20 guruh talabasi


Download 137.48 Kb.
bet1/4
Sana08.03.2023
Hajmi137.48 Kb.
#1253138
  1   2   3   4
Bog'liq
2-mavz; ijtimoiy pedagogika faoliyatino yo\'lga qo\'yish




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI



BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
20 GURUH TALABASI
_____________________________


« ___________»
fanidan
MUSTAQIL TA’LIM ISHI


BUXORO-2023


Mavzu: Ijtimoiy pedagogika faoliyatino yo'lga qo'yish


Reja:


Kirish
1.Ijtimoiy pedagogning asosiy vazifalari
2.Ijtimoiy pedagog tarbiyaviy ishining oʻziga xosligi
3.Ijtimoiy pedagog faoliyatida foydalanadigan metodlar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Inson va ijtimoiy muhitning o’zaro ta’sirini uyg’unlashtirish nazariyasi va amaliyotini va ularni ushbu o’zaro ta’sirga tayyorlash vazifasini bajaruvchi fan ijtimoiy pedagogika jamiyatni va ijtimoiy munosabatlarni o‘rganadi, hamda insonlar bir- birlari bilan qanday muomalaga kirishishlarini, nima uchun bir guruhga birlashishlarini va jamiyatning boshqa ijtimoiy masalalarini aniqlashga harakat qiladi.
“Ijtimoiy” (lotincha – socialis – umumiy) tushunchasining asosini shaxslar, shaxslararo munosabatlarning turli shakllari bilan bog‘liq jarayonlar tashkil etadi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, agarda pedagogika o‘sib kelayotgan yosh avlodlarning ta’lim-tarbiyasi haqidagi fan bo‘lsa, ijtimoiy pedagogika ta’lim-tarbiya jarayonlarida bolaning jamiyatdagi hayotga qo‘shilishiga bog‘liq qonuniyat va xodisalarni o‘rganadi.

  • Pedagogik faoiliyat

  • komponent

  • maqsad

  • vazifa

  • Sub’yekt

  • Ob’yekt


1.Ijtimoiy pedagogning asosiy vazifalari
Pedagogik faoliyatning maqsadi o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, jamiyat tomonidan belgilanadi, va asosan yosh avlod shaxsini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu faoliyat, avlodlarning o‘zaro ijtimoiy bog‘liq aloqalarini amalga oshirishga yoshlarni tayyorlash, insonning tabiiy imkoniyatlaridan jamiyat tajribalarini egallashda foydalanishdan iborat.
Pedagogik mehnatning obyekti:
Inson bo‘lib «shakllanayotgan shaxs ma’naviy turmushining nozik tomonlari - aql, his, iroda, ishonch o‘z-o‘zini anglash»dir.
Pedagogik mehnatning sub’yekti
Tarbiyalanuvchiga ta’sir etuvchilar - pedagog, ota-onalar, jamoa
pedagogik mahorat
- shaxs tuzilishida bu o‘z-o‘zini tashkil etuvchi tizim bo‘lib, bu o‘rinda sistema bunyod etuvchi omil bo‘lib insonparvarlik yo‘nalishi hisoblanadi. Chunki uning faoliyati pedagogik jarayonni, ijtimoiy tuzum talabi darajasida yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.
Har bir o‘qituvchi shaxsining pedagogik yo‘naltirilganligi ko‘p qirrali hisoblanadi. Uning qimmatli yo‘nalishida quyidagilar alohida ko‘zga tashlanadi:
1. Uz-o‘ziga ishonch, ya’ni, «mening misolimda, bilimdon, talabchan, haqiqiy o‘qituvchini ko‘rishsin».
2.Pedagogik ta’sir vositalariga ega bo‘lishi.
3.O‘quvchilarga, bolalar jamoasiga tayanish.
4.Pedagogik faoliyat maqsadiga - insonparvarlik strategiyasiga, vositalarni ijodiy o‘zgartirib faoliyat obyektiga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
Yetim bolalar bilan olib boriladigan pedagogik faoliyat
Har qanday davlatda, har qanday jamiyatda ham ota-onasi qaramog’isiz bolalar bo’lgan, bor va bo’ladi ham. Bu holatda jamiyat va davlat bu bolalarning rivojlanishi va tarbiyalanishi mas’uliyatini o’z bo’yniga oladi. Internat turidagi muassasalarda bola muammolarining o’rganish bilan shug’ullanayotgan pedagog va psixologlar shuni aniqlashdiki hayotning ilk davrlaridanoq yaqinlaridan ajralib qolish bolaning keyingi taqdirini oldindan belgilab berar ekan
Etimlikning asosiy 3 ta sabab:
1. Ota-onalarning (odatda onalarning) o’z vyaga yetmagan bolasidan voz kechish asosan go’daklik davridagi boladan
2. Uning ota-onasidan ota-onalik huquqini olib qo’ygandan so’ng bolani oiladan majburan ajratib olish
3. Ota-onalarning vafoti.
“Etim” va “ijtimoiy yetim” degan tushunchalar bir-biridan farqlanadi.
yetim bolalar bu 18 yoshgacha ota-onasining biri yoki ikkovi vafot etgan bo’ladi.
Ijtimoiy yetim-biologik otaonaga ega bo’lgan, biroq ular turli sabablar uning tarbiyasi bilan shug’ullanmaydigan bolalar
Davlat qaramog’i muassasalarida ijtimoiy pedagog faoliyati
Bolalarning asosiy ijtimoiy muammolari ularning psixofiziologik maqomi va ular yashayotgan jamiyatning ob’ektiv holatidan kelib chiqadi. Haqiqiy, uyg’un oila hayotini ko’rmagan bolalar juda kam holatda to’liq oilaviy munosabatlarni qura olishadi. Bunday sharoitlarda ijtimoiy muhim qadriyatlar-oila, nikoh, bolalar, ota-onalarning qadriya pasayadi.
Oila bilan olib boriladigan pedagogik faoliyat
Oila omili insonga butun unum davomida ta’sir etadi. Ijtimoiy jihatdan oila inson turli ijtimoiy rollarni egallaydigan jamoa hisoblanadi. Oila insonning o’z-o’zini belgilab olishga, uning ijtimoiy-ijodiy faolligini oshishiga yordam beradi. Oilaviy munosabatlar oliy qadriyat hisoblangan bizning respublikamizda O’zbekistonda oilaning ijtimoiy maqomi nihoyatda balanddir va o’z mavqe’ini xozirgacha ushlab turibdi. Biroq bu holatdagi oila inqirozi ko’pgina oilalar, shu jumladan, o’zbek oilalariga ham ta’sir qiladi.
Oilada insonga ta’lim va tarbiya beriladi, uning aqliy, ijodiy qobiliyatlarining rivoji sodir bo’ladi. Aynan oilada bola mehnat va mustaqillikka o’rganadi. Xo’jalik-maishiy-oila jamiyatning asosiy va doimiy xo’jalik negizidir. Unda oila a’zolarining jismoniy holatini bir maromda ushlab turish, kasallar va qariyalarga g’amxo’rlik qilish amalga oshiriladi.
Oilada insonga ta’lim va tarbiya beriladi, uning aqliy, ijodiy qobiliyatlarining rivoji sodir bo’ladi. Aynan oilada bola mehnat va mustaqillikka o’rganadi. Xo’jalik-maishiy-oila jamiyatning asosiy va doimiy xo’jalik negizidir. Unda oila a’zolarining jismoniy holatini bir maromda ushlab turish, kasallar va qariyalarga g’amxo’rlik qilish amalga oshiriladi.
Bola shakllanishiga shuningdek, atmosfera va iqlimning ta’siri ham bor. Tarbiyaning eng muhim vositalaridan biri shaxsiy namunadir. Rekreatsion va psixoterapevt funksiyasi. Bu funksiya shunda namoyon bo’ladiki, oilada hamma o’zini qulay sezishi lozim.
Oiladagi ijtimoiy pedagogik faoliyat tizimli yondashuvga asoslangan taqdirdagina samarali bo’lishi mumkin. U demografiya, ijtimoiyogiya, ijtimoiy psixologiya, pedagogika (oilaning tarbiya funksiyasi), huquq, iqtisod (oila byudjeti), etnografiya, tarix va falsafa ma’lumotlarini o’rganishni va ulardan foydalanishni ko’zda tutadi. SHunday qilib, zamonaviy sharoitlarda oila turli bilim sohalari: ijtimoiy pedagogika, ijtimoiy ish, sog’liqni saqlash va boshqalarning markaziy ob’ektlaridan biriga aylanmoqda. CHunki har bir jamiyatning kelajagi o’sha jamiyatdagi oilalardagi muammolarni xal qilishga bog’liq

Hozirgi zamon sharoitida turli ijtimoiy tuzilmalar ishida ijtimoi pedagog shug‘ullanishi lozim bo‘lgan ijtimoiy faoliyatning asosiy yo‘nalishlari aniqlanadi. Bu yo‘nalishlar quyidagilardan iborat:


1. Moddiy yordam ko‘rsatish (puldan, nafaqa va imtiyozlar, turmushda yordam);
2. Ijtimoiy g‘amxo‘rlikni tashkil qilish (odamlar bilan ish olib borish, hodimlarni tanlash) tekshiruv, ilg‘or tajribani targ‘ib qilish;
3. Insonga ta’sir o‘tkazish.
Insonga ta’sir o‘tkazish - bu pedagogik, psixologik ta’sir jarayonlaridan iborat bo‘lib, u bilan ijtimoiy hodim, ijtimoiy pedagog shug‘ullanishlari lozim. Ijtimoiy pedagogning amaliy ishida uning faoliyatidagi birinchi navbatda hal qilinishi lozim bo‘lgan muammolarni aniqroq ko‘rsatib o‘tsak. Ijtimoiy pedagog ijtimoiy tarbiya, oila pedagogikasi, bola shaxsi nima ekanligini, bola bilan muloqot va unga ta’sir o‘tkazish metodlari, tarbiyasi qiyin o‘smirlar bilan ishlashning o‘ziga xos xususiyatlarini bilishi shart. Ijtimoiy pedagog ishining asosi nimadan iborat, u maktabdagi pedagog ishidan, fan o‘qituvchisi ishidan, xattoki sinf rahbari, maktab - internat tarbiyachisi yoki uni uzaytirilgan guruh tarbiyachisi ishidan nimasi bilan farq qiladi.
O‘qituvchi ko‘proq sinf yoki guruh bilan ish olib boradi va asosan uning ish uslublari jamoa bilan ishlashga yo‘naltirilgan. Ijtimoiy pedagog alohida bola, alohida shaxs, o‘smir bilan, agarda zarur bo‘lsa, unchalik katta bo‘lmagan, oila bo‘lsa har biri bilan alohida ish olib boradi


Download 137.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling