KIMYO SANOATINING XOM ASHYOSI VA UNI BOYITISH USULLARI
Xom-ashyo haqida umumiy tushuncha.
Xom-ashyo turlari va ularni sinflanishi.
O‘zbekiston Respublikasining xom ashyo resurslari va ulardan foydalanish
Xom ashyoni boyitish usullari. Qattiq, suyuq va gazsimon xom ashyoni boyitish
usullari.
Tayanch iboralar:
xom ashyo,
dastlabki ashyo, tayyor mahsulot va chiqindi, xom
ashyo sarfi, xom ashyoning umumiy potensiali, mineral va foydali qazilma xom
ashyo konlari, xom ashyo topagrafiyasi, xom ashyoni boyitish usullari,
Xom ashyo
Korxonalarda kimyoviy reaktsiyalar yordamida qayta ishlash uchun
keltiriladigan hamma materiallar qanday olinganligidan qat’i nazar, kimyoviy xom
ashyo deb ataladi. Masalan, vodorod ishlab chiqarish
uchun xom ashyo sifatida
ko`pincha tabiiy yonuvchi gaz, ammiak uchun —vodorod va azot,
nitrat kislota
uchun ammiak, suv va havo kislorodi, ammiakli selitra uchun —
ammiak va
nitrat kislota ishlatiladi
Xom ashyo deb, iste’mol mahsulotlari va ishlab chiqarish vositalari olish
uchun sanoatda ishlatiladigan tabiiy moddalarga aytiladi.
Kimyo sanoatida xom
ashyo asosiy omil bo`lib, ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot tan narxining 60-70
foizini tashkil etadi.
Xom ashyo har bir ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini va tannarxini
belgilab beradi. Har qanday kimyoviy texnologik jarayonlarning asosiy elementlari
xom ashyo va uni qayta ishlash uchun asbob va uskunalar, bu maqsadlarni amalga
oshirish uchun sarflanadigan energiya
kiradi
Xom ashyo quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1.
Miqdor jihatdan etarli darajada bo‘lishi;
2.
Oson qazib olinishi va arzon bo‘lishi;
3.
Uni qayta ishlashning texnologik jarayonlari sodda borishi kerak.
Sanoat ishlab chiqarishda xom ashyo tushunchasidan tashqari dastlabki
ashyo, tayyor mahsulot va chiqindi tushunchalari ham qo`llaniladi. Xom ashyo va
dastlabki ashyoni bir – birisidan farq qilish kerak.