2-amaliy mashg’ulot. Mavzu


Download 25.29 Kb.
bet1/3
Sana10.10.2023
Hajmi25.29 Kb.
#1697217
  1   2   3
Bog'liq
2-amaliy mashgulot


2-amaliy mashg’ulot.
Mavzu: Tekshirish usullari. Umumiy tekshirish usullari. Ko‘rish, paypaslash, perkussiya usullari va turlari.
Darsning maqsadi. Hayvonlarni ko’rish, paypaslash, perkussiya, auskultasiya va tana haroratini o’lchash usullari bilan tekshirish uslublarini o’rganish.
Darsga kerakli jihozlar
1.Perkussion bolg’achalar, plessimetrlar, stetoskop va fonendoskoplar, termometrlar, toza choyshab, vazelin, issiq suv.
2.Har xil turdagi hayvonlar
3.Tekshirish usullarining tasniflanish jadvali
Mashg’ulotning borishi. Har qanday holatda, har qanday tekshirishda birinchi navbatda umumiy tekshirish usullari qo’llaniladi. Umumiy tekshirish usullariga quyidagilar kiradi:
1.Ko’rish (osmotr) – Inspectio
2.Paypaslash (palpasiya) – Palpatio
3.Taqillatish (perkussiya) – Percussio
4.Eshitish (auskultasiya) – Auscultatio
5.Tana haroratini o’lchash (termometriya) – Thermometreo
Ko’rish usuli bilan tekshirish
Bu usul eng qadimgi va muhim tekshirish usullaridan bo’lib, oddiy ko’z yordamida o’tkaziladi. Bu paytda tekshirilayotgan joy yorug’ bo’lishi kerak va zarur bo’lganda sun’iy yoritgichlardan peshona reflektori va boshqa asboblardan foydalaniladi.
Ko’rish usuli 4 ga bo’linadi:
1.Umumiy ko’rish usuli – har qanday tekshirish boshlanishida o’tkazilib hayvonning individual xususiyatlari aniqlanadi (turi, yoshi, jinsi, zoti, tusi)
2.Mahalliy yoki maxsus ko’rish usuli – bunda faqatgina hayvonning ayrim organlari yoki tananing ayrim qismlari ko’riladi.
3.Guruhli yoki hayvon podasini ko’zdan kechirish – otarlarda, podalarda, suruvlarda o’tkaziladi. Bunda podadagi hayvonlarning turi, yoshi, jinsi va poda ichida kasal hayvonlar bor – yo’qligi aniqlanadi. Bu qoramolchilik fermalari va tovuqxonalarda deyarli har kuni o’tkaziladi.
4.Individual ko’rish – bunda alohida bitta hayvon ajratib olinib, ko’rish usuli bilan tekshiriladi. Vrachni qabuliga kelgan va stasionardagi har bir hayvon shu usulda tekshiriladi. Bu quyidagicha o’tkaziladi: Tekshirish hayvonning boshidan boshlanib, keyin bo’yin, ko’krak qafasi, qorin, tos bo’shlig’i va oyoqlari, oldin chap tomondan keyin o’ng tomondan, oldidan va orqasidan o’tkaziladi. Bunda avval bir tomondagi, keyin ikkinchi tomondagi organlar va tana qismlari sinchiklanib tekshiriladi.
Ko’rish usuli bilan tekshirganda hayvonning turi, jinsi, yoshi, zoti tusi, tananing muhitdagi holati, semizligi aniqlanadi, teri va teri qoplamasi, shilliq pardalar, limfa tugunlaridagi o’zgarishlar, bo’shliqlardan suyuqlik oqishi, ich ketish, nafas soni aniqlanadi.

Download 25.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling