5-mashg‘ulot: qishloq xo‘jalik hayvonlarini bonitirovka qilish. Darsning maqsadi


Download 31.89 Kb.
bet1/3
Sana02.11.2023
Hajmi31.89 Kb.
#1740697
  1   2   3
Bog'liq
Amaliy 5 (1)


5-MASHG‘ULOT: QISHLOQ XO‘JALIK HAYVONLARINI BONITIROVKA QILISH.
Darsning maqsadi: Bonitirovka o‘tkazishdan kelib chiqadigan maqsadlar. Turli hildagi qo‘ylar bonitirovkasi, klasslari va kaliti haqida to‘la tushunchaga ega bo‘lish.
Dars uchun kerakli jihozlar: mashg‘ulot uchun zarur bo‘lgan bonitirovka jurnallari, kartochkalari, bonitirovkani amalga oshirishda qo‘llaniladigan asbob-uskunalar (taturovka, cho‘zgich zirak solish, dumaloq zirak solish, tamg‘a solish, drakol asboblari, quloqqa taqiladigan metall va plastinka sirg‘alar, shuningdek bonitrovka natijasida qo‘ylarga beriladigan mahsus yoriqlar).
Darsning mazmuni: Qishloq xo‘jalik hayvonlarida har tomonlama yuqori ustunlikka ega bo‘lgan, hamda nasldor hayvonlarni etishtirish uchun bonitirovka ishlari amalga oshiriladi. Bonitirovka – bu qishloq xo‘jalik hayvonlarini kompleks beligilari asosiga va klasslariga ajratish. Qo‘ychilikda bonitirovka asosiy va qo‘shimchaga bo‘linadi.

  1. A sosiy bonitirovkada – qo‘ylarni foydalanishning umumiy ko‘rsatkichlari hisobga olinib, bu bonitirovka faqat 1 marta amalga oshiriladi. (tug‘ilgan davrida tirik vazni, jinsi, konstitutsiyasi, juni uzunligi, yaltiroqligi va kelib chiqishi).

  2. Qo‘shimcha bonitirovkada – vaqt davomiyligida qo‘ylarning fiziologik va mahsulot berish jihatidan tayyor bo‘lgan vaqtda o‘tkaziladi. Masalan: mayin junli qo‘ylar hamda ulardan olingan avlod birinchi qirqimdan oldin bonitirovka qilish, hamda 2 yoshda bonitirovka qilish. Bu qo‘ylarning qo‘zilarini tanlashda naslli qo‘ylarni 10-15 kunligida bonitirovka qilinadi. Naslchilikda, tanlashda esa 4-5 oyligida bonitirovka qilinadi.

Asosiy bonitirovka: sinfli, alohida bonitirovkaga bo‘linadi:

  1. Sinfli bonitirovka – qo‘ylar xo‘jalikka kerakli bo‘lgan qaysidir bir belgisi orqali baholanadi. Berilgan baholarning natijalari jurnalga yoziladi. Individual bonitirovkada bonitirovkaning hamma kaliti ishtirok etishi kerak.

  2. Indivuidual bonitirovkada qo‘ylarning xo‘jalikka kerakli bo‘lgan har bir belgisiga baho beriladi. Berilgan baholarning natijalari jurnalga yoziladi. Individual bonitirovkaning hamma kaliti ishtirok etishi kerak.

Bonitirovka qilishda va natijalarini jurnalga yozishga bonitirovka kalitlaridan foydalaniladi. Bonitirovka kalitlari asosiy terminlarning bosh harfi demakdir.
Masalan, hisori – “H”, jaydari – “J”, qorako‘l - “Q” kabilar bilan belgilanadi.
Qoramollar quyidagi kompleks belgilar bo‘yicha bonitirovka qilinadi:
1.Zotdorligi va kelib chiqishi
2. Sut sog‘imi va uning tarkibidagi yog‘ va oqsil miqdori.
3. Sut berish jadalligi va mashina sog‘imiga mosligi
4. Eksterer va konstitutsiya ko‘rsatkichlari
5. Tirik massasi
6. Avlodining sifati
7. Pushtdorlikxususiyatlari.
Bonitirovkaning umumiy ballar yig‘indisiga qarab sigir, buqa va yosh mollar elita-rekord, elita, I-klass, II-klass va klassizga o‘tkaziladi.
Sut yo‘nalishidagi sigirlar kompleks belgilari bo‘yicha 90 va undan yuqori ball olishida elita-rekord klassiga, 80-89 ballda elita, 70-79 ballda I-klass va 60-69 ballda II-klassga o‘tkaziladi.

Download 31.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling