2-ma’ruza. Metallarning kristallanish jarayonlari. Reja
Download 436.5 Kb. Pdf ko'rish
|
2-ма`ruza.docx (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1. Asosiy tushunchalar. Kristall panjaraning turlari.
- 2. Xarorat pasayishi bilan suyuqlikning uyushkokligini tez ortishi.
- Molekulalar panjarada
2-MA’RUZA. METALLARNING KRISTALLANISH JARAYONLARI. Reja: 2.1. Asosiy tushunchalar. Kristall panjaraning turlari. 2.2. Kristal panjaradagi nuqsonlari. 2.3. Po‘lat quymalarning ichki tuzilishi. 2.4. Metallarda polimorf o‘zgarishlar. Tayanch iboralar: musbat ionlar; agregat xolat; qattiq xolat; gaz xolat; suyuq xolat; ion (geteropolyar); atom (gomeopolyar yoki kovalent), molekulyar bog‘lanish; nuqtaviy nuqsonlar; chiziqli nuqsonlar; sirt (yuza) nuqsonlar; amorf; kristall holat; 2.1. Asosiy tushunchalar. Kristall panjaraning turlari. Suyuq xolatdagi barcha moddalar sovutilganda oquvganlik qobiliyatini yo‘qotib, qattiq xolatga o‘tadi. Xar xil moddalar uchun bu o‘tish xar xil bo‘ladi. Qotishning ikki turi mavjud. 1. Moddalarning kristallanishi. Suyuq xoldagi modda ma’lum xaroratgacha sovutilganda mayda kristallanish markazlari mayda kristallachalar paydo bo‘ladi: tartibli joylashgan va o‘zoro qattiq bog‘langan atomlar, molekulalar va ionlar. Sovib borish natijasida bular yonida yangilari paydo bo‘ladi va moddaning butun xajmini egallaydi. 2. Xarorat pasayishi bilan suyuqlikning uyushkokligini tez ortishi. Bu 2 xil bo‘ladi: 1) Kristallanish umuman bo‘lmaydi: surguch, mum, smola. Bularni amorf moddalar deyiladi. 2) Kristallanish boshlanmasdan modda qotadi, chunki uyushkoklik ortishi tezligi kristallanish tezligidan ancha katta bo‘ladi, shuning uchun kristallanib ulgurmaydi. Bularni oynasimon moddalar deyiladi. Molekulalar panjarada tebranib turadi: lekin o‘zoro bog‘lanish kuchi ushlab turadi. Kristall yuzasidan chiqib ketib, suyuq xolatga o‘tish uchun ma’lum issiqlik energiyasini olish kerak. Suyuq fazada modda xajm birligining energiyasi erish xaroratida kristallik fazadagidan katta bo‘ladi. Bu ichki energiyalar farqi nisbiy erish xaroratiga teng. Teskarisi, ya’ni kristallanish fakat "suyuq faza-kristall" sistemasidan yuqoridagi energiya chiqib ketgandan so‘ng boshlanadi. Modda qotganda molekulalar yaqinlashib bog‘lanish kuchi ortadi va "qattiqlikni" ta’minlaydi degan noto‘g‘ri fikrlar xam bor. Suv, vismut, surmalar qotganda kengayadiku: demak molekulalar uzoqlashadi, Qattiq xolatda, albatta, molekulalar o‘zaro kuchlirok bog‘langan. SHuning uchun qotish jarayonida xal qiluvchi faktor-bu zarrachalarning issiqlik xarakatlari erkinligining chegaralanganligidir. Bu chegaralanish zarrachalarning o‘zoro bog‘lanish kuchining ortishi bilan ifodalanadi, bu esa ular kristallda tartibli joylashgandan so‘ng paydo bo‘ladi. Download 436.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling