14-ma’ruza: Korxonaning narx strategiyasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish Ma’ruza rejasi


Download 46.42 Kb.
bet1/5
Sana01.03.2023
Hajmi46.42 Kb.
#1238300
  1   2   3   4   5
Bog'liq
14 4 soatga


14-ma’ruza: Korxonaning narx strategiyasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish


Ma’ruza rejasi:

1. Narx va tovar siyosatining o’zaro bog’liqligi


2. Narx darajasini hisoblash uslublari
3. Narx strategiyalari
1. Narx va tovar siyosatining o’zaro bog’liqligi

Ishlab chiqaruvchi narxning marketing hududini kengaytirishdan manfaatdor, buning uchun marketing vositalarining butun tizimidan foydalanadi. Narx va marketing faoliyatining boshqa tashkil etuvchilari o‘rtasida uzviy bog‘liqliklar mavjud. Ular quyidagilarda namoyon bo‘ladi:


1. Tovarning hayotiy davri davomida narxlar o‘zgarib turadi. Bu o‘zgarishlar dinamikasi va kattaligi korxona amal qiladigan marketing strategiyasi bilan, shuningdek, raqobatchilar va bozorning korxona narx siyosatiga javoban reaksiyasi bilan belgilanadi.
2. Narxlar darajasi tovar sifati va savdo xizmat ko‘rsatish darajasining indikatori hisoblanadi. Past narxlar iste’molchi tasavvurida past servis yoki yomon sifat bilan bog‘lanadi.
3. Tovar harakati kanalining qatnashchilari bajaradigan funksiyalar yetarli darajada rag‘batlantirilishi uchun narx belgilashda ma’lum darajada erkinlikka ega bo‘lishlari kerak.
4.Har xil narxli o‘xshash tovarlar o‘rtasida pastroq narxli tovarlar ko‘proq iste’molchilar diqqatini o‘ziga jalb qiladi.
5. Narx siyosati marketing kompleksining boshqa elementlarini samarali to‘ldirib, ular bilan o‘zaro aloqada bo‘lishi kerak. Ularga sotilishlarni rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirlar, reklama, o‘rash, markirovka, sotilishlarning shakli va usullari kiradi.
6. Narxlar sohasidagi siyosat uzoq vaqt davomida o‘zgarmas bo‘lishi yoki, aksincha, tez-tez o‘zgarib turishi mumkin, ya’ni bozorning o‘zgaruvchan sharoitlariga tez moslashishni ta’minlab, narxlashtirishga egiluvchan yondashuvni maqsadga muvofiq holda amalga oshirishi kerak.
7. Ishlab chiqarish harajatlari mahsulot tannarxini belgilaydi. Agar harajatlar kamaysa, korxona narxni pasaytirib, foyda ulushini oshirishi mumkin. Hozirgi zamon amaliyotida korxona buni amalga oshirishi juda qiyin.
8. Narxli raqobatda narx talab egri chizig‘i bo‘ylab harakat qiladi. Talabni ko‘tarish uchun narxni pasaytirish kerak. Agar korxona narxni raqobatchilarga qaraganda yuqoriroq quysa, u iste’molchilarini yo‘qotishi mumkin. Demak, narxli raqobat vujudga kelgan bozor darajasidan pastroq narxlarni belgilashga olib keladi. U harajatlarni minimallashtirishda ustunliklarga erishishi bilan bog‘liq.
Narx siyosatini rejalashtirish bitta narx siyosatini yoki bir nechta variantlarni tanlashni ko‘zda tutadi. Marketing tizimida narx siyosatini shakllantirishga har xil yondoshuvlar mavjud. Bu quyidagi yo‘nalishlardir: ishlab chiqarish va sotish harajatlarining hisobi, foydani belgilangan miqdorda olishning zarurligi, bozorning turli xil segmentlaridagi haridorlarning talabi va imkoniyatlari, raqobat shartlari. Ularning har biri bo‘yicha marketing dasturi va narx strategiyasi ishlab chiqiladi.



Download 46.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling