2-ma’ruza. Metallarning kristallanish jarayonlari. Reja


Download 436.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana04.04.2023
Hajmi436.5 Kb.
#1327139
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-ма`ruza.docx (1)



2-MA’RUZA. 
METALLARNING KRISTALLANISH JARAYONLARI. 
Reja: 
2.1. Asosiy tushunchalar. Kristall panjaraning turlari. 
2.2. Kristal panjaradagi nuqsonlari. 
2.3. Po‘lat quymalarning ichki tuzilishi. 
2.4. Metallarda polimorf o‘zgarishlar. 
 
Tayanch iboralar: musbat ionlar; agregat xolat; qattiq xolat; gaz xolat; suyuq xolat; 
ion (geteropolyar); atom (gomeopolyar yoki kovalent), molekulyar bog‘lanish; 
nuqtaviy nuqsonlar; chiziqli nuqsonlar; sirt (yuza) nuqsonlar; amorf; kristall holat; 
 
2.1. Asosiy tushunchalar. Kristall panjaraning turlari. 
Suyuq xolatdagi barcha moddalar sovutilganda oquvganlik qobiliyatini 
yo‘qotib, qattiq xolatga o‘tadi. Xar xil moddalar uchun bu o‘tish xar xil bo‘ladi. 
Qotishning ikki turi mavjud. 
1. Moddalarning kristallanishi. Suyuq xoldagi modda ma’lum xaroratgacha 
sovutilganda mayda kristallanish markazlari mayda kristallachalar paydo bo‘ladi: 
tartibli joylashgan va o‘zoro qattiq bog‘langan atomlar, molekulalar va ionlar. Sovib 
borish natijasida bular yonida yangilari paydo bo‘ladi va moddaning butun xajmini 
egallaydi. 
2. Xarorat pasayishi bilan suyuqlikning uyushkokligini tez ortishi. Bu 2 xil 
bo‘ladi: 
1) Kristallanish umuman bo‘lmaydi: surguch, mum, smola. Bularni amorf 
moddalar deyiladi. 
2) Kristallanish boshlanmasdan modda qotadi, chunki uyushkoklik ortishi tezligi 
kristallanish tezligidan ancha katta bo‘ladi, shuning uchun kristallanib ulgurmaydi. 
Bularni oynasimon moddalar deyiladi. 
Molekulalar panjarada tebranib turadi: lekin o‘zoro bog‘lanish kuchi ushlab 
turadi. Kristall yuzasidan chiqib ketib, suyuq xolatga o‘tish uchun ma’lum issiqlik 
energiyasini olish kerak. Suyuq fazada modda xajm birligining energiyasi erish 
xaroratida kristallik fazadagidan katta bo‘ladi. 
Bu ichki energiyalar farqi nisbiy erish xaroratiga teng. 
Teskarisi, ya’ni kristallanish fakat "suyuq faza-kristall" sistemasidan yuqoridagi 
energiya chiqib ketgandan so‘ng boshlanadi. 
Modda qotganda molekulalar yaqinlashib bog‘lanish kuchi ortadi va 
"qattiqlikni" ta’minlaydi degan noto‘g‘ri fikrlar xam bor. Suv, vismut, surmalar 
qotganda kengayadiku: demak molekulalar uzoqlashadi, Qattiq xolatda, albatta, 
molekulalar o‘zaro kuchlirok bog‘langan. 
SHuning uchun qotish jarayonida xal qiluvchi faktor-bu zarrachalarning issiqlik 
xarakatlari erkinligining chegaralanganligidir. Bu chegaralanish zarrachalarning 
o‘zoro bog‘lanish kuchining ortishi bilan ifodalanadi, bu esa ular kristallda tartibli 
joylashgandan so‘ng paydo bo‘ladi. 

Download 436.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling