17-MAVZU. DIFFERENSIAL KUCHAYTIRGICHLAR. Reja: 1. Manfiy teskari aloqa. 2. Differensial kuchaytirgich va uning ekvivalent sxemalari. 3. Sinfaz signallar Teskari aloqa - Teskari aloqa deb chiqishdagi yoki biror oraliq zveno qurilmasi chiqishidagi energiyaning bir qismini uning kirishiga uzatishga aytiladi. Buning uchun sxemaga maxsus zanjir kiritiladi va u teskari aloqa zanjiri deb ataladi. Bu zanjir kuchaytirgich chiqishidagi quvvatning bir qismini uning kirishiga uzatishga hizmat qiladi. Bir bosqichni o‘z ichiga oladigan teskari aloqa – mahalliy, ko‘pbosqichli kuchaytirgichning barini o‘z ichiga oladigan teskari aloqa - umumiy deb ataladi.
- Teskari aloqaning mavjudligi qurilma chiqishidagi signalning, demak kuchaytirish koeffisiyentining ham ortishi yoki kamayishiga olib kelishi mumkin. Birinchi holatda kirish signali fazasi bilan teskari aloqa signali fazalari bir – biriga mos keladi va ularning amplitudalari ko‘shiladi – bunday teskari aloqa musbat teskari aloqa deb ataladi. Ikkinchi holatda esa fazalar teskari bo‘lib, amplitudalar bir - biridan ayiriladi – bunday teskari aloqa manfiy teskari aloqa deb ataladi.
- Manfiy TAli kuchaytirgich kaskadlar kuchlanish bo‘yicha kichik kuchaytirish koeffisiyentiga ega bo‘lgan holda yuqori barqarorlikka, nolining dreyfi kichik bo‘lishiga qaramasdan, turli xalaqitlar ta’siridan himoyalanmagan. Natijada kirishga signal berilmaganda chiqishda yolg‘on signallar paydo bo‘lishi mumkin.
Manfiy teskari aloqa - Xalaqitlar manbai bo‘lib:
- 1. Yuqori chastotali tebranishlarni generasiyalovchi turli qurilmalar, masalan, radiouzatgich, yuqori chastotali apparaturalar;
- 2. Ishlaganida elektr zaryad hosil qiluvchi qurilmalar, masalan, elektr dvigatellar va generatorlar, avtomobillar dvigatellarini o‘t olidirish tizimlari va shunga o‘xshashlar xizmat qiladi.
- Xalaqitlar signal sifatida elektron asbobga ta’minot manbalari liniyalaridan yoki signal kiritish va chiqarish zanjirlaridan kirishi mumkin. Hozirgi kunda xalaqitlar bilan kurashish uchun ko‘p samarali choralar ko‘rilgan. Ularning hammasi xalaqit signalini so‘ndirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, chuqur manfiy TA kiritish shular jumlasidandir. TA foydali signal kuchaytirish koeffisiyentini keskin kamayishiga olib keladi, chunki xalaqit signali ham, foydali signal ham, bitta kirishga beriladi. Shuning uchun, ham signal kuchaytirish koeffisiyentini, ham xalaqitlarni so‘ndirish koeffisiyentini oshirish uchun kuchaytirgich:
- xalaqit uchun chuqur manfiy TAni ta’minlashi;
- bir vaqtda foydali signal uchun manfiy TAni yo‘qotishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |