2-ma’ruza. Metallarning kristallanish jarayonlari. Reja
Download 436.5 Kb. Pdf ko'rish
|
2-ма`ruza.docx (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Erkin energiya
- Suyuq fazaning
Birlamchi kristallanish.
Metallarning suyuq xolatdan qattiq xolatga o‘tishi birlamchi kristallanish deb ataladi. Qattiq xolatdagi metallar kristall panjaralarining o‘zgarishi ikkilamchi kristallanish yoki qayta kristallanish deyladi. Termodinamikaning ikkinchi konuniga binoan, xar qanday faza o‘zgarishda vaqtida, sistemaning erkin energiyasi kamayadi, ya’ni sistema erkin energiyasi katta bo‘lgan beqaror xolatga o‘tishga intiladi. Erkin energiya F xarfi bilan belgilanadi: F = U - TS, bu yerda U - sistemaning ichki energiyasi, T - absolyut temperatura, S - entropiya. Quyida suyuq va qattiq fazalar erkin energiyasining temperaturaga qarab o‘zgarish grafigi erkin energiya - temperatura koordinatalarida tasvirlangan. Bu diagrammada I egri chizig‘i suyuq faza erkin energiyasining o‘zgarishini, II egri chizig‘i esa qattiq faza erkin energiyasining o‘zgarishini ko‘rsatadi. Tm temperaturada suyuq va qattiq faza erkin energiyalari barobar (Fc.f.=Fk.f.) bo‘ladi. SHuning uchun Tm muvozanat temperaturasi deyladi. 2.1-rasm.Metalning qattiq va suyuq xolatlari uchun xaroratga bog‘liq ravishda termodinamik potentsialning o‘zgarishi. Tm-dan yuqori xaroratda suyuq fazaning erkin energiyasi (Fc.f.) kichik, qattiq fazaning erkin energiyasi esa katta (Fk.f.). Tm. dan pastda aksincha: Fc.f.>Fk.f. Binobarin, Tm.dan yuqori temperaturada qattiq xolatda, Tm.dan past temperaturada qattiq xolatda bo‘lishi kerak. Suyuq fazaning qattiq fazaga o‘tish protsessi kristallanish markazlari xosil bo‘lishi va bu markazlarining o‘sishi yo‘li bilan beriladi. Kristallanish markazlari soni kanchalik katta bo‘lsa, suyuq faza qattiq fazaga shunchalik tez aylanadi. Metall bir agregat xolatdan boshqa bir agregat xolatga o‘tganda issiqlik ajralib chikadi yoki yutiladi, demak, bunday sistemani issiqlik xodisasi ro‘y beradigan sistema deyish mumkin. Suyuq modda sovitilganda T m temperaturada kristallanish jarayoni sodir bo‘lmaydi, chunki, bunda Fs.f.=Fk.f. Suyuq fazani kristallana boshlashi uchun sistemaning erkin energiyasi kamayishi kerak Teskarisi: qattiq fazaning (kristallning) suyuqlikka aylanishi uchun esa sistemaning erkin energiyasi ortishi kerak. Температура II каттик I суюк Эркин эн ергия Suyuq fazaning T m -dan past temperaturagacha sovishi o‘ta sovish deb, qattiq fazaning T m -dan yuqori temperaturagacha qizishi esa, o‘ta qizish deyiladi. Download 436.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling