15 Ma’ruza Mavzu: Yarim o’tkazgichli qurilmalar to’g’risida umumiy tushunchalar Reja


Download 209.51 Kb.
bet1/5
Sana13.12.2022
Hajmi209.51 Kb.
#1000114
  1   2   3   4   5

15 - Ma’ruza
Mavzu: Yarim o’tkazgichli qurilmalar to’g’risida umumiy tushunchalar
Reja:

    1. Bir yarim davrli to`g`rilagichlar.

    2. Ikki yarim davrli to`g`rilagichlar.

    3. Uch fazali va o`rta nuqtali to`g`rilagichlar.

    4. Tekislovchi filьtrlar va ularning turlari.

Tayanch so`z va iboralar:Yarim o`tkazgich, toza yarim o`tkazgich, aralashmali yarim o`tkazgich, elektron o`tkazuvchanlik, kovak o`tkazuvchanlik, “p-n” o`tish, yarim o`tkazgichli diodlar, tranzistor, to`g`rilagich, bir davrli to`g`rilagich, to`liq davrli to`g`rilagich, bir fazali va uch fazali to`g`rilagichlar.
Elektron to`g`rilagichlar o`zgaruvchan tokni o`zgarmas tokka aylantirish uchun ishlatiladi.
Bir yarim davrli to`g`rilagich
XVIII.1, a-rasmda to`g`rilagich sxemasi ko`rsatilgan. O`zga­ruvchan kuchlanish diod VD ga beriladi. Diod bir tomonlama o`tkazgich bo`lgani uchun yuklanish dan tok faqat musbat yarim davrlarda o`tadi (XVIII.1, b-rasm). Shuning uchun to`g`rilangan tok pulьslanuvchi shaklga ega bo`ladi.
To`g`rilagichlar quyidagi parametr bilan tavsiflanadi:
1. To`g`rilangan quchlanishningdoimiy qismi. Bitta yarim davrli to`g`rilagich uchun:
(XVIII.1)
Bunda: - diodga berilgan o`zgaruvchan kuchlanishning qiymati; - to`g`rilangan kuchlanish.
2. Teskari kuchlanish - bu diodga manfiy yarim davrda qo`yilgan kuchlanish. Bitta yarim davrli to`g`rilagich uchun:
(XVIII.2)
Bunda: - teskari kuchlanishning maksimal qiymati. Demak, diodlarni tanlashda ularning teskari kuchla­nish dan katta bo`lishi shart Agar kerakli diod topilmasa bir necha diodlarni ketma-ket ulash mumkin.
3. To`g`rilangan tok qiymati. Bitta yarim davrli to`g`ri­lagich uchun:
(XVIII.3)
Bunda: - tokning maksimal qiymati; - to`g`rilangan tokning qiymati.


Download 209.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling