2-nazariy savol
Download 483.7 Kb. Pdf ko'rish
|
XXF B potok 1-guruh Qurbonov Ro'zimurod Jinoyat huquqi[1]
2-nazariy savol
nisbati qanday? Jinoyatning ijtimoiy xavfliligi deganda, qonun bilan qo„riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazish yoki zarar yetkazishni real xavfi ostida qolishi mumkinligini anglatuvchi jinoyatning obyektiv belgisiga aytiladi.
“Ijtimoiy xavflilik quyidagilarga ko„ra belgilanadi: a) jinoyat qonuni bilan qo„riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarning muhimligi; b) yetkazilgan zararning hajmi, xususiyati hamda darajasi; c) ijtimoiy xavfli qilmishning xususiyatlari; d) ayrim holatlarda – jinoyat sodir etgan subyektning xususiyatlari” 1 . Ijtimoiy xavflilik jinoyatning moddiy (tashqi) belgisi bo„lib, jazo tayinlashda ham mazkur belgilarni inobatga olgan holda jinoyatlar kvalifikatsiya qilinadi. Jinoyatning ijtimoiy xavfliligi jinoyatning sifat va yetkazilgan zararning miqdor ko„rsatkichini bizga ifodalab beradi. Ya‟nikim, jinoyatning sifat hamda yetkazilgan zaraning miqdor ko„rsatkichi, ijtimoiy xavfli qilmishning jinoyat ekanligini yoki jinoyat sanalmasligini aniqlab ko„rsatadi.
Huquqqa xiloflik – ijtimoiy xavfli qilmishning jinoyat qonuni bilan ta‟qiqlanganligini bildirib, jinoyatni baholash, uning normativ belgisi hisoblangan jinoyat qonunidagi ijtimoiy xavflilikning yuridik ifodasi sanaladi. Jinoyatning mazkur belgisi qonuniylik prinsipining ya‟ni “qonunda belgilanmagan bo„lsa,
1 Rustabboyev M.H Jinoyat huquqi (umumiy qism). Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. – T.: TDYI nashriyoti. 2006. – 83-84-betlar. jinoyat hisoblanmaydi” amaldagi qoidasidan kelib chiqqan. Ya‟ni sodir etilgan huquqqa xilof qilmish (harakat yoki harakatsizlik)ga qonunda belgilangan jazo tahdidi mavjud ekanligini anglatadi. Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasining sanksiyasida huquqqa xiloflik aks etadi. Huquqqa xiloflikni aniqlashda Jinoyat kodeksining birgina Maxsus qismining dispozitsiyalaridan foydalanibgina qolmay, Umumiy qismning tegishli institutlarini ham inobatga olish talab etiladi. Zero, Jinoyat kodeksi har ikkala qismi ham jinoyatni aniqlashda va jinoiy javobgarlikni qo„llashda birdek zarur bo„lib, har ikkala qism bir-birini taqozo etadi va biri ikkinchisini mustahkablab keladi. Huquqqa xiloflik ijtimoiy xavflilik va ayblilik belgilarini yuzaga keltiradi. Huquqqa xiloflik obyektiv va formal tushuncha hisoblanib, qilmishning sifat ko„rsatkichi va zarar miqdorini aniqlovchi moddiy belgi hoisoblangan ijtimoiy xavflilikdan farqli o„laroq jinoiy javobgarlikning formalligini ifodalovchi jinoyat qonunining buzilishi sanaladi. “Jinoyatning huquqqa xiloflilik belgisining mohiyati shundaki, huquqqa xilof qilmish (harakat yoki harakatsizlik)ga u yoki bu vakolatli mansabdor shaxslar (huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari) tomonidan qanday baho berilishidan qat‟iy nazar, bunday qilmish uchun qonunda javobgarlik belgilanmaguncha formal jihatdan ijtimoiy xavfli, deb hisoblanmaydi” 2 .
aynan shu daraja orqali qilmish jinoyat tavsifini aniqlab beradi. Jinoyatning asosiy belgilaridan biri hisoblangan ayb mavjud bo„lsagina ijtimoiy xavfli va huquqqa xilof qilmish jinoyat sanaladi.
Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib xulosa qiladigan bo„lsak, jinoyatni aniqlashda ijtimoiy xavflilik va huquqqa xiloflik jinoyatning asosiy va bir-biriga aloqador belgilari ekanligini bilib olishimiz mumkin. Jinoyatning ijtimoiy xavflilik
2 Rustamboyev M.H., Ahrorov B.J. Jinoyat huquqi (Umumiy qism).Kasb-hunar kollejlar uchun darslik. T.: “ILM ZIYO”, 2006, 53-bet. belgisining mavjud emasligi, o„z o„rnida, huquqqa xiloflik alomatlarining ham yo„qligini tasdiqlaydi. Shuni inobatga olishimiz kerakki, ijtimoiy xavfli hisoblanib jinoyat qonuni normalarini buzmagan yoki jinoyat qonuni normalarini buzgan holda, ijtimoiy xavflilik alomatlarini o„zida aks ettirmagan qilmishga nisbatan jinoiy javobgarlikni qo„llab bo„lmaydi. Mazkur g„oyaning huquqiy asosini Jinoyat kodeksi tegishli moddalarining dispozitsiyalarida ko„rishimiz mumkin. Jinoyatning ijtimoiy xavfliligi uning moddiy belgisi hisoblansa, huquqqa xiloflik bo„lsa formal belgisi sanaladi. Jinoyatning ushbu asosiy ikkita belgisi biri ikkinchisini taqozo etib keladi. Jinoyatning ushbu har ikkala belgisi birgalikda qilmishning jinoiyligini va bu uchun qonunda jinoiy javobgarlik asosi mavjud ekanligini ko„rsatib beradi.
Download 483.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling