2-ma’ruza. Metallarning kristallanish jarayonlari. Reja
Download 436.5 Kb. Pdf ko'rish
|
2-ма`ruza.docx (1)
Qattiq qotishma. Birlamchi rekristallanishda, ya’ni rekristallanishning birinchi
bosqichida elementar kristall yacheykasi mukammal bo‘lgan yangi markaz (donacha) hosil bo‘ladi. Bu markaz plastik deformatsiya natijasida eng katta qiyshaygan (ya’ni ichki kuchlanish eng katta bo‘lgan) joyda mavjud bo‘ladi, keyinchalik bu markaz qo‘shni deformatsiyalangan uchastkadan atomlarning o‘tishi hisobiga o‘sadi. Deformatsiyalangan-metallni qayta qizdirishda eski donachada ichki kuchlanishlar kamayib, tiklanmaydi, balki uning o‘rniga yangi donacha vujudga keladi. SHuning uchun yangi donachalarning o‘lchamlari va joylashish tartibi uski donachalarni o‘lchamlari va joylashish tartibidan beqaror farq qiladi. Birlamchi kristallanishi yangi bir tartibdla joylashgan yangi donachalarning hosil bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Yangi donachalarning hosil bo‘lishi va dislokatsiya zichligining beqaror kamayishi metallda yig‘ilib qolgan ichki kuchlanishlarni kamaytirishgn olib keladi. Etarli darajada deformatsiyalangan metallar termik tozalikka ega bo‘lsa, rekristalizatsiya topilgan 0,4 T er boshlanadi (a. A. Botsvar qoidasi bo‘yicha). Agar metall juda toza bo‘lsa, rekristallanish boshlanishi to (0,1-0,2) T er tushishi mumkin. Metall qattiq qotishmalari uchun (0,5-0,6) T er gacha ko‘tarilishi mumkin. Naklyop holatida metallni to‘la qizdirish uchun uni ancha yuqoriroq temperaturagacha qizdirish kerak. Ana shu rekristalizatsiya katta tezlikda boradigan jarayonga rekristallizatsion yumshatish deb ataladi. Birlamchi rekristallizatsiya tamom bo‘lgandan keyin, qizdirishni davom ettirsak, mayda yangi paydo bo‘lgan donachalar eski donachalar hisobiga o‘sadi. Bunday protsessga yig‘uvchi rekristallizatsiya deb ataladi Donachalarning o‘sishiga asosiy sabab, juda katta deformatsiyalangan yuza energiyasi kamayishi deb qarash kerak Metallarii plastik deformatsiyalash sovuqlayin va qizdirib bajarish mumkin. Bu qizdirish temperaturasiga bog‘liq. Agar deformatsiyalash uchun qizdirish temperaturasi rekristallanish temperaturasidan past bo‘lsa, sovuqayin plastik deformatsiyalash, agar katta bo‘lsa, issiqlayin plastik deformatsiyasi deb ataladi. Download 436.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling