2-bosqich talabasi Madaminova Sharofat ning Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya


Download 41.12 Kb.
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi41.12 Kb.
#1022938
  1   2   3
Bog'liq
byudjet tashkilotlarida 4-mavzu


UrDU huzuridagi Urganch tuman ko’p tarmoqli texnikumi



Buhgalteriya hisobi va audit guruhi (sirtqi)
2-bosqich talabasi
Madaminova Sharofat ning
Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi fanidan
Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi
Mavzusida yozgan mustaqil ishi

Topshirdi: _____ ______________________
Qabul qildi: ____ ______________________
MAVZU: BYUDJET TASHKILOTLARIDA ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI
REJA:
1) Tashkilotlar o‘zlarining zimmalariga yuklatilgan vazifalar;
2) Ko‘p yillik ko‘chatlarga doir kapital xarajatlar;
3) Har bir alohida turgan bino “Turar-joy imoratlar” va “Noturar joy imoratlar” subschyoti bo'yicha inventar obyekti hisoblanadi;
4) Asosiy vositalami saqlash uchun moddiy javobgar bo‘lgan shaxslar.
Tashkilotlar o‘zlarining zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatlarini amalga oshirishi, shuningdek, ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) jarayonida foydalaniladigan, qiymatidan qat’i nazar 1-yildan ortiq xizmat qilish muddatiga ega bo‘lgan moddiy aktivlami buxgalteriya hisobida asosiy vositalar tarkibida hisobga oladi va aks ettiradi.
Asosiy vositalar - qonunchilikka muvofiq zimmasiga yuklatilgan vazifalami amalga oshirish maqsadida tashkilot tomonidan uzoq vaqt davomida (bir yildan ortiq) foydalanadigan, shuningdek. ijaraga berishi mumkin bo 'Igan moddiy aktivlardir.
Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma
Yuqoridagi asosiy vositalaming ta’rifidan shu narsa kelib chiqadiki, budjet tashkilotlarida aktiv asosiy vosita bo‘lishi uchun quyidagi asosiy shartlarga javob berishi kerak:
a) aktiv moddiy ko‘rinishga ega bo‘lishi kerak;
b) budjet tashkiloti mazkur moddiy aktivni o‘zini ehtiyoji uchun ishlatishi lozim;
v) budjet tashkiloti mazkur moddiy aktivni o‘zini ehtiyojiga 1 yildan (12 oydan) oshiq vaqt mobaynida ishlatishi lozim.
Asosiy vositalaming buxgalteriya hisobi asosiy vositalaming kelib tushishi, ulaming tashkilot ichida joydan-joyga o‘tishi (ko‘chishi), tashkilot hisobidan chiqarilishi (jumladan, yaroqsiz holga kelganligi sababli), shuningdek, har bir obyektning (predmetning, komplektning) saqlanishi va to‘g‘ri foydalanishi ustidan nazorat qilinishini hujjatlarda to‘g‘ri rasmiylashtirilishini hamda hisob registrlarida o‘z vaqtida aks ettirilishini ta’minlashi kerak.
Asosiy vositalar tarkibida quyidagilar hisobga olinadi: imoratlar, inshootlar, mashina va uskunalar, kompyuter texnikasi va unga qo‘shimcha qurilmalar, transport vositalari, kutubxona fondi, uzatkich moslamalari, ishchi va mahsulot beruvchi hayvonlar va boshqa asosiy vositalar (muzey boyliklari, hayvonot olami eksponatlari, sahna-tomosha vositalari, o‘quv kinofilmlari, magnit disklari va lentalari, kassetalar va hokazo).
Qiymati va xizmat muddatidan qat’i nazar, quyidagilar asosiy vositalar tarkibiga kiradi: qishloq xo‘jaligi mashinalari va uskunalari, katta yoshdagi ishchi va mahsulot beruvchi hayvonlar (shu jumladan, maydasi ham), kutubxona fondlari, muzey boyliklari (muzey eksponatlaridan tashqari), hayvonot olami eksponatlari va namunaviy loyihalashtirishga oid hujjatlar.

Download 41.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling