramalar


Reja:
1. Umumiy tushuncha.
2. Uch sharnirli arka va ramalarni qo’zg’olmas yuklar ta’siridan analitik usulda hisoblash.
3. Arka o’qining ratsional shakli.

Tayanch so’z va iboralar:



Muammo:
1.Uch sharnirli sistemalarni hisoblash o’ziga hos hususiyatga va murakkablikka ega.
Uchsharnirli sistemalarni hisoblashda statika shartlari qanday tartibda tadbiq qlinadi?
2.Bunday sistemalarni hisoblashning eng muhim xususiyatlari nimadan iborat?


Uch sharnirli arka, rama, vertikal reaktsiya, keruvchi reaktsiya, ko’tarilish balandligi, tortkich, statika tenglamalari, kesimning momenti, oddiy balka uchun kesimning momenti, kesuvchi kuch, kesimning urinmasi, kesimning normali,oddiy balka kesimining kesuvchi kuchi, urinmaning gorizontal bilan hosil qilgan burchagi, ratsional o’q, parabola.


1. Umumiy tushuncha.


O’zaro bitta sharnir vositasida ulangan va fundamentga ikkita ko’zg’almas sharnirli tayanchlar yordamida tiralgan ikki egri brusdan tuzilgan geometrik o’zgarmas sistema uch sharnirli arka deyiladi (6.1 – rasm).

6.1.-rasm 6.2.-rasm


Bunday sistemalarga qanday vertikal kuchlar ta’sir etishidan qattiy nazar, uning tayanchlarida doim gorizontal yo’nalgan keruvchi reaktsiya kuchlari hosil bo’ladi. Bu gorizontal reaktsiyalar havon deyiladi.
Uch sharnirli arka va ramalar statik aniq va geometrik o’zgarmasdir ulardagi tayanch reaktsiyalarning 4 ta tashkil etuvchisini aniqlash uchun statikaning uchta mavozanat tenglamasiga qo’shimcha bitta tenglama kiritish kerak. Bu tenglama arkaning oralik sharniri C dan chap yoki o’ng tomonda ta’sir etuvchi hamma kuchlardan shu sharnirlarga nisbatan olingan momentlar yig’indisining nolga tenglik shartiga asosan tuziladi, ya’ni:
(6.1.)




Arka o’qi parabolasimon, aylana, ellips va boshqa shakldagi egri chiziqlardan iborat bo’lishi mumkin. A va B tayanch sharnirlari tavon sharnir, oraliq C sharnir esa qulf sharnir deb ataladi. f arkaning ko’tarilish cho’qqisi deyiladi.
Tortqili arka tayanchlarining tuzilishiga ko’ra xavonsiz sistema deb aytiladi. Agar egri bruslar siniq o’qli sterjenlar bilan almashtirilsa, uch sharnirli rama hosil bo’ladi (6.2 – rasm).

Download 119.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling