2-mustaqil ishi. Chiziqli ma’lumotlar tuzilmalari. Statik va dinamik massivlar. Chiziqli konteynerlar va ularni qo‘llash. Reja


Download 32.63 Kb.
bet1/7
Sana03.11.2023
Hajmi32.63 Kb.
#1742613
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-mustaqil ishi. Chiziqli ma’lumotlar tuzilmalari. Statik va din-fayllar.org


2-mustaqil ishi. Chiziqli ma’lumotlar tuzilmalari. Statik va dinamik massivlar. Chiziqli konteynerlar va ularni qo‘llash. Reja

2-MUSTAQIL ISHI.


Chiziqli ma’lumotlar tuzilmalari. Statik va dinamik massivlar. Chiziqli konteynerlar va ularni qo‘llash.
Reja.

  1. Chiziqli ma’lumotlar tuzilmalari .Statik ma’lumotlar tuzilmasi haqida tushuncha.


  2. Stek tuzilmasi va uni dasturda amalga oshirish, ustida amal bajarish


  3. Navbat tuzilmasi va dasturda ifodalanishi, ustida amal bajarilishi


  4. Deklar. Ustida amal bajarish





Statik ma’lumotlar tuzilmasi haqida tushuncha
Ma’lumotlar tuzilamasi (MT) ni dasturda ifodalashning 2 ta usuli mavjud:
  1. Statik MT. Bunday tuzilmalar uzunligi (elementlar soni) oldindan aniqlangan bo’ladi va dastur bajarilish mobaynida o’zgarmas hisoblanadi. Elementlar orasidagi munosabatlar ham o‘zgarmas bo’ladi. Bunday tuzilmalar elementlar soni ma’lum va o’zgarmas bo’lgan masalalarda yaxshi qo’l keladi. Statik tuzilma elementlariga qanday qiymat berilsa berilaveradi, ammo tuzilma uchun ajratilgan xotira xajmi o’zgartirilmaydi.


  2. Dinamik MT. Bu tuzilmalar elementlar soni oldindan ma’lum bo’lmagan xollarda qo’llaniladi . Bunda elementlar soni dastur bajarilishi mobaynida o’zgaruvchan hisoblanadi (YarimStatatik MT). Ammo imkoni bo’lsa, dasturchi xotirada ziddiyatlarga duch kelmaslik uchun tuzilma o’lchamini oldindan aniqlasa ham bo’ladi.


Quyida statik va dinamik tuzilmalar qiyosi keltirilgan.


Dinamik tuzilmalar


Statik tuzilmalar


Elementlar xotirada tarqoq xolda joylashishi mumkin.


Elementlar xotiraja ketma-ket yachseykalarda joylashadi.


Elementlar soni cheklanmagan. Agar xotirada fizik joy mavjud bo’lsa, element kiritilishi mumkin.


Elementlar soni cheklangan. Dastur bajarilishi mobaynida tuzilma uzunligini o’zgartirib bo’lmaydi.


Tuzilma elementlarida indeks degan tushuncha yo’q. Tuzilmaning istalgan joyiga element kiritish va o’chirish amallari oson bajariladi. Lekin ba’zi amallar qiyin bajariladi. Chunki elementlar orasida qat’iy ketma-ketlik mavjud emas.


Tuzilmada indeks degan tushuncha mavjud. Shu sababli saralash amalini bajarish oson. Lekin eng og’ir holatni olib qaraydigan bo’lsak, tuzilma boshiga yangi element kiritish va o’chirish amalini bajarish noqulay.


Statik MT ga quyidagilarni kiritish mumkin:


1.Тo’plam
2.Massivlar
3.Yozuvlar
4.Jadvallar



    1. Download 32.63 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling