13 – Amaliy mashg’ulot Mavzu: Zaharlanishda (gazlardan, ovqatdan, radioaktiv moddalardan va boshqalar). birinchi yordam


Download 22.06 Kb.
bet1/3
Sana17.12.2022
Hajmi22.06 Kb.
#1025206
  1   2   3
Bog'liq
13-Zaharlanishda (gazlardan, ovqatdan, radioaktiv moddalardan va boshq.) birinchi yordam.


13 – Amaliy mashg’ulot


Mavzu: Zaharlanishda (gazlardan, ovqatdan, radioaktiv moddalardan va boshqalar).
birinchi yordam.
Amaliy mashg’ulotlari maqsadi: Zaharlanishda birinchi yordam ko’rsatishning qurbonlar sonini kamaytirishdagi ahamiyati to’g’risida tushunchani hosil qilish. Oshqozonni yuvish texnikasi va boshqa amaliy ko’nikmalarni hosil qilish (in’ektsiya qilish qoidalarini o’rgatish)


Kutiladigan natija: Zaharlanishda birinchi yordam ko’rsatishning qurbonlar sonini kamaytirishdagi ahamiyati to’g’risida tushunchaga ega bo’ladilar. Oshqozonni yuvish texnikasi va boshqa amaliy ko’nikmalarga ega bo’ladilar, (in’ektsiya qilish qoidalarini o’rganadilar)

Amaliy mashg’ulotga qo’yilayotgan masala:


1.Is gazi to’g’risida.


2. Ovqatdan zaharlanish.
3.Alkogol’dan zaxarlanish
4.Benzindan zaharlanganda birinchi tibbiy yordam.


Mavzuni qisqacha mazmuni.


1.Is gazi

Is gazi organizimga nafas a’zolari orqali ta’sir etadi. Ushbu gaz gemoglabin bilan kislorodga nisbatan 300 maratoba kuchli birikma – karboksigemoglobin hosil qiladi. Oqibatda gemoglobinning to’qimalarga kislorod tashish xususiyati keskin pasayib, gipoksiyaga, og’ir xolatlarga esa – anoksiya va o’lim holatiga olib kelishi mumkin.


Xona havosidagi is gazining atigi 0.1 % kontsentratsiyasi inson organizimi uchun o’lim darajasida havfli hisoblanadi.
Tabbiy gazning honada to’planishi oqibatida portlovchi gaz-havo aralashmasi hosil bo’lib, ochiq olov yoki uchqundan chaqnashi va portlashi natijasida inson turli tan jarohatlari olishi yoki holok bo’lishi mumkin.


Bunday holatlarni oldini olish uchun esa quyidagi oddiy qoydalarga qat’iy amal qilish zarur:



  • Isitish mavsumi boshlanishi oldidan pechlar, qozonhonalar, suv isitish kolonkalarining sozligi, mo’rikonlarining tozaligini tekshirib chiqing.

  • Nosoz, nostandart, qo’lbola yasalgan isitish va gaz moslamalarida foydalanishiga aslo yo’l qo’ymang.

  • Bolalar va imkoniyati cheklangan kishilarni nazoratsiz qoldirmang.

  • Tabiiy gazdan foydalanishda turli xildagi rezina shlanglar, turli xil gaz so’rg’ichlardan foydalanmang.

  • Chet davlatlarda ishlab chiqarilgan isitish moslamalaridan faqat yo’riqnoma bilan yaxshilab tanishib chiqqandan keyingina foydalaning.


Download 22.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling