2-ma’ruza mashg’uloti morfologiya haqida umumiy ma’lumot. So‘z turkumlari tasnifi


Download 88.06 Kb.
bet1/4
Sana24.09.2023
Hajmi88.06 Kb.
#1686988
  1   2   3   4
Bog'liq
2-ma\'ruza Morfologiya (1) (3)


2-MA’RUZA MASHG’ULOTI
MORFOLOGIYA HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT. SO‘Z TURKUMLARI TASNIFI.
Tuzuvchi: To’rayeva D.A.
filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori

REJA: 1. MORFOLOGIYA HAQIDA MA‘LUMOT. 2. SO‘Z TURKUMLARINING TASNIFIY ASOSLARI. 3. SEMANTIK, MORFOLOGIK, SINTAKTIK TASNIF.

IBRAT Donishmandlik – ayni paytda nima qilishni bilish, uquv – buni qanday bajarishni tushunish, haqiqiy jasorat esa – shartta bajarib qo’yish. (Devid Starr Jor)


Grammatika ko‘plab tilshunoslik atamasi kabi ikki ma’noli. Bir ma’nosida tilning grammatik qurilishi tushunilsa, ikkinchi ma’nosida tilshunoslikning shu grammatik qurilishni o‘rganuvchi sohasi anglashiladi. Demak, u so‘z va gapning formal-grammatik tomoni – so‘z o‘zgarishi, sintaktik birliklar va ularning turli ko‘rinishi, strukturasi va hosil qiluvchi vositalari, shuningdek, ifodalaydigan grammatik ma’nosini o‘rganadi.
Tilning o‘ziga xosligi fonetik, leksik, grammatik strukturaning yaxlitligidan iboratligi. Ular bir-biridan ajralgan holda emas, yaxlit sistema sifatida mavjud. Bu yaxlitlikni zohiriy va botiniy tushunish mumkin. Yaxlitlikning zohiriy alomati tovushning so‘z va qo‘shimchani, so‘zning gap va so‘z birikmalarini tashkil etishida namoyon bo‘ladi. Yaxlitlikning botiniy idrokida fonetik omilning qo‘shimcha, so‘z, so‘z birikmalari ma’nosini, leksik omilning shu tarzda fonetik, grammatik, grammatik omilning fonetik va leksik hodisalarni farqlashi va nutqqa olib chiqishi kabi bir qarashda ko‘zga tashlanmaydigan holat e’tiborga olinadi. Grammatika ongda nutqiy qo‘llanishga shay turgan leksemani grammatik vosita bilan shakllantirib, so‘zga aylantiradi, so‘zlarni o‘zaro biriktiradi va fikr almashish vositasi sifatidagi vazifasini yuzaga chiqaradi.
Grammatika deganda tor ma’noda morfologiya va sintaksis yaxlitligi, keng ma’noda tilning barcha qurilish sathi tushuniladi. Aytilganidek, grammatika tilning so‘z o‘zgartirish va so‘z biriktirish qoidalari haqida bo‘lib, bunda so‘z o‘zgartirish doirasida so‘zshakllari, so‘zshakllarini hosil qiluvchi grammatik kategoriya va o‘zgarishi asosida farqlanuvchi so‘zning grammatik guruhi - so‘z turkumi hamda bu hodisalarning mahsuli bo‘lmish so‘z birikmasi va gap bir vujudning ikki tomoni sifatida ajraladi. Bu o‘z-o‘zidan ularni o‘rganuvchi ikki soha – morfologiya va sintaksisni farqlashni ham taqozo qiladi.
Morfologiyaning ob’ekti so‘zning o‘zgarish bilan bog‘liq, ya’ni morfologik strukturasi. So‘zning morfologik strukturasi – grammatik morfema, grammatik morfema sistemasi – morfologik kategoriya, so‘zning o‘zgarish asosidagi sistemasi (masalan, kitob, kitobning, kitobni, kitobga, kitobda, kitobdan [kitob] leksemasining kelishik kategoriyasi asosidagi o‘zgarish sistemasi), so‘zshaklning hosil bo‘lish yo‘l va usuli, vositaci, bu vositalarning turlari.
Ma’lumki, grammatik ma’no ifodalashning turli vositasi mavjud. Masalan, fonetik, leksik, morfologik va sintaktik vosita shular jumlasidan. Demak, grammatik ma’noni faqat so‘z yoki so‘zshaklga nisbat berish ma’qul emas. Nutqni shakllantiruvchi barcha lisoniy birlik grammatik ahamiyat kasb etishi mumkin.
Grammatik ma’no deganda til (fonetik, leksik, morfologik va sintaktik) birliklarning nutqni shakllantiruvchi umumlashma abstrakt ma’nolari tushuniladi. Ta’rifni qisqacha sharhlaymiz. Ko‘rinadiki, ta’rifda uch muhim unsur mavjud. Ular quyidagilar:
a) grammatik ma’noning barcha til birliklariga xosligi;
b) bevosita (!) nutqni shakllantirishi;
v) umumlashma va abstraktligi.
Keyingi mavzularning birida grammatik ma’no ifodalash usullari haqida fikr yuritganda grammatik ma’no ifodalashning barcha til birliklariga xosligini anglab yetasiz.
Grammatik ma’noning bevosita nutqni shakllantirishi deganda shuni tushunish lozimki, lisoniy birlik grammatik ma’nodan xoli qilinsa, u nutq uchun tayyor bo‘lmay qoladi. Masalan, [bola] leksemasining lug‘aviy ma’nosi nutqqa grammatik ma’no vositasida kiradi. Uning kelishik, son, sub’ektiv baho, hokim yoki tobe uzvlik, qaysi gap bo‘lagi ekanligi kabi grammatik ma’nolari lisoniy sathda yo‘q. Demak, leksema lug‘aviy ma’nosi ustiga ana shu grammatik ma’no qavatlansa, u nutq tarkibiga kira oladi.

Download 88.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling