12-mavzu. Marketing faoliyatini o‘rganish va tahlil qilish


Download 138.12 Kb.
bet1/12
Sana22.06.2023
Hajmi138.12 Kb.
#1646933
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kundalik hisobot 11



12-mavzu. Marketing faoliyatini o‘rganish va tahlil qilish
Marketing aslida muhtojlik ehtiyoj va talabni almashinuv jarayoni orqali qondirishga qaratilgan inson faoliyati
Korxonada marketing faoliyatini o’rganishning to’rtta asosiy elementi mavjud: tahlil, rejalashtirish, motivatsiyalash va boshqarish kabilardir. Marketing faoliyatini boshqarishning asosiy elementi sifatida tahlilga alohida e’tibor berishdan oldin marketing faoliyatining o’zi haqida ham tushunchaga ega bo’lishimiz kerak.
Marketing faoliyati- talabni shakllantirish va takror ishlab chiqarish hamda kompaniya foydasini ta’minlash maqsadida marketing funksiyalarini amalga oshirish bilan bog’liq faoliyatdir.
Marketing faoliyatini tahlil qilish- iqtisodiy, statistik va boshqa tadqiqot usullaridan foydalangan holda tovar bozori va korxona faoliyatini baholash, tushuntirish, modellashtirish va prognozlash hisoblanadi.
Marketing faoliyatini tahlil qilish sifatli tahlil usullariga bog’liq. Tahlil usuli - bu maxsus jarayonlar va tahlil usullariga asoslangan biznes jarayonlarini va korxonalar natijalarini o’rganish usulidir. Marketing faoliyatini tahlil qilish usuli - bu tovar bozori jarayonlari va hodisalarini, ularni takomillashtirish maqsadida korxonaning natijalarini o’zgartirishga turli omillarning ta’sirini o’rganish, o’lchash va umumlashtirish usuli hisoblanadi.
To’g’ri tahlil usulini tanlash juda muhim va jiddiy vazifadir, uning asosida korxonaning marketing faoliyatini boshqarish bo’yicha barcha keyingi strategik qarorlar qabul qilinadi. Turli manbalarni ko’rib chiqishda, qoida tariqasida, marketing faoliyatini tahlil qilishning bir nechta yo’nalishlari ajratish mumkin, ammo ko’rib chiqilgan nazariy tadqiqotlarda marketing faoliyatini tahlil qilish yo’nalishlari va usullari o’rtasida aniq muvofiqlik mavjud emas. U bozorni va uni bashorat qilishni, bozor ishtirokchilari tarkibi, iste’molchilar va ularning talablarining tuzilishi, mahsulotlar va ularning assortimenti, mahsulot narxi, raqobatchilar va tashqi muhit, sotishni rag’batlantirish va reklama, ichki muhit va uning imkoniyatlari, mahsulotni taqsimlash va tarqatish kanallari kabi asosiy tadqiqot yo’nalishlarini aniqlashga imkon yaratadi.


Download 138.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling