12-mavzu bonitirovka kartalari reja: Yer islohotini mukammal va sifatli amalga oshirishda qonun hujjatlari


Yerlarning sifati bo‘yicha ball boniteti


Download 0.91 Mb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1598672
1   2   3   4   5
Bog'liq
12-mavzu

Yerlarning sifati bo‘yicha ball boniteti

Sinflar

Sifati

Bonitetballi

X

Eng yaxshi

91-100

IX

Eng yaxshi

81-90

VIII

Yaxshi

71-80

VII

Yaxshi

61-70

VI

O‘rtacha

51-60

V

O‘rtacha

41-50

IV

O‘rtachadan past

31-40

III

O‘rtachadan past

21-30

II

Tuproqlarning_nomi'>Yomon Yerlar

11-20

I

Yomon Yerlar

0-10



Tuproqlarning nomi: tuproqning paydo bo‘lishida asosiy tuproq guruhlaridan qaysi tuproq tipiga taalluqli ekanligi ko‘rsatiladi. Bular - bo‘z tuproqlar, o‘tloqli tuproqlar, taqirli tuproqlar, sho‘rxoklar va xokazo.
Tuproqlarning nomlarida, shuningdek, ularning madaniylashganlik holatlari va sug‘orish davri ham beriladi. Masalan, eskidan (qadimdan)sug‘oriladigan, yangidan sug‘oriladigan, yangi o‘zlashtirilgan, qo‘riq Yerlar va hokazo.
Mexanik tarkibi: tuproqni tashkil qiluvchi zarrachalarning kattakichikligini tasbirlaydi. Tuproqning tarkibini har xil kattalikdagi qumli va loyli zarrachalar tashkil qiladi. Loyli zarrachalarning kattaligi 0,01 mm dan kichik, qumli zarrachalarni esa 0,01 mm dan yirikroq bo‘lgan zarrachalar tashkil qiladi.
Tuproqdagi qumli va loyli zarrachalar tuproq miqdorining foizini tashkil qilishiga qarab: loyli,og‘ir qumoq,o‘rta qumoq va yengil qumoq, qumoqli va qumli tuproqlar deb ataladi.
Xaritalarning eksplikatsiyasida tuproqning mexanik tarkibi haydov qatlami (0-30 sm) ga, ildiz oziqlanadigan chuqurlik (30-100 sm) ga va tuproq tagi gruntlari (100-200 sm)ga alohida ko‘rsatilgan.

  • Tuproqlarmexaniktarkibiningtuzilishi

Tuproqlarning

Zarrachalar, %

Miqdori




Mexaniktarkibi

Loylida

Qumlida

Loyli

60 danko‘p

40 dankam

Og‘irqumoqli

45 dan 60 gacha

55 dan 40 gacha

O‘rtaqumoqli

30 dan 45 gacha

70 dan 55 gacha

Yengilqumoqli

20 dan 30 gacha

80 dan 70 gacha

Qumoqli

10 dan 20 gacha

90 dan 80 gacha

Qumli

10 dankam

90 danko‘p



Sho‘rlanganlik darajasi:tuproqdagi o‘simlik o‘sish uchun zarar bo‘lgan, suvda yer uvchan tuzlarning miqdorini ko‘rsatadi. Bu qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligiga kuchli darajada ta’sir ko‘rsatuvchi muhim belgilardan biridir.
Tuproqning sho‘rlanish darajasi uning tarkibidagi tuzlar miqdori va sifatiga qarab ajartiladi.


Sho‘rlanish darajasi

Miqdori, %







Hamma tuzlar

X l o r




Sho‘rlan magan

0,3 dankam

0,01 dankam

Kuchsiz Sho‘rlangan

0,3 dan 1,0 gacha

0,01 dan 0,04 gacha

Shuningdek:

0,03 dankam

0,01 dan 0,04 gacha

O‘rtacha Sho‘rlangan

0,1 dan 2,0 gacha

0,01 dan 0,04 gacha

Shuningdek:

0,3 dan 1,0 gacha

0,04 dan 0,1 gacha

Kuchli Sho‘rlangan

0,2 dan 3,0 gacha

0,04 dan 0,1 gacha

Shuningdek:

0,1 dan 2,0 gacha

0,1 dan 0,3 gacha

Sho‘rxoklar

3,0 dan ko‘p

0,3 danko‘p

Dalalarning sho‘rini yuvishda tuproqning sho‘rlanganlik darajasi hisobga olinadi.


Tuproqlarning emirilishi (yeroziyaga uchraganligi): Qorvayomg‘irhamdasug‘orishdavridasuvlarningta’siridatuproqlarningemirilishiko‘zdatutiladi. Suvningta’sirida u yoki budarajada tuproqning emirilishi undagi gumusli (chirindili) qatlamining qisqarishi, o‘simlik uchun ozuqa hisoblangan moddalar kamayib ketishiga olib keladi. Shuningdek, xaritada eroziya natijasida yuvilgan tuproqlar, ya’ni qiyaliklardan suv bilan yuvilib, pastlikda to‘planiladigan tuproqlar ajratiladi. Bu tuproqlarda gumusli (chirindi) qatlamining profil bo‘yicha qalinligi gumus miqdorining juda ko‘pligi bilan ajralib turadi va shuningdek, azot, fosfor va kaliy miqdori juda ko‘p bo‘ladi.
Eroziya ta’sirida suv emirib, yuvilgan tuproqlar murakkab rel’efli, harxil nishabliy yerlarda bo‘lib, sug‘orishda va dalalarni qayta ishlashda qiyinchilik tug‘diradi.
Tuproqlarning skeletligi – tuproqlarni qayta ishlashda qiyinchilik tug‘diradigan harxil yiriklikdagi skeletlar(shag‘al, chig‘irtoshlar va toshlar) aralashganligini ko‘rsatadi. Skeletli tuproqlar ko‘pincha kam qatlamli bo‘lib, asosan toshloqlardan, shag‘alli toshlardan va toshlar aralashgan qatlamlardan iborat bo‘ladi. Bu tuproqlar kuchli suv o‘tkazuvchan, yerosti suvlari tez oqib chiqib ketadigan, suv sig‘imining kamligi va gumus, azot bilan kam ta’minlanganligi bilan ajralib turadi.
Suv rejimini maqbul miqdorda saqlash uchun bu tuproqlarni kam miqdorda tez-tez sug‘orib turish kyerak.
Yer osti suvlarining sathi tuproqlarning yer osti suvlari bilan naml anish darajasini va suvlardan o‘simliklar qayda rajadafoy dalanishini ko‘rsatadi. Ko‘pincha qo‘riq tuproqlar - bo‘z tuproqlar, taqir tuproqlar va sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlar – yerosti suvlari chuqur (5 m-chuqurda) joylashgan sharoitda rivojlanadi.
Namlangan tuproqlar (o‘tloqi va bo‘z o‘tloqi) yer osti suvlari 1-3 m chuqurlikda joylaShganda rivojlanadi. Tuproqlarning suv rejimida sizot suvlarining joylashish sathi vegetative sug‘orish miqdorlari va vaqtlarini belgilashda hisobga olinishi kerak. Yuqoridan ko‘rsatilgan tuproqlarning biridan ikkinchisiga o‘tish qismida paydo bo‘ladigan tuproqlar (o‘tloqi-bo‘z, o‘tloqitaqir)ning yer osti suvlari chuqurligi 3-5 m da bo‘ladi. Bu sharoitda g‘o‘zaning yerosti suvlaridan foydalanishi cheklangan va u ko‘pincha gruntning mexanik tarkibiga hamda qatlamlilikka bog‘liq bo‘ladi.

Xo’jalik va boshqa yerdan foydalanuvchilarni tuproqlarini bonitirovka qilish uchun tuproq kartalari asos bo’lib xizmat qiladi. Baholash ob’ekti ulardan ajratilgan har xil tuproqdir. Amaliy bonitirovka quyidagicha amalga oshiriladi. Dastlab tuproq kartasidagi eksplikastiyadan tartib bo’yicha genetik guruhlarni va tuproq xillarini mexanik tarkibini bonitetini dastlabki ballari aniqlanadi. Boshqa xususiyatlarni ko’rsatkichi bonitirovka koeffistienti jadvallarida keltirilgan.Har bir tuproq xilini yakuniy bonitet bali dastlabki balni shkala buyicha bonitirovka koeffisentiga ketmaЫket ko’paytirish orqali amalga oshiriladi.


Tuproqni bonitirovka qaydnomasi

№/№ tuproq turi

Tuproqni nomi

Baza shkalasi bo’yicha ballar

Bonitirovka koeffisentlari

maydon (gektar)

Bonitetni
yakuniy bali

1

2

3

4




























Yerlarni baholash ishlari malakasi shuni ko’rsatadiki, tupqroqni bonitirovka qilish har bir alohida holatda chegaralangan miqdordagi bonitirovka koeffisentlarini (3 tadan oshmasligi kerak) ishlatish maqsadga muvofiqdir. Ko’p miqdorda koeffisentlarni ishlatish, ayniqsa tenglanish va ifodalanish xususiyatlari noqonuniy ravishda tuproqni baholash ballarini pasaytiradi. Korrelyastiya va determinastiya koeffisenti o’lchamlari bo’yicha quyidagicha belgilandi.

  • tog’ oldi va tog’ osti tekisliklarda tuproq hosildorligini to’g’ri baholash uchun yuvilib ketish yoki yuvilib to’planishi koeffisenti etarlidir. Och tusli bo’z tuproqlarda bularga sho’rlanish darajasi koeffisenti qo’shiladi;

  • bo’z tuproq mintaqasidagi gidromorf tuproqlarni baholash uchun gumus miqdorini, gumusli qavatini qalinligini yoki shag’al qatlamini joylanish chuquri koeffisenti etadi. Shagal qavati tuproq yuzasidan 70 sm chuqurlikda joylashsa, u holda tuproqlarni baholashda fakat gumusli qatlam qalinligi koeffisenti qo’llaniladi.

  • avtomorf sug’oriladigan cho’l zonalarini bonitirovka qilishda gumusli qatlam qalinligi va gumus miqdori koeffisenti qo’llaniladi.

  • cho’l zonalarini sug’oriladigan gidromorf tuproqlarini bonitirovkasida chirindi miqdorini, sho’rlanish darajasini shagal gorizontini yotish chuqurligiga yoki chirindi qavat quvvati koeffisentiga qo’llash maqsadga muvofiqdir.

Yuqorida regional bonitirovka koeffisentlari keltirilgan edi. Shu bilan birgalikda har xil tuproq zonalarida tarqalgan tuproq xususiyatlariga bog’liq ravishda qo’shimcha koeffisentlar skeletlanganligiga, gipslashganligiga, zichligiga jalb qilinishi mumkin bo’lib, ular respublika hududlarida keng tarЫqalgan va zonal va regional chegaralanishlar yo’qdir.
Tuproqlarni bonitirovkasidagi prinsipial holat qo’yidagilardan iborat: shkala buyicha ballar va qo’llanilayotgan bonitirovka koeffisentlari birgalikda baholanayotgan tuproqni hamma asosiy agronomik xususiyatlarini qamrab olishi lozimdir.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling