2-MAVZU: KIMYOVIY TEXNOLOGIYADA XOM ASHYO VA UNI BOYITISH USULLARI
Reja:
1. Xom ashyo va uning turlari.
2. Xom ashyoni boyitish usullari.
2. Xom ashyoni boyitish va undan foydalanish.
Maqsad: Talabalarga kimyoviy texnologiyada ishlatiladigan xom ashyo turlari va ularni boyitishdan maqsad nima ekanligi, sanoatda xom ashyoning ahamiyati haqida tushuntitish.
Sanoat va unda ishlab chiqarilgan mahsulotlar mustaqillikning moddiy-texnika bazasini yaratishda muhim rol o`ynaydi. Shuning uchun ham hukumatimiz tomonidan qo`yilgan amaliy vazifalarni to`la bajarish sanoatni jadal rivojlantirishni taqozo etadi. Sanoatning rivojlanishidagi asosiy shartlaridan biri sanoatni xom ashyo bilan yetarli darajada ta`minlash, undan to`la va to`g`ri foydalanishdir.
Xom ashyo har qanday texnologik jarayonlarning asosiy elementi hisoblanib, u ishlab chiqarish texnologiyasinigina belgilamasdan, balki uning iqtisodiy samaradorligini hamda ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotning sifatini ham belgilaydi. Xom ashyo keng miqyosda iste`mol buyumlari hamda ishlab chiqarish mahsulotlari olish uchun ishlatiladigan tabiiy materiallar (birikmalar) dan iborat bo`lib, u quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Miqdori jihatdan yetarli bo`lishi;
Qazib olish arzon va oson bo`lishi;
Texnologik jarayonlar oson borishi kerak.
Ma`lumki, sanoatda mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan umumiy xarajatlarning 70-80% ini jarayonda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |