15 seminar xfx Rahimova D


Download 163.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana02.01.2022
Hajmi163.53 Kb.
#199112
  1   2   3   4
Bog'liq
15 seminar xfx Rahimova D



15-MAVZU: Farmatsevtik muassasalarda yoritish tizimlari. 

Mavzuda  qo‘llanilgan  tayanch  iboralar;  Hayot  faoliyat  xavfsizligi,  faoliyat,  yoritish 

vositalari,  lampalar,yoritilganlik,  yorug‘lik  tezligi,  to‘lqin  uzunligi,  yoritilganlik  koeffitsienti, 

yorug‘lik oqimi, ravshan-lilik, ultrabinafsha va infraqizil nurlari, elektromagnit maydon. 

Mashg‘ulot  maqsadi:  Yorug‘lik  inson  mavjudligining  muhim  shartlaridan  biri  sanaladi. 

Yoritish hakida umumiy ma’lumotlar. Yoritishning asosiy o‘lchov birliklari. Yorug‘likning asosiy 

tavsifi va o‘lchov birliklari. Sanoat korxonalarini yoritish usullari. Sanoat korxonalarini yorishga 

qo‘yiladigan asosiy talablar. Yoritgichlar va ularni joylashtirish. Xavfsizlikni ta’minlash yo‘llari 

xaqida ma’lumot berish. Ish joyining sun’iy yoritilganligini tekshirish, uni baholashni o‘rganish 

va yoritish qurilmalarining samaradorligini baholash usullarini o‘zlashtirish. 

Seminar  mashg‘ulotini  yoritishda  “Qorbo‘ron”  pedagogik  texnologiya  usulidan 

foydalaniladi. 

 

Mavzuning  ahamiyati.  Yoritish  tabiiy  (bevosita  quyosh  yordamida  uning  nurlarini  fazodagi 



diffuziyasi orqali) va sun’iy (elektrik lampalar yordamida amalga oshiriladigan) bo‘ladi. 

Yorug‘lik - bu elektromagnit spektrini ko‘rinadigan nurlanishidir.Elektromagnit spektrlarining 

to‘lqin  uzunliklari  10  n.m  dan  340000  n.m  gacha  oralig‘i  spektrlarning  optik  jarayoni  deb  ataladi, 

bundan 10 dan 380 n.m i infraqizil nurlar, 380 dan 770 n.m i ko‘rinadigan nurlar va 770 dan 340000 

n.m. gacha bo‘lganlari esa ultra-binafsha nurlar deb aytiladi. Biz ko‘zimiz bilan binafsha rangdan to 

qizil ranggacha bo‘lgan yorug‘lik nurlarini sezamiz. 

Yoritish  sifatini  baholashda  foydalaniladigan  asosiy  yorug‘lik-texnik  kattaliklariga  yorug‘lik 

kuchi,  yoritilganlik,  qaytarish  koeffitsienti,  yorug‘likning  yorqinligi,  yoritilganlik  pulsatsiya 

koeffitsienti, yoritilgan-likni notekislik koeffitsienti va boshqalar kiradi. 

Yorug‘lik kuchi (I). YOrug‘lik kuchining o‘lchov birligi sifatida kandela (kd) 1 kd qabul 

qilingan 101325 Pa bosim ostida 2046,65

o

K haroratda qotayotgan platinaning 1/600 000 



m

2

  yuzasidan  tarqalayotgan  yorug‘lik  kuchi-bir  kandela  deb  qabul  qilingan  (davlat  nur 



etaloni). 


Download 163.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling