12-mavzu bonitirovka kartalari reja: Yer islohotini mukammal va sifatli amalga oshirishda qonun hujjatlari


Download 0.91 Mb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1598672
  1   2   3   4   5
Bog'liq
12-mavzu


12-MAVZU BONITIROVKA KARTALARI
REJA:
1. Yer islohotini mukammal va sifatli amalga oshirishda qonun hujjatlari.
2. Tuproqlarni bonitirovkalash shkalasi
3. Bonitirovka koeffitsientlari
4. Tuproqni unumdorlik darajasini ifodalovchi xaritaning mazmuni
Yer islohotini mukammal va sifatli amalga oshirish uchun "Yer kodeksi", O’zbekistan Respublikasi Davlat Yer kadastri to’g’risida Qonunlar qabul qilindi.
Bu Qonunlarda Yer resurslaridan samarali foydalanish, foydalanuvchilarni rag`batlantirish, yer egalarini tuproqunumdorligini oshirishga qaratilgan hatti-harakatlarini e’tiborga olishqoidalari ko`rsatilgan.
Yer narxi, tuproq bonitirovkasi ma’lumotlari eng avvalo yer kadastrining tarkibiy qismlari isoblanadi va quyidagi maqsadlar uchun foydalaniladi:
- Yerga solinadigan soliq hajmini aniqlashda;
- xosilni rejalashtirishda;
- noqishloq xo`jalik extiyojlari uchun yerni ajratishni asoslashda;
- yerga to`lanadigan to`lov (kompensatsiya) miqdorini belgilashda;
- arendaga va fermer xo`jaliklariga yer berilganda, pay shaklidafoydalangandaYermaydonlarininarxinianiqlashda;
- qishloq xo`jalik korxonalarini xo`jalik faoliyatini baholashda;
- yerdan ratsional va samarali foydalanishni ragbatlantirishda;
-yerdan no`to`gri foydalanishda jarimalarni miqdorini belgilashda;
- tuproqni degradatsiyalanishdan, ifloslanishdan saqdash,unumdorligini oshirish va qayta tiklash va boshqalarda.
Tuproq bonitirovkasi – tuproqning unumdorlik darajasini miqdor jihatdan baholash demakdir. Bu baholash nisbiy bo`lib, solishtirish asosida olib boriladi.
Tuproqni bonitirovkalash uni xossa va xususiyatlarini xisobga olish asosida bajariladi. Bunda ekinturining hosili bilan tuproq xossalari o`rtasidagi eng zich bog`lanishi aniqdanib, shu asosda tuproq baxolanadi. Bonitirovka ishlarini natijalari ballarda ifodalanadi.
Tuproq bahosi bilan o`simlik turi va hosili urtasida maxsus bog`lanishlar bo`ladi.
969 yildan ashretilgan Genusov A. 3., Gorbunov B. V. Va boshqalar tomonidan ishlangan, hamda 1989 yildana shretilgan Li V. N., Elyubaev S. M. Va boshqalarni ishlarini keltirish mumkin. Bulardan tashqari 1977 yildagi Shredyer V. R., Re-Shetov G. G. ishlarini keltirish kifoya bo`ladi.
Sug`oriladigan yerlarni tabiiy xossalariga qarab baxrlash uslublarini ichidan isbatan mukammal uslub tariqasida J. Sattorov, J. Kungirov va boshqalarni 1994 yildagi ishlari hisoblanadi.
Vanihoyat 1998 yilda " O`zdav yer loyiha " institute yer kadastri filiali xodimlari V.N.Li, J. M. Maksudov, I. A. Akramov hamda tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot institute olimlari R. K,.Qo`ziev, I. T. Turapovlar tomonidan yuqoridagi uslubiyatlarda yo`l qo`uyilgan kamchiliklarni bartaraf qilishga qaratilgan eng yangi usul ishlab chiqildi.
Yangi usulda negilzi jadval (Shkala) tuproqlarni genetik guruxlari va mexanik tarkibiga tayangan holda tuzilgan.
Oldingi negizli jadvallar esa yerlarni sug`orilganlik darajasi va madaniylashganligi asosida tuzilgan. Bu ko`rsatkichlarni aniqlashda mavxumlikka ko`p marta duch kelinar edi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling