2-modul. Ilk yozuvlar tarixi va ularning o’rganilishi 2-Mavzu: Markaziy Osiyodagi ilk yozuvlar va ularning o’rganilishi. Markaziy Osiyo yozma yodgoriiklari topilgan hududlar. Reja


Download 31.95 Kb.
Sana16.12.2020
Hajmi31.95 Kb.

2-modul. Ilk yozuvlar tarixi va ularning o’rganilishi

2-Mavzu: Markaziy Osiyodagi ilk yozuvlar va ularning o’rganilishi. Markaziy Osiyo yozma yodgoriiklari topilgan hududlar.

Reja:

Kishilik jamiyatining rivojlanish zamini - tarix, o‘tmish va uning tajribalari hisoblanishi. Har bir davrda o‘tmishga, tarixga e’tibor kuchayishi. Uni haqqoniy, ob’ektiv yoritish kunning dolzarb masalasiga aylanganligi. Markaziy Osiyodagi ilk yozuvlar va ularning o‘rganilishi. Yozma yodgorliklarda tadqiqot ishlari olib borilishi. Tarixiy tadqiqotchilik O‘rta Osivoda juda ham qadimdan boshlanganligi. Xorazmlik mashhur olim Beruniyning fikrlari, arab istilochilari O‘rta Osiyodagi mahalliy olimlarni yo‘qotibgina qolmay, mahalliy til va mahalliy yozuvdagi asarlarni ham yo‘q qilib, yondirib yuborganliklari. Shu sababli eng qadimgi zamonlarda yozilgan asarlar saqlanmaganligi.

Tayanch so‘z va iboralar:

Qo‘lyozma manbaning tashqi belgi-xususiyatlar, paloyos, qo‘lyozma, nasx,  nasta’liq.kufiy yozuvi, epigrafika, sfragistika, numizmatika, xronologiya. 
Insoniyat tarixida yozuv juda qadim zamonlardan beri mavjuddir. Ibtidoiy jamoa davrida odamlar o‘z fikrlari. xohish-istaklarini, biror voqea-hodisa haqidagi xabarni turli xil narsa-predmetlar yordamida ifodalaganlar (etkazganlar). Lekin bu hali yozuv hisoblanmas edi. Ma’lum muddat vaqt o‘tganidan keyin u yoki bu fikrni bildira oladigan  shartli belgilar paydo bo‘lgan. Bu shartli belgilardan keyin biz yozuv deb ataydigan va ma’lum tizimga ega bo‘lgan belgilar vujudga kelgan.

Eramizdan avvalgi to‘rtinchi ming yillikda Arabiston yarim orolidagi qadimgi davlatlar hududlarida misr va shumer yozuvlari paydo bo‘lgan. Ikkinchi ming yillikning boshlariga kelib, O‘rta Er dengizi qirg‘oqlarida ossuriylar va bobiliylar yozuvi shakllangan. Hozirgi Hindistonning SHimoliy qismi va Old Osiyo hududlarida esa hind yozuviga asos solingan. Undan ham keyinroq, yozuvning g‘arbiy-somiy tizimi vujudga kelgan.

Umuman, insoniyat tarixi yozuvning to‘rt qadimiy turini biladi:

         1. Piktografik yozuv. Bu istiloh lotincha «piktus»-rasm, surat; «grafo»-yozaman qismlaridan iborat bo‘lib, rasm yozuv demakdir. Bu yozuvning dastlabki shakllari mezeolit va neolit davrida paydo bo‘lgan. Odamlar o‘z fikrlarini, his-tuyg‘ularini, xohish-istaklarini turli rasmlar, suratlar orqali bir-birlariga etkazganlar. Odamlarning o‘zi chizgan bu suratlar harbiy yurishlar, urushlar, to‘qnashuvlar, majburiyatlar, ultimatumlar, sevgi-muhabbat borasidagi xabarlarni bir joydan ikkinchi joyga etkazish uchun xizmat qilgan. YOzuvning bu turi juda katta hududda va uzoq muddat ishlatilgan. Lekin yozuvning bu turida konkret narsa-hodisa to‘g‘risidagi xabar oson etkazilgan bo‘lsa-da, abstrakt (mavhum) tushunchalarni etkazish uchun bu yozuvdan foydalanish qiyin bo‘lgan. SHu sababli yozuvning bu turi insonning talabiga to‘la javob bera olmagan.

Lekin shunga qaramay, piktografik yozuvning ayrim shakllari hozirgacha saqlanib qolgan. Masalan, darvoza tepasiga qo‘yilgan itning surati hovlida qopag‘on it borligining belgisidir. Transformator budkasi devoridagi kalla suyagi rasmi xatarning mavjudligiga ishoradir. Katta qilib ishlangan barmoq surati harakat yo‘nalishini bildiradi va hokazo.

Vaqt o‘tishi bilan piktografik yozuv o‘rnini undan mukammalroq va murakkabroq bo‘lgan logografik yozuv egallagan.

2. Logografik yozuv. Bu istiloh lotincha «logos» - so‘z, mantiq va «grafo» - yozaman so‘zlaridan shakllangan. Jamiyat rivojlanishda davom etar ekan, har bir predmet yoki har bir tushuncha shu predmet yoki tushunchaning surati yordamida ifodalana boshlagan. Demak, yozuvning bu turida ifodalangan shakl  bilan ifodalanishi kerak bo‘lgan predmet yoki tushuncha o‘rtasida mantiqiy bog‘liqlik mavjuddir. SHuning uchun bu yozuv logografik yozuv deb nom olgan. Bu yozuvda masalan, ikkita qo‘lning surati «jangchi», «askar» ma’nosini ifodalagan. Agar bir qo‘lda qalqon, ikkinchi qo‘lda nayza surati bor bo‘lsa, bu «jang» yoki «jang qilmoq» so‘zlarini bildirgan. «Ko‘rmoq» fe’lini bildirish uchun ikkita ko‘z surati xizmat qilgan. «Baxillik», «ochko‘zlik» ma’nosini timsohning surati bildirgan. Bitta oyoqning rasmi «qadam tashlamoq» ma’nosini ifodalasa, ikkita oyoqning surati «yurmoq», «bormoq» ma’nolariga to‘g‘ri kelgan. YOzuvning bu turi ideografiya deb ham ataladi.

Logografik yozuvning kamchiligi shundan iboratki, bu tur yozuvni hamma ham bilavermagan. Undan asosan ruhoniylar, davlat tepasidagi amaldorlar, mutaxassislar, kotiblar va xattotlar xabardor bo‘lishgan.

3. Bo‘g‘in yozuvi. Eramizdan avvalgi ikkinchi ming yillikning o‘rtalarida va birinchi ming yillikning boshlarida ilgarigi yozuvga nisbatan qulayroq va soddaroq bo‘lgan yozuv shakli shakllana boshlagan. Bu yozuvda so‘zlar hamda ayrim sodda jumlalar bo‘g‘inlarni bildiruvchi belgilar yordamida ifodalangan. SHuning uchun bu yozuv bo‘g‘in yozuvi deb ataladi. YOzuvning bu turi ilgarigi yozuvlardan qulayroq bo‘lgan, lekin uning ham o‘ziga yarasha nuqsoni bo‘lgan. U ham bo‘lsa, bu yozuv asosan so‘zlar bir yoki ikki bo‘g‘indangina iborat bo‘lgan tillar uchun qulay bo‘lgan. Bunday tillarga hind tilining ayrim tarixdagi variantlari kiradi. SHu kamchiligi bor bo‘lgani uchun  bu yozuv boshqa xalqlar orasida kam tarqalgan.  

Lekin yozuvning bu turkumiga kiruvchi mixxat deb atalgan yozuv nisbatan keng tarqalgan. Uni eramizdan avvalgi to‘rtinchi mingyillikning oxirida Mesopotamiyada (hozirgi Iroq davlati hududi)da yashagan shumerlar o‘ylab topganlar.

Mixxat yozuvidagi elementlar asosan mix yoki pona shaklini eslatgani uchun mixxat deb nom olgan. Mixxat eramizdan avvalgi birinchi mingyillikning oxirlarigacha bobiliylar, assuriylar, xettlar, finikiylar tomonidan qo‘llanib kelingan. Bu yozuvdan Urartu davlati aholisi, forslar va boshqa qo‘shni xalqlar ham foydalanishgan.

Mixxat yozuvi piktografik yozuvdan kelib chiqqan. Bu dastlab italiyalik savdogar Pestro CHella Valle tomonidan o‘rganilgan.

Mixxat yozuvlari ichida eng ko‘p tarqalgani forsiy mixxatdir. Bu yozuv eramizdan avvalgi VI-IV asrlargacha Ahamoniylar davlati hududida qo‘llanib kelingan. Bu yozuvdan qo‘shni davlat xalqlari, shu jumladan O‘rta Osiyo xalqlari ham foydalanishgan. Ahamoniylar davlatining qulashi bilan bu yozuvdan foydalanish ham kamaya boshlagan.

4. Harfiy yozuv. YOzuvning bu turida tildagi har bir tovushga bittadan harf yoki belgi to‘g‘ri keladi. Bu tizimdagi yozuv hech bir istisnosiz finikiylar, suriyaliklar va falastinliklar ijod etgan somiy yozuvga borib taqaladi. Eramizdan avvalgi  YI-IY asrlarda Qadimgi fors davlati devonxonalarida davlat ahamiyatiga molik hujjatlar oromiy tilida olib borilgan va bunda finikiylar alifbosining oromiy variantidan foydalanganlar. Keyinchalik vaqt o‘tishi bilan bu alifboning juda ko‘p variantlari shakllana boshlagan. Bu variantlarning biri hozirgacha eng ko‘p xalqlar tomonidan qo‘llanib kelayotgan arab yozuvidir va kvadrat shaklga ega bulgan yahudiy yozuvidir. Keyinchalik eramizdan avvalgi IY-III asrlarda oromiy alifbosi eroniy tillarda so‘zlashuvchi ko‘pgina xalqlar tomonidan ishlatib kelingan. O‘rta fors yozuvi va Parfiya yozuvi xuddi shu tariqa paydo bo‘lgan. Bu alifbo asosida keyinchalik so‘g‘d yozuvi, xorazmiy yozuv va boshqa yozuvlar paydo bo‘lgan. Eramizning YII-YIII asriga kelib bu eroniy yozuvlarni arab yozuvi siqib chiqargan.

Bundan tashqari eroniy va O‘rta Osiyodagi Muqaddas kitob uchun maxsus Avesto yozuvi yaratilgan. Bu yozuv oromiy-eroniy yozuvi asosiga qurilgan bo‘lgan.

Evropada esa, bu erdagi tillar uchun grek yozuvining turli variantlari, xususan, lotin yozuvi qo‘llanilgan. IX-X asrdagi grek qo‘lyozma alifbosining yana bir varianti slavyan tillari uchun moslashtirilgan va shu tariqa qadimgi rus alifbosi-kirillitsa vujudga kelgan.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yozuvning kashf etilishi insoniyat tarixida juda katta hodisa bo‘lgan. YOzuv vositasida inson o‘zidan uzoqda bo‘lgan boshqa inson bilan aloqada bo‘la olgan, shuningdek u yoki bu ma’lumotni o‘zidan keyingi avlodga qoldirish imkoniga ega bo‘lgan. Dastlab  bizning  murakkab  va  turli –tuman  nutqimizni  tashkil  etgan   “bir  andazaga  tushgan”  til  elementlari alohida ajralibchiqqunga  qadar  tovushlar  oqimini  mayda  bo`lakchalarga,  qismlarga  bo`lish,  ularni o`zaro  taqqoslash,  ularning  farqini  va  o`xshashligini aniqlash kerak  bo`lgan. Qadimgi  Misr  yozuvida  dastlab undosh  tovushlar  ajratilgan,  bunga  qadimgi  Misr  tilida  bir  tovushdan  tuzilgan  logogrammalar bo`lganligi  yordam  bergan.

Birinchi  alifboni eramizdan  oldingi  II ming  yillikda  finikiyaliklar  yaratgan. Bu alifbo  22  harfdan  iborat  bo`lgan. Harflar  faqat  undosh  tovushlarni  yoki  undosh  va  unli   tovushlardan  tuzilgan  bo`g`inlardan  tuzilgan.1 Chunki finikiyaliklar  tili  semit tillari oilasiga  mansub  bo`lgan. Unda  undosh  tovushlar  asosiy  rol  o`ynagan. so`zlarning  ildizi  undosh  tovushlardan tuzilgan. Unli  tovushlar esa asosan  gramatik  bog`lanishlarni  va  so`zning  shaklini  ifodalagan. Shu  sababli  finikiyaliklar alifbosi  yozuvning  bo`g`inli  va  harf-tovushli  tizimi  o`rtasida  oraliq  mavqeni  egallagan.



Finikiya alifbosining  rivojini  taqqoslang!

 Finikiyaliklar alifbosidagi  belgilarning shakli  sodda  bo`lib,  yozish  uchun ham  yodlab  qolish  uchun ham  qulaydir. Finikiyaliklar  yozuvining  kelib  chiqishi  haqida bir  qancha  fikr  bor. Olimlar Misr  yozuvi ham ossuriya,  bobil  yozuvi ham  kritomiken  yozuvi ham  finikiyaliklar  yozuviga  asos  bo`lgan  bo`lishi  mumkin, deb  hisoblashmoqda.Har bir  olim o`z nazariyasini  tasdiqlashga  urinmoqda.Biroq biz  ucun  muhimi-Finikiyaliklar  alifbosi  yozuvning  uzoq  rivojlanish  yo`lidagi  qonuniy natija  ekanligidir. Finikiyaliklar  alifbosidagi  harflar  yunon va  oromey  yozuvlaridan o`zlashtirib  olingan. Harfli-tovushli  yozuvning  sharqiy  tarmog`i  va  Osiyodagi  tarqalgan  ba`zi  bo`g`inli  tizimlar oromey  alifbosidan  kelib  chiqqan. Yunon  alifbosi  g`arbiy  harfli-tovushli yozuv  tizimilarining  beshigi bo`lganki,  unli  va  undosh  tovushlarni ishlatish bu  tizimlarga  ham xos bo`lgan. Qadimgi  yunonlarning buyuk  tarixiy  xizmatlari  shundan  iboratki,  ular  unli  tovushlarni  ajratib,  bu  tovushlar  uchun  alifboga  maxsus  belgilar kiritganlar. Yunon  alifbosining  shu  kungacha saqlanib  qolgan  asosiy ko`rinishi  shu  tarzda  namoyon bo`lgan. Bu  jarayon  ming  yillik  yo`lni  bosib  o`tgan. Bugunda  yozuvning  to`rt  yuzga  yaqin  turi  ma`lum. Lekin  hozirda  topilgan  hujjatlarning  ko`pchiligini  hali sirlari  topilgan  emas. Jumladan  Shumerlarning  eng  qadimgi  eramizdan  oldingi  IV ming  yillikning  oxiri  va  III  ming  yillikning  boshida  yozilgan  hujjatlari  hali  jumboqligicha  turibdi.1 Bugungacha  shumerlarning  ancha  keyinroq  yozilgan  xatlarigina  o`qilgan, xolos. Shumerlar  jamiyat  taraqqiyotining  ilk bosqichida misrliklar bilan birga  turgan va  yozuvning  dastlabki ijodkorlaridan  biri  bo`lgan. Shumerlarning  ancha keyin  yozilgan xatlarigina o`qilgan, xolos.Finikiyaliklar yozuvining esa qanday  paydo bo`lganligi  bizga  shu  kungacha  noma`lum. Biroq bu  alifbe  miloddan  avvalgi  1500 yillar  atrofida vujudga  kelgan  bo`lib, mloddan  avvalgi 1000  yillar  atrofida finikiya  tiliga  qardosh  til bo`lgan  oromiy  til  uchun  ishlab  chiqilgan  qiya tez yozish shakli (kursiv) tarzida butun Yaqin va  O`rta Sharq  mamlakatlariga  tarqalib,  oromiy,  yahudiylarning to`rt  burchakli, fors, barcha  “milliy” turon  yozuvlari,  shuningdek arab  yozuvi kabi sharq  yozuv  tizimlarining  vujudga  kelishida  tamal  toshi  vazifasini  o`tadi.

    Tilshunos D.Dringer oromiy  yozuvi tarixida  ikki  muhim  bosqichni  alohida  ta`kidlab  o`tadi: 1) birinchi  davr -miloddan  avvalgi  IX – VII  asrlar. 2) oromiy  yozuvining  “oltin  asri”,  ya`ni  bu  davrda  oromiy  tili  xalqaro  muloqot-jahon  tili darajasiga ko`tarildi va Yaqin Sharqning rasmiy tili maqomini oladi. Keyinchalik, oromiy yozuvi tobora sharqqa tomon keng tarqala  boshladi, Aho-moniylar saltanatini qamrab, Turonzaminning shimoliy chegarasigacha etib  bordi.

2.Bugunda  arxeologlar  va tarixchi  olimlar  hamda  tilshunoslarning  yangi  avlodi  shakllandi. Endi ular  qadimgi yozuvlarni  birpastda o`qiy  oladilar. Moziy qariga  kirib, qadimgi  xalqlar hayotiga  oid  tarixiy  voqealar  haqida ilmiy xulosa bera oladilar. Ayni  paytda  asrlar  osha bizgacha etib kelgan  xatlar  mazmuni, o`z  sirlarini ochmoqda. Buni yana bir muhim jihati shundaki, ayni  o`sha  zamonlardan  tilning  fonetik  tuzilishiga  ega,  ya`ni  harfli  belgili  hamda  nutq  tovushlarini  ifodalovchi  alifbolar  shakllana  boshladi.

      Xullas, xalqimizning yozuv  madaniyati,  uning  tarixi, ilk  shakllanish davrlari,  inson nutqini to`liq ifoda etuvchi shartli-belgi alifbo, ya`ni bugungi  tasavvurimizdagi yozuv  madaniyati  bir  necha  ming  yillar  mobaynida  shakllanish va  rivojlanish  davrini  bosib o`tgan.

      Markaziy  Osiyo  xalqlarining  qadimgi  yozuvlari  va  uning  ilk o`rta       asrlar davri  yozuvlariga  ta`siri masalasida gapirish lozim bo‘lsa avvalo yozuvlar va ularni davrlashtirish, u4larni tarix fanlari oldidagi vazifasi va eng asosiysi ularni qiyosiy tahlili xususida gapirish o‘rinli deb hisoblaymiz.

 “Ma`lumki,  o`zlikni anglash,  milliy  ong va tafakkurning  ifodasi,  avlodlar  o`rtasidagi ruhiy ma`naviy  bog`liklik  til orqali namoyon bo`ladi”1-deb ta`kid-laydilar muhtaram Yurtboshimiz I.A. Karimov. Darhaqiqat, ona tili  bu – millatning  ruhidir. Til  esa  yozuvda  kamol  topadi. Shu  sababli yozuvimiz  taqdirini,  tarixiy taraqqiyotini  o`rganish dolzarb vazifalar  sirasiga  kiradi.

Miloddan  avvalgi  1 ming  yillikdan  boshlab O`zbekiston  tuprog`ida  hududiy to`liq  yoki qisman  bir necha yirik madaniy- tarixiy viloyatlar  joylash-gan. Bu viloyatlar–Baqtriya, Sug`d, Xorazm, Fargona, Shosh(Choch)  hudud-laridir.

Markaziy  Osiyodagi  eng  qadimgi  xalqlarning yozuvlari  qaysi  davrda  shakllanganligi  haqida  aniq  ma'lumotlar  yo`q.  Ayrim  kam  sonli  topilmalar   Qadimgi  Xorazm  sopol  idishi  sirtidagi  yozuvlar  va  saklarning   «noma`lum  xatlari»  bu  jarayonning  millodan  avvalgi  V-IV  asrlarda  boshlanganligidan  dalolat beradi.  Ammo  bu  ma'lumotlar  to`liq  emas. Markaziy  Osiyoda    millodan  avvalgi VIII-VI asrlarga oid  hozircha  tanga  pullar,  sopol,  yog`och  va  boshqa  buyumlarga  oid  bitilgan  yozuvlar  yoki  hujjatlar  topilmagan.

Agar  antropoliyaga murojat  etsak, odamlarning  to’liq  saqlangan  tana  va  bosh  suyaklari  miloddan  avvalgi VI – V ming  yilliklarga  oid  arxeologiya  yodgorliklarida  topib  tekshirilgan. Qadimgi  odamlarning suyaklari  asosida  ularning  tashqi  qiyofalarini  qayta  tiklab  o’rganish mumkin  bo’lsa  ham, ammo  ularning  tillari  bizga  noma’lumligicha  qolgan.

O’zbekiston  tarixining  juda  katta  davri  (bir  necha yuz  ming  yillar) yozma  manbalarsiz, arxeologiya  va  antropologiyaga  oid  manbalarga  tayangan  holda  o’rganiladi. Qadimgi  Sharq  yozma manbalaridan (Hind, Ossuriya va  Eron  manbalari) ma’lumki, miloddan  avvalgi  II ming  yillikning  o’rtalari va  oxirlari (bronza  davri) – Markaziy  Osiyo, Afg’oniston, Hindiston  va  Eron  tarixi – hind-eron  qabilalari  yoyilishi  bilan  bog’liq  bo’lgan.

Dastavval, hind-eron  qabilalari  juda  keng  hududda – Volga, Ural  va  Janubiy  Sibir  oralig’idagi  yerlarda  yashaganlar.

Antropolog T.Q.Xodjayov fikriga  ko’ra, bronza  davrida Markaziy  Osiyo-ning  janubiy  viloyatlarida  baland  bo’yli, boshi  cho’zinchoq, yuzi  tor  irqning  vakillari  tarqalgan. Hududimizning  shimoliy  dasht  va  cho’l  qismida  janub  aholisidan  farq  qilgan boshi  dumaloq, yuzi  juda  keng  va cho’ziq  bo’lmagan  qabilalar yashagan. Janubiy  qiyofali  odamlar O’rta Yer dengizi  irqining  vakillari  deb ataladi.Ular Old  Osiyo, Mesopotamiya, Eron, Afg’oniston, Markaziy  Osiyo-ning  janubi, Hindiston  kabi  katta geografik  hududga  yoyilganlar. Shimoliy  qiyofali  odamlar  Janubiy  Sibir  hududidan  to  Qozog’iston, Markaziy  Osiyoning  shimoli-sharqiy  qismida, Ural, Volga bo’yi yerlarigacha  tarqalganlar.

Bronza  davrida  Markaziy Osiyo hududida qadimgi  janubiy  va  shimoliy  qiyofadagi  odamlar  vakillarining  qo’shilishi  jarayoni  boshlanadi. Shu  davrga kelib  o’lkamizda  yashab  o’tgan  bronza  davri  qabilalari  yurtimizning  qadimgi  xalqlariga  asos solganlar

O’zbekistonda joylashgan shu xalqlarning  vakillari – so’g’dlar, baqtriy-liklar, xorazmiylar va  saklar haqida ayrim ma’lumotlar qadimgi yozma  manba-larda  saqlangan. Dastlabki  manbalar  kam  hamda  ma’lumotlar  aytarli  to’liq  bo’lmasa  ham  ular  qadimgi  madaniy, iqtisodiy, ijtimoiy  va siyosiy  jarayonlarni  o’rganishda  katta  ahamiyatga  egadir.

Dastlabki  Yunon va  Rim  tarixchilarining  Eron, Hindiston  va  Markaziy  Osiyo viloyatlari  haqidagi  tarixiy asarlarida bergan ma`lumotlariga tayanib, bu  hududda  yashagan  xalqlarning  madaniyati, turmushi  haqida ba`zi  bir  ma`lumotlarga  ega  bo`ldik.

Ta`kidlash  o`rinliki, dastlabki  yozuvlar  tashqi  shaklining  takomillashuvi, alifbo tuzilishi  qonunlari va tillarning ichki  mazmuni  ko’p  tomondan  noma’lum bo’lib, yaxshi o’rganilmagan. Bu jarayonni aniqlash  uchun  juda ko’p  manbalarga asoslanish  lozim. Afsuski, Markaziy  Osiyoda  miloddan  avvalgi VII – VI asrlarga  oid (yoki  bu sanadan ham qadimgi) tanga  pullar (tanga yozuvlari), sopol, yog’och va boshqa buyumlarga bitilgan  yozuvlar  yoki  hujjatlar  topilmagan.

Albatta, yuqorida  ko’rsatilgan  davrda yurtimiz  shaharlarida  tanga  pullar  zarb  etilmagan, chunki  xuddi  shu  paytda  (miloddan  avvalgi VII – VI asrlar) eng  qadimgi  tangalar  dastlab  Kichik Osiyoda (Lidiyada)  vujudga  keladi.Bu  haqida  yunon  tarixchisi Gerodot o`z  asarida  yozib  qoldirgan. Bundan  oldingi asrlarda  esa savdo-sotiq  munosabatlarida pul  vazifasini  kumush  va  oltin, qimmatbaho  buyumlar  va  yaltiroq toshlar, don va chorva  mahsulotlari  bajargan. Miloddan  avvalgi III – II asrlarda  Markaziy  Osiyoga  oid  ko’plab  tangalar  topilgan  bo’lib, ular o’lkamiz  tarixini o’rganish  uchun  katta ahamiyatga  ega. Bundan  tashqari  to o’rta  asrlarga qadar  yetib  kelgan  ko’plab  noyob  yozuv  yodgorliklari tosh, sopol, kumush, yog’och, charm va qog’oz buyumlariga bitilgan turli xil ma’lumotlardan  iboratdir1.

Markaziy  Osiyoda alohida  xalqlarning  shakllanishi  va etnik  hududlarning  ajrala  boshlashi  miloddan avvalgi  IX – VIII asrlarga  oid  bo’lishi  mumkin. Bu  masalani  o’rganish  juda  murakkab  muammo bo’lsa ham, shubhasiz, aytib  o’tish  kerakki, miloddan avvalgi  VI asrning ikkinchi  yarmida  Erondagi  Ahamoniylar  sulolasi  podsholarining  yurtimizga  yurishlari  boshlanganda  bu  xalqlarning  ajrala  borish  jarayoni  butunlay  tugagan va  turli  xalqlarning  hududiy  joylashuv  chegaralari, viloyatlarning ma’muriy  chegaralari  ahamoniylardan  ancha  oldingi  davrlarda  paydo  bo’lgan.Yozma manbalarga ko’ra, ahamoniylar alohida  Baqtriya  xalqiga yoki saklar yurtiga qarshi harbiy yurishlarni boshlaganlar.Demak, Markaziy Osiyo viloyatlari va xalqlari haqida, ularning hududiy joylashuvi va ayrim viloyatlarning  chegaralari  haqida  Eronda turli  ma’lumotlar  to’plangan  edi.

Avesto”  tili.

Miloddan  avvalgi  I ming  yillikning  birinchi  yarmida  yurtimizda joylashgan  turli  xalqlar qadimgi  sharq-eroniy  tillar  shevalarida gapirganlar. Ularning  etnik  qiyofasi  va  so’g’dlar, baqtriylar, xorazmiylar  va  saklar  qarindosh  xalqlar bo’lib, bir-birlarini yaxshi  tushunganlar. Ayniqsa, dehqonchilik  bilan mashg’ul bo’lgan, o’troq  xo`jaligiga  oid  aholining  moddiy  va  ma’naviy  madaniyatida  ancha  o’zgarishlar  bo’lgan.

Qadimgi  sharq-eron  tillarni  o’rganishga  oid  katta  ilmiy  adabiyot mavjud. Ushbu tillar  guruhini Avesto  tili, so’g’dlar, xorazmiylar  va  baqtriylar  tillari  tashkil  qilgan.

Milloddan avvalgi 1 ming  yillikning  1-yarmida  yurtimizda  joylashgan  turli  xalqlar  qadimgi  sharq - eroniy tillar  shevalarida  gapirganlar.  Bu xalqlar :  tigra  xauda,  taray  dara  taraya,  xouvamarga  qabilalaridir.  Maskur  xalqlar  nomlari  Dora 1 ning  qoyatosh  yozuvlarida  tilga  olingan. Ushbu  xalqlar  til  guruhini  «Avesto»  tili  sug`dlar,  xorazmiylar  va  baqtriylar  tillari  tashkil  qilgan.  «Avesto»  -  zardushtiylik  dinining  muqaddas  kitobi  bo`lib,  shu  dindagi  xalqlarning  shariat  qonunlari  majmuidir.  Dastlabki  «Avesto»  tili  oromiy  tilda  yozilganmi,  bu  noma’lum.  Ma'lumotlarga  qaraganda,  21  ta kitob  (nasx)  dan  iborat  bu  kitob  zamonamizgacha  yetib  kelgan.  «Avesto»  qismlari  millodning  III-VII  asrlarda  tahrir  qilingan.  «Avesto» boblari «pahlaviy» -  o`rta  fors  alifbosi  asosida  48  ta  belgili  yozuvdan  iborat.1  «Avesto»  «Apasta»  yoki  «Asos»  deb  tarjima  qilingan.  «Avesto»  tili  eroniylarning  eng  qadimgi  shevalardan  biri  bo`lgan,  qadimgi  fors  tiliga  nisbatdan  ancha  oldingi  bosqichda,  milloddan  avvalgi  II  ming  yillikning  oxiri – I  ming  yillikning  boshlarida  paydo  bo`lgan. (Muammoli  vaziyat yuzaga keltiriladi  va slayd  taqdim etiladi)

Abu Rayhon  Beruniyning «Qadimgi  xalqlardan  qolgan  yodgorliklar» kitobida  «Aleksandr  Makedonskiy  tomonidan  yurtimiz  bosib  olingach  u   12  ming  nasxdan  iborat  oltin  suvi  bilan  yozilgan  kitoblarni  tog`  qilib  uyib  yo`ib  yuborgan»  degan  ma'lumotlar  keltirilgan. Tarixiy  ma'lumotlar  shunga  aniqlik  kiritdiki,  «Avesto»  Sosoniylar  (  III  asr)  davrida  qayta  tartibga  keltirilgan  va  22  ta  alifboga  moslashtirilgan.  (Xisrav 1  Anushirvon  millodiy  531-579  y).  «Avesto»ni  matnlarini  yozib  olish  maqsadida  48  belgidan  iborat  alifbo  hamda  3  ta  maxsus  qo`shma  belgilar  kiritilgan.Bizgacha «Avesto»ning «Yasht», «Yasna», «Vidavdod», «Visparad»,-«Xurdaki  Avesto»  kitoblaridan  parchalar  saqlanib  qolgan.  Avestoning  «Yasht» kitobini  M. Is’hoqov,  «Gohlar»  kitobini  Rustam  Abdukomilov  o`zbekchaga  o`girib,  tadqiqot  qilib  kelmoqda.    «Yasht»  kitobida  milloddan  avvalgi  XIII- X asrlardagi  (bronza  davri)  yirik  patriarxal  oila  tasvirlangan.  Eron  olimlaridan  Ibrohim  Pur  Dovudning  «Avesto»  forscha  nashri  ham  dunyo  yuzini  ko`rgan. “Avesto”ni  birinchi  bo`lib  XVIII  asrda  fransuz olimi  Anketil  Dyuperon  tomonidan  tarjima  qilingan.  Uni  qo`lidagi  qo`lyozma    XIII  asrga  oid  bo`lgan.  Birinchi  galda  «Avesto»  zardushtiylar  jamiyatining  o`ziga  xos  axloq – odob  majmui  ekanini  e'tirof  etish  lozim. Uning  mohiyati  quyidagi  3  tamoyilda  ifodalangan: ezgu fikr, ezgu  so`z,  ezgu  amal. Zardushtiylar  tasavvuri  mana  shu 3  tamoyilga to`liq  bo`ysingan,  amal  qilgan  inson – barkamollikning  yuksak  pog`onolariga  ko`tarilgan.1

«Avesto»da  eng  qadimgi  viloyatlarning  nomlari  Yasht  kitobining uchinchi  va  Videvdatning  birinchi  bobida  sanab  o’tilgan. Yasht  ro’yxatidagi  birinchi  mamlakat  eroniy  qabilalarning  vatani – «Aryonam  Vayjon» yoki  «Ariylarning  sayha  yerlaridir». U  yurtda ko’p  yaylovlarga ega  baland  tog’lar, keng  daryolar  va  chuqur  ko’llar  bo’lgan. Keyingi  mamlakatlar – Porutu, Iskata, Mouru, Gava, So’g’da, Xvarizam.

Yasht  ariylarning  yerlari  haqida  quyidagicha  e’lon  qiladi: «U  mamlakatning  jasur  sardorlari  ko’pdan – ko’p  harbiy yurishlar  qiladi. Uning  keng  yaylovlarga  ega, suvga  serob  tog’larida  chorva  tinch  o’tlov  va  yemish  bilan  ta’minlangan, bu  yerdagi  sersuv  chuqur  ko’llar  to’lqinlanib  turadi, kema  qatnaydigan  keng  daryolarning  oqimi  va  Xvarizam  tomoniga  toshib  intiladi». Videvdat  kitobiga ko’ra, zardushtiylarning  ulug’  va  donishmand  xudosi  Axuramazda  payg’ambar  Zaratushtraga  bunday  xabar  qiladi: «O,  Spitama  Zaratushtra, yashaydigan  joylarga, bu yerlarda  baxtlik  qancha  kam  bo’lsa-da, tinchlik  tortiq  qildim. Birinchidan, odamlar  yashashi  uchun  eng  yaxshi  mamlakatni, Vanxvi  Datyo  daryosidagi  Aryonam  Vayjoga  asos  soldim. Ikkinchidan, men, Axuramazda, eng  yaxshi  mamlakatlar  va  o’lkalardan  bo’lgan  Gava  So’g’da makoniga  asos  soldim. Uchinchidan, men  Axuramazda, eng  yaxshi  mamlakatlar  va  o’lkalardan  bo’lgan  qudratli  Mouruga  asos  soldim

To’rtinchidan, men  Axuramazda, eng  yaxshi  mamlakatlar  va  o’lkalardan  bo’lgan, Baland  bayroqli  go’zal  Bahdiga  asos  soldim» 1.

Videvdatning  birinchi  bobida  sanab  o’tilgan  mamlakatlar  Yasht  viloyatlari  ro’yxatidan  ancha  farq  qiladi: Aryonam  Vayjo, Gava, Mouru, Bahdi, Nisayyo, Ar’yo, Vaekereta, Urva, Xnanta, Raga, Chaxro, Varna, nomsiz  yetti  Hind  viloyatlari  va  Ranxa  daryoi  boshlaridagi  mamlakat.

«Avesto» eng  qadimgi  mamlakatlar – Markaziy  Osiyo  va  O’rta  Sharq, Afg’oniston, Eronning  shimoli – sharqiy  hududi  bilan bog’lanadi. Aryonam  Mayjo  mamlakatini – bu  keng  hududda  joylashgan o’lka deb  tushunish  mumkin. U  yerdagi  baland  tog’lar – Pomir, Hindiqush, Hisor, Tangritog’ (Tyonshon), chuqur  ko’llar – Kaspiy, Orol, Balxash, Issiqko’l, keng  daryolar  Amudaryo  va Sirdaryo  deb  faraz  qilinadi.

Videvdatning  maxsus  bobida  Aryonam  Vayjo  Vanxvi  Dat’yo  (Datiya)  daryosi  havzasida  joylashgan  deb  e’lon  etilgan. «Qish  u yerda  o’n  oy  davom  etadi, yoz – ikki  oy. Qish  oylarining  suvlari  sovuq, yerlari  sovuq, qishning  oxirida  u  yerda  katta  toshqin  suv  paydo  bo’ladi».

Aryonam  Vayjonning  geografik  chegaralari  to’g’risida  «Avesto»da  aniq  ma’lumotlar  yo’q. Aryonam  Vayjo  iqlimi  baland  tog’li  viloyatlar tabiatiga  yaqin  bo’lib  ko’rinadi. Vanxvi  Dat’yo  (Datiya, Daiti) daryosi  bizga  noma’lum bo’lib, u  haqida – bu yirik  sersuv  daryo  deb  faraz  qilish  mumkin (ba’zi  olimlar  fikriga  ko’ra  Amudaryo).

«Avesto» da  tilga  olingan  yana  bir  keng  sersuv  daryo – Ranxa, olimlar  fikriga  ko’ra, Sirdaryo  bo’lishi  mumkin. Qadimgi  Yunon  tarixshunoslari  ma’lumotlariga  qaraganda, Ra  daryosi  skif  tilida – bu  Volga  daryosidar.

«Avesto»ning  boshqa  daryolari  Zarnumat, Vitanxuxat, Franzdan  bizga  noma’lum bo’lib  qolgan. Zarnumat  daryosi «oltinli» deb  tarjima  qilinadi. Bu  tushuncha  Zarafshon  nomida  ham  saqlangan. Yozma manbada  tilga  olingan  ko’llarning  (Chaychast, Vorukash, Kansava, Pishin) hududiy joylashuvi  haqida  aniq  xabar  berish  juda  ham  og’irdir. I. M. Steblin – Kamenskiy fikriga  ko’ra, Chaychast  nomi – Choch, Vorukash – Balxash, Kansava – Erondagi  Xamun  ko’li  bo’lishi  mumkin.2 Tog’lar  haqida  «Avesto» bunday  xabar  qiladi: «Dunyoda, o  Spitama  Zaratushtra, ikki  ming  ikki  yuz  qirq  to’rt  tog’  bor». Shular jumlasidan  Xaara  (Xarati), Ardaz, Ushida, Ushidarna, Erzif, Erezur, Raaodita, Mazishva, Antar Daxiyo, Erzish, Vatigaysa, Adarana, Xamonkun, Vashan, Vidvan  va  boshqalar  Yashtning  o’n  to’qqizinchi  bobida  tilga  olingan 3.

Eng  baland  ariylarning  muqaddas  tog’i – Xaara  hisoblangan. Uning  tizmasida  va  yana  bir  guruh  boshqa  tog’larda  (Adarana, Bayona, Iskata) qor  kam  erigan. Ularning  baland  cho’qqilari qor  va  muzga  aylanib  sovuq  bo’lgan. Ularga o’xshagan tog’lar Tang’ritog’, Pomir  va Hindikush  tizmalarida  joylashish  mumkin edi.

«Avesto»dagi  mamlakatlar  nomlari  qadimgi  fors  tilida  yoritilgan  ahamoniylar davri  mixxatlarida  va  qadimgi  Yunon  tarixshunoslari  asarlarida  takror  etilgan.

Qadimgi  Xorazm  tili  va  yozuvi.

Markaziy  Osiyo  xalqlarining  eng  qadimgi  yozuvi  bu  xumning  sirtida  tasvirlangan  Xorazm  tilidagi  qisqa  yozuvdir.  U  Katta  Ayirbuyir  qal'a  shahar  xarobasida  topilgan.  Arxeologik  ma'lumotlarga  qaraganda  bu  yozuv  milloddan  avvalgi  V-IV  asrlarga  tegishlidir.  Millodan  avvalgi  IV – III  asrlarga  oid  yana  bir  qadimgi  Xorazm  yozuvi  Quyqirilgan  qal'a  xarobasida  topilgan  sopol  idishning  sirtida  saqlangan.  Bu  yagona  so`z bo`lib,  «Asparak»  otliq,  chavandoz  so`zidan  iborat.  Xorazm  yozuvida  20  belgi  ishlatilgan.Bu yozuv belgilarini rus olimi Livshis va qoraqalpog`istonlik qadimshunos M.Mambetullayev tadqiq  etgan. Qadimgi Xorazm  yozuvi  oromiy  alifbosiga  asoslangan. Oromiylar – millodan  avvalgi  I ming  yillikning  boshlarida  Mesopotamiya  (ikki  daryo  oralig`i  hududida  joylashgan  qadimgi xalqdir.  Milloddan  avvalgi  VI-IV  asrlarga  kelib,  22  ta  xarfdan  iborat  bo`lgan  oromiy  alifbosi  O`rta  Sharqning  idora qilish,  ish  yurituvchi  va  ma'muriy  tili  vazifasini  bajargan.

      Bundan tao‘qari, biz qiyosiy tahlil etishni ixtiyor qilgan yana bir qadimiy manba  Xorazm  tili  va  yozuvi bo‘lib, bu yozuv xronologik  jihatdan shakllanishi miloddan  avvalgi   IV  asr  oxiri–III  asrning  boshlarida  Qadimgi  Xorazm davlatining  tashkil  topish  davriga  to`g`ri  keladi. Yozuv  tizimining  mavjud  bo`lishi  va  rivojlanishi miloddan  avvalgi IV asrdan  milodiy  XI  asrlarni  qamrab  olgan.Yozuvlarning  aksariyati  VI-VIII asrlardagi  kumush  qadahlardagi  yozuvlardan, To`qqal`a  qabristonidan topilgan ossuariylardagi yozuvlardan, Giyour Qal`adagi  (Mizdaxkon)  yozuvlaridan tashkil  topgan.

Akademik  S.P.Tolstov  va  akademik  Yahyo  G`ulomov  Xorazm  tangalarini o`rganish  asosida  bu  yozuvni  alifbosini  qayta  tiklashga  urunib  ko`rganlar.



 Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Viktor  Drachuk.. Yozuvlar  o`tmish  sirlari  shohidi.T. “O`zbekiston. 1980. 

  2. Kobrin V.B., Leonteva G.A., SHorin P.A., Vspomogatelnie istoricheskie dissiplino‘, M., Prosveshenie, 1984.

  3. Sagdullaev  A. Qadimgi O`zbekiston ilk  yozma  manbalarda. T. 1996.

  4.  Dyakonov I., Istoriya pisma, perevod s nemetskogo, M., 1979

  5. Iogannes F., Istoriya pisma, M., Nauka, 1980




Download 31.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling