14-ma’ruza: Korxonaning narx strategiyasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish Ma’ruza rejasi
Narx darajasini hisoblash uslublari
Download 46.42 Kb.
|
14 4 soatga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Juda past narx Bu narxda foyda olish mumkin emas Juda yuqori narx
- 23-chizma. Narx belgilashdagi asosiy mulohazalar
- 24-chizma. Narx belgilash uslublari
2. Narx darajasini hisoblash uslublari.
Korxona tovarga bo‘lgan talabni, tovar ishlab chiqarish uchun sarf bo‘lgan yalpi harajatlarni hisoblab chiqib va raqobatchilar narxini o‘rganib, o‘zining tovariga narx shakllanish uslublarini belgilaydi. Odatda, tovarning narxi juda past va juda yuqori ham bo‘lmasdan, balki shu ikki ko‘rsatkich oralig‘ida bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Buning sababi shundaki, past narx foydani taminlamaydi, yuqori narx esa talabni shakllantirmaydi. Quyidagi 23-chizmada korxona rahbarining uch mulohaza asosida o‘z tovariga narx belgilashi keltirilgan.
23-chizma. Narx belgilashdagi asosiy mulohazalar Keltirilgan 23-chizma ma’lumotlarida ko‘rsatilganidek, tovarning mumkin bo‘lgan minimal narxi mahsulot tannarxi asosida aniqlansa, mumkin bo‘lgan maksimal narxi esa tovarning boshqa tovarlardan farq qiluvchi qandaydir tengi yo‘q xususiyatlari asosida aniqlanadi. 24-chizma. Narx belgilash uslublari Korxona narx shakllanishi muammosini yechar ekan, u yuqorida keltirilgan mulohazalardan birini tanlab ish ko‘radi. Bunda korxona tanlangan uslub tovarning aniq narxini hisoblashda to‘g‘ri ekanligiga ishonib faoliyat yuritadi. Quyidagi 24-chizmada narx belgilashning 3 xil usuli ko‘rsatilgan. Narx belgilashning harajatlarni hisoblashga asoslangan usuli. Bu usul eng oddiy hisoblanib, mahsulot tannarxiga shu mahsulotni ishlab chiqaruvchidan iste’molchigacha yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayonda vujudga keladigan harajatlarni va korxonaning oladigan foydasini qo‘shishga asoslanadi. Buni misollarda tushuntirishga harakat qilamiz. Misol uchun qandaydir bir mahsulotni ishlab chiqarish quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi: O‘zgaruvchan harajatlar – 100 so‘m Doimiy harajatlar – 2000000 so‘m Sotish hajmi rejasi (V) – 2000 dona Shu ko‘rsatkichlar asosida mahsulot tannarxini (T) hisoblaymiz. Doimiy harajatlar 2000000 T = O‘zgaruvchan harajatlar + ---------------------------- = 100 + ------------ = V 2000 = 100 + 1000 = 1100 so‘m. Mahsulot tannarxi 1100 so‘mni tashkil etar ekan. Endi, deyaylik ishlab chiqaruvchi ulgurji vositachiga sotiladigan mahsulot hajmidan 20 foiz foyda ko‘rmoqchi. U holda sotish narxi (N) quyidagicha topiladi: T 1100 1100 N = ----------------- = ------------ = ----------- = 1375 so‘m. 1-ustama 1 – 0,2 0,8 Demak, ishlab chiqaruvchining foydasi 1375 – 1100 = 275 so‘mni tashkil etadi. Ulgurji savdo qiluvchi, o‘z navbatida, sotilgan mahsulot hajmidan 20 foiz miqdorida foyda ko‘rishni xohlasa u holda mahsulotning sotilish narxi quyidagicha topiladi: 1375 + 1375 so‘mdan 20 foiz = 1375 + 275 = 1650 so‘m. Har xil tovarlar uchun savdo ustamalari bir-biridan farq qiladi. Narxni aniqlashga bunday yondashuvda bozor talabi va raqobatchilar narxi hisobga olinmaydi. Bundan tashqari, sotiladigan mahsulotning hajmini aniqlash qiyin bo‘lganligi sababli, ishlab chiqarish harajatlarining hajmini aniqlashda ham qiyinchilik tug‘iladi. Shunga qaramasdan, bahoni aniqlashning bu usuli tez-tez qo‘llaniladi, chunki bu usul oddiy va tushunarlidir. Narx belgilashning harajatlarni hisoblashga asoslangan uslublaridan yana biri zararsizlik va maqsadli foydani ta’minlashning tahlili asosida olib boriladigan usul hisoblanadi. Zararsizlik va maqsadli foydani ta’minlashning tahlili asosida narx belgilash usuli. Ma’lumki, har bir korxona ma’lum bir foydani ko‘zlab narx qo‘yishga intiladi. Narxlashtirishning bu usuli zararsizlik grafigiga asoslanadi. Zarasizlikning gipotetik grafigi 25-chizmada ko‘rsatilgan. Download 46.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling