2-Laborotoriya mashg’uloti: Traktor gidrotizimlari texnik holatiga tashxis qo’yish


Download 39.5 Kb.
Sana24.01.2023
Hajmi39.5 Kb.
#1117810
Bog'liq
2-Labarotoriya ishi


2-Laborotoriya mashg’uloti: Traktor gidrotizimlari texnik holatiga tashxis qo’yish


Ishning maqsadi.
Traktor yig’ma birikmalari va agregatlariga ularni echibolmasdanturib texnik xolatini aniqlash uslubini o’rganish. Osma moslamalar gidrotizmlari nasoslarining nominal va chegaraviy moyhaydash ko’rsatkichlarini aniqlash. Taqsimlagich va uning asosiy qismlari texnik holatiga tashxis qo’yish. Olingan natijalar taxlili va xulosa yozish.
1. Kerakli jixozlar va tafsiya etilgan adabiyot va uquv qollanmalari
1.1. T-28X4 traktori. T-4A zanjirli traktori. G’ildirakli traktorlarni qismlari va plakatlari.Zanjirli traktorlarni qismlarini maketlari va plakatlar komplekti.
1.2. Adabiyotlar va uslubiy ko’rsatmalar.
1.2.1. A.M.Gurevich. Traktori i avtomobili. Moskva, “Kolos”, 1983y
1.2.2. L.A.Gurevich. Traktorlar va qishloq xo’jalik mashinalari, Toshkent. “O’qituvchi”, 1989y.

  1. Ishning mazmuni

    1. Traktoryig’mabirikmalarivaagregatlarigaularniechibolmasdanturibtexnikxolatinianiqlash.

    2. Osmamoslamalargidrotizmlarinasoslariningnominalvachegaraviymoyhaydashko’rsatkichlarianiqlash.

    3. Taqsimlagichvauningasosiyqismlaritexnikholatigatashxisqo’yish.

3.Ishni bajarish tartibi
3.1. Gidravlik o’rnatish tizimlariga texnik xizmat ko’rsatish
Har smenada texnik xizmat ko’rsatishda mexanizatorlar butun gidrotizimning ishga yaroqliligini tekshiradi. Traktor yuvilgandan so’ng 1-texnik xizmat ko’rsatishda har smenadagi xizmat ko’rsatish operatsiyalari va ularga qo’shimcha ravishda quyidagilar bajariladi: gidrotizimning tuzukligi, gidrotizim bakidagi, ro’lning gidravlik kuchaytirgichi korpusidagi moy sathi tekshiriladi, zarur bo’lsa, kamiga moy quyib to’ldiriladi; o’rnatish tizimining yuqorigi o’qi va yuqorigi (markaziy) tortkisining traversi moylanadi. 2-texnik xizmat ko’rsatishda birinchi texnik xizmat ko’rsatish operatsiyalari va ularga qo’shimcha ravishda qo’yidagilar bajariladi: gidrotizimning asosiy filtri va ro’l boshqarmasi gidrokuchaytirgichining filtrlari yuviladi, bakdagi sapun tozalanadi va yuviladi, gidroakkumulyatorlarda to’plangan moy to’kiladi. 3-texnik xizmat ko’rsatishda sistemaning asosiy agregatlari (ularni qismlarga ajratmasdan) holati tekshiriladi, gidrotizimdagi va ro’l gidrokuchaytirgichining korpusidagi moy almashtiriladi.
Gidrotizimlarga texnik xizmat ko’rsatish zichlamalardan va shtutserli birikmalardan moy oqmayotganligini tekshirish, o’z vaqtida kamiga moy quyib to’ldirish hamda moyni almashtirish, moy filtrini yuvishdan iborat bo’ladi. Agar traktor gidravlik tizimdan foydalanilmagan holda ishlatilsa, nasosni to’xtatib quyish kerak. Moyga chidamli rezinadan yasalgan xalqalar gidrotizim uzellarida zichlamalar o’rnida ishlatiladi. Zichlash xalqalaridan moy oqayotgan bo’lsa, ular yangisiga almashtiriladi. Rezina xalqasining sirtida yoriqlar,taxlangan va yirtilgan joylar, qatlamlar bo’lmasligi kerak.
Traktorga xizmat ko’rsatishda gidrotizim uzellarining barcha birikmalari shuningdek, trubka va shlanglarning ulangan joylari tekshiriladi, zarur bo’lsa, burab mahkamlanadi.
O’rnatish mexanizmidagi buralish valining vtulkalariga solidol surkaladi (60 motosoatdan so’ng); rezbali birikmalar burab maxkamlanadi, kashaklar, markaziy tortqi va zanjirlar taranglagichlari rezbalarining holati tekshiriladi. O’rnatish mexanizmi kronshteynlarining maxkamlanishiga aloxida ahamiyat beriladi. Buralish vali kronshteynining birikmasi va boltlar tekshiriladi, zarur bo’lsa, ular burab maxkamlanadi; bunda shpilkalar transmissiya korpusidan buralib ketmasligi kuzatiladi. Ishlatish jarayonida o’rnatish mexanizmining kronshteynlarini tortib turuvchi boltning tarelkali prujinalari orasidagi tirqishning kata-kichikligini kuzatish kerak. Tarelkasimon prujinalarning paketlarni orasidagi tirqish 0,8 mmdan ortmasligi kerak. Agar tirqishning kattaligi 0,8 mm dan oshsa, tortish boltini gayka yordamida burab maxkamlash kerak; ko’rsatilgan tirqish 960 motosoatdan so’ng shchup bilan tekshiriladi. Traktor 240 soat ishlagach gidrotizim bakidagi moy sathi tekshiriladi. Zarur bo’lsa, kamiga toza dizel moyi normal sathgacha (moy o’lchash chizg’ichidagi yuqorigi belgigacha) turli maxsus voronka yordamida o’uyib to’ldirilishi lozim. Moy sathi pastki belgidan past bo’lsa gidrotizimni ishlatish man etiladi.
Moy bilan to’ldirilgan bakda tizimning ishlash xarorat rejimi o’zgaradi, moy ko’pirishdan va eskirishdan saqlanadi hamda uzellarning xizmat qilish muddatlii uzayadi. Bak, uning tiqin sapuni va filtri toza dizel yonilg’isi bilan yuviladi, gidravlik tizim bakidagi moyning hammasi mavsumiy texnik xizmat ko’rsatish vaqtida (kamida 1440 motosoatdan so’ng) almashtiriladi.
Filtrni yuvishda qo’yidagi tartibga rioya qilinadi: traktor qoplamasining old qismi ko’tariladi; filtr qopqog’idan to’kish naychasi ajratib olinadi; filtr qopqog’i maxkamlanadigan boltlar burab olinadi; korpus filtrlash elementlari komplekti bilan birga chiqarib olinadi; filtr o’tkazish klapani korpusi bilan birga chiqarib olinadi; fil’tr elementlari toza benzindan yuviladi; filtrni yig’ish va moy bakiga o’rnatish teskari tartibda bajariladi. Gidrotizimdagi moy quyidagi tartibda almashtiriladi: dvigatel to’xtagach darhol moy sovimasdanoq bakdan to’kiladi, shlang va tsilindrlarni ajratib olib, undagi moy to’kiladi; shlang tsilindrlarga ulanadi; gidrotizim bakiga dizel yonilg’isi qo’yiladi; dvigatel yurgizib yuboriladi va tizimga moy xaydaladi, buning uchun tsilindrlar porshenlari taqsimlagich dastasi yordamida to’rt-besh marta ko’tarilib, tushiriladi; tsilindr va shlanglar ajratiladi va ulardagi moy to’kiladi; gidrotizim baki traktordan olinadi, undan filtr olinadi; bak dizel yonilg’isida, filtr esa benzinda yuviladi; filtrli bak traktorga o’rnatiladi; tsilindrlar ulanib, bakka dizel yonilg’isi quyiladi; moy o’lchagich shchupidagi yuqorigi sathigacha moy quyiladi.
Tsilindrlar, shlanglar va truboprovodlarni ajratib olishda ularning uchlarini ifloslanishdan saqlash kerak. Buning uchun ajratib olingan shlang, truba va shtutserlarning uchiga toza latta yoki qog’oz o’raladi, yig’ish oldidan esa toza dizel yonilg’isida yuviladi va siqilgan havo bilan tozalanadi. Gidrotizim tashkil etuvchi qismlarini faqat ta’mir qilish ustaxonasidagi maxsus jihozlangan uchastkalarda qismlarga ajratish tavsiya etiladi.
Gidrotizim shlanglarining uzoq ishlashi ularni to’g’ri ishlatish hamda ularga to’g’ri xizmat ko’rsatishga e’tibor qilinadi. Ishlatish jarayonida shlanglarning sirtlari mexanik shkastlanmaganligini, shuningdek, traktor detallariga ishqalanmasligi kuzatib boriladi. Shlanglarga moy va dizel yonilg’isi sachramasligi kerak. Shlanglar tez ishdan chio’masligi uchun montaj vaqtida ularni buralib qolishiga, kichik radiusda egilishiga, ko’p solqilanishiga yo’l qo’ymaslik lozim. Asosiy tsilindr shlanglarini montaj qilishda ularning buralib qolishining oldini olish uchun ularni tsilindrga puxta burab kirg’izish (bunda shlangning ikkinchi uchi erkin bo’lishi kerak), shlangning ikkinchi uchiga perexodnikni burab kirgizish va perexodnikning olti yoqligini ushlab turgan holda metall trubaning gaykasini burash kerak. Agar shlang gaykasini qo’shimcha ravishda burab maxkamlashga to’g’ri kelsa, unda metall truba bilan tutashgan shlang uchini (perexodnik bilan birga) demontajqilib, gaykani burab maxkamlash kerak. Shlangning sirtiga uzunasiga chizilgan chiziqga qarab shlangning buralib qolganini tekshirish mumkin.
Texnik xizmat ko’rsatish tugallangach, dvigatel yurgizib yuboriladi va taqsimlagich richaglari neytral holatdaligida tirsakli valning sekin aylanishlar sonida gidrotizimning ishlashi 2 ... 3 min. tekshiriladi. So’ngra aylanishlar soni o’rtacha yoki undan yuqoriroq qiymatgacha oshiriladi. Bunda o’rnatish qurilmasi ko’tarilib, nasos 5 ... 6 min. ishlatiladi. Tizimning normal ishlayotganligiga ishonch hosil qilingach, kuch tsilindrlarining porshenlari eng chekka ketingi holatga qo’yiladi va dvigatel to’xtatiladi. Bakdagi moy sathi tekshiriladi, zarur bo’lsa, normal sathgacha moy quyiladi.
Download 39.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling