15 Ma’ruza Mavzu: Yarim o’tkazgichli qurilmalar to’g’risida umumiy tushunchalar Reja
Download 209.51 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so`z va iboralar
- Bir yarim davrli to`g`rilagich
15 - Ma’ruza Mavzu: Yarim o’tkazgichli qurilmalar to’g’risida umumiy tushunchalar Reja: Bir yarim davrli to`g`rilagichlar. Ikki yarim davrli to`g`rilagichlar. Uch fazali va o`rta nuqtali to`g`rilagichlar. Tekislovchi filьtrlar va ularning turlari. Tayanch so`z va iboralar:Yarim o`tkazgich, toza yarim o`tkazgich, aralashmali yarim o`tkazgich, elektron o`tkazuvchanlik, kovak o`tkazuvchanlik, “p-n” o`tish, yarim o`tkazgichli diodlar, tranzistor, to`g`rilagich, bir davrli to`g`rilagich, to`liq davrli to`g`rilagich, bir fazali va uch fazali to`g`rilagichlar. Elektron to`g`rilagichlar o`zgaruvchan tokni o`zgarmas tokka aylantirish uchun ishlatiladi. Bir yarim davrli to`g`rilagich XVIII.1, a-rasmda to`g`rilagich sxemasi ko`rsatilgan. O`zgaruvchan kuchlanish diod VD ga beriladi. Diod bir tomonlama o`tkazgich bo`lgani uchun yuklanish dan tok faqat musbat yarim davrlarda o`tadi (XVIII.1, b-rasm). Shuning uchun to`g`rilangan tok pulьslanuvchi shaklga ega bo`ladi. To`g`rilagichlar quyidagi parametr bilan tavsiflanadi: 1. To`g`rilangan quchlanishningdoimiy qismi. Bitta yarim davrli to`g`rilagich uchun: (XVIII.1) Bunda: - diodga berilgan o`zgaruvchan kuchlanishning qiymati; - to`g`rilangan kuchlanish. 2. Teskari kuchlanish - bu diodga manfiy yarim davrda qo`yilgan kuchlanish. Bitta yarim davrli to`g`rilagich uchun: (XVIII.2) Bunda: - teskari kuchlanishning maksimal qiymati. Demak, diodlarni tanlashda ularning teskari kuchlanish dan katta bo`lishi shart Agar kerakli diod topilmasa bir necha diodlarni ketma-ket ulash mumkin. 3. To`g`rilangan tok qiymati. Bitta yarim davrli to`g`rilagich uchun: (XVIII.3) Bunda: - tokning maksimal qiymati; - to`g`rilangan tokning qiymati. Download 209.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling