16-mavzu: Innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishning tashkiliy pedagogik asoslari. Maktabni innovatsion boshqaruv modeli. Reja


Download 264.88 Kb.
bet1/34
Sana09.02.2023
Hajmi264.88 Kb.
#1180937
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
16-maruza-3


16-mavzu: Innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga
tatbiq etishning tashkiliy pedagogik asoslari.
Maktabni innovatsion boshqaruv modeli.


Reja:
1. Maktabni rivojlantirish dasturi. Rivojlantirish muhitida maktab ichki ishini tashkil etish.
2. Zamonaviy, ilgʻor innovatsion texnologiyalarni oʻzlashtirish va oʻquv jarayoniga tadbiq etish.
3. Maktab hayotini insonparvarlashtirish, demokratlashtirish va liberallashtirish.
4. Boshqaruv madaniyati prinsiplari.
5. Mamlakatimizda innovatsiyalarni joriy etishga ehtiyojlarni tugʻilishi.
6. Innovatsion jarayonlarning yaratilish bosqichlari.
7. Yangi dasturlar, standartlar, darsliklarning innovatsion xarakteri.
8. Innovatsiyalarni yaratish, toʻplash, tanlash, qoʻllash tizimini yaratilishi.
9. Oʻqituvchi innovatsion faoliyatining shakllanish bosqichlari.
10. Innovatsion jarayonlarni boshqarish algoritmi.


Tayanch tushunchalar: interfaol, interfaollik, interfaol ta’lim, interfaol ta’limga xos belgilar, interfaol ta’lim tamoyillari, interfaol ta’lim texnologiyalari (TT), interfaol metodlar, strategiya, grafik organayzer, boshqaruv, menejment, demokratik, liberal, insonparvarlik, direktor, xalq ta’limi, farmon, qaror, pedagogik jamoa, zamonaviylik, rivojlantirish dasturlari.



Ma’lumki, bugun barcha davlatlar ta’limga imkon qadar koʻp yangilik kiritishga intilmoqda. Bugungi yangiliklar ularga uyushgan, rejali, ommaviy yondashuvni talab etadi. Yangiliklar kelajak uchun uzoq muddatli investitsiyalardir. Novatorlikka qiziqish uygʻotish, yangilik yaratishga intiluvchan shaxsni tarbiyalash uchun ta’limning oʻzi yangiliklarga boy boʻlishi, unda ijodkorlik ruhi va muhiti hukm surishi lozim. Ana shunday dolzarblikdan kelib chiqqan holda, bugungi kunda pedagogikaning mustaqil sohasi – pedagogik innovatika jadallik bilan rivojlanib bormoqda.


Novatorlik va yangilik – madaniyat, ta’lim va umumiylikda jamiyat rivojlanishining ikki jihati. An’analar va yangiliklarning xilma-xil munosabatlariga tayanib, madaniyatshunoslar jamiyatni an’naviy va zamonaviyga ajratib koʻrsatishadi. An’anaviy jamiyatda an’ana novatorlik ustidan hukmronlik qiladi. Zamonaviy jamiyatlarda esa, novatorlik bazali qadriyat sanaladi.
“Innovatika” tushunchasi bundan 100 yil avval madaniyatshunoslik va lingvistikada madaniy diffuziya, ya’ni bir madaniy arealning boshqa hududga tarqalishini asoslab berish jarayonida paydo boʻlgan.
“Innovatsion jarayonlar” tushunchasining toʻliq tavsifi XX asrning boshlarida, aniqrogʻi 1911-yilda iqtisodchi I.Shumpeter tomonidan iqtisodiy tizimlardagi oʻzgarishlarni tahlil qilishning “yangi kombinatsiyasi”ni tahlil qilish jarayonida taqdim etilgan.
1930-yilllarda I.Shumpeter va G.Menshlar yangi texnologiya yoki mahsulotdagi ilmiy kashfiyotni tavsiflovchi “innovatsiya” tushunchasini fanga kiritishgan. 1970-yillarda zamonaviy postindustrial dunyoning rivojlanish vektorini aniqlab beruvchi “innovatsion jamiyat” tushunchasining paydo boʻlishi yangiliklar kiritish haqidagi fanning murakkab, keng tarqalgan sohaga aylanishiga sabab boʻldi.
Pedagogik innovatsion jarayonlar Gʻarbiy Yevropada 1950-yillar, Rossiyada 1980-yillar hamda Oʻzbekistonda 2000-yillarda maxsus oʻrganish predmetiga aylandi. Bugungi kunda pedagogik innovatika ta’lim sohasidagi innovatsion jarayonlarning uch asosiy elementi: pedagogik yangiliklarni yaratish; ularni amaliyotga joriy etish va oʻzlashtirish; qoʻllash va keng yoyishning birligi va oʻzaro aloqadorligi haqidagi fan sifatida e’tirof etiladi.
Bugungi kunda esa, mazkur yoʻnalishda qator ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda Respublikamizda innovatsion loyihalar tizimining yoʻlga qoʻyilganligi, innovatsiya, innovatsion jarayon, innovatsion faoliyat, innovatsion boshqarish sohalarida qator tadqiqot ishlarining amalga oshirilganligi buning yorqin misolidir.

Download 264.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling