21-bilet 1- savol


Download 27.89 Kb.
bet1/8
Sana01.04.2023
Hajmi27.89 Kb.
#1317807
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
otashdan


21-bilet 1- savol
Mavzu bo'yicha jamlangan faktlar mohiyat e'tibori bilan har xil bo'ladi. Ularni zaruriyligiga qarab asosiy yoki yordamchi (qo'shimcha) fakt, mavzu qamrovi va hajmiga ko'ra katta yoki kichik, o'rniga ko'ra birlamchi yoki ikkilamchi, maqsadiga ko'ra asosli yoki asossiz, sifatiga qarab ishonchli yoki ishonchsiz, vazifasiga ko'ra tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi, davriyligiga ko'ra o'tkinchi yoki davomli, mohiyatiga ko'ra aniq yoki noaniq, xizmat doirasiga ko'ra umumiy yoki xususiy, ahamiyatiga ko'ra ijobiy yoki salbiy, munosabatiga ko'ra xolis yoki noxolis faktlarga bo'lish mumkin. Faktlar doimo haqiqatni isbotlashga xizmat qilgan. To'plangan faktlarning ayrimlari bir-birini to'ldirishga xizmat qilsa, ayrimlari bir-birini inkor ham etadi. Asosiy fakt bu natija demakdir. Har qanday natija sababning oqibati, hosilasi. To'plangan barcha faktlar yangilik sifatida qog'ozga tushmasligi mumkin. To'plangan faktlarning ahamiyatlisini ajratib olish lozim. Matn tuzuvchi mavzu mohiyatiga mos holda faktlarni yig'adi, saralaydi, tanlaydi, ajratadi, umumlashtiradi, belgilaydi.Matnshunoslikka oid adabiyotlarda qayd etilishicha, har qanday matn, u ilmiymi, rasmiymi, badiiymi bundan qat'iy nazar, mantiq qoidalariga asosan shakllanishi lozim. Izchillik ana shu qoidaning birinchi talabidir. Matnda har bir so'z, har bir gap va abzatslar o'rtasida mantiqiy bog'lanish va izchillik bo'lishi lozim. Agar shunday bo'lmasa, matnni tushunish qiyin bo'ladi. Tavsifiy matnlardashaxs, narsa, voqea- hodisaning muhim belgilari aniq ma'lumotlar, sifatlovchi ifodalar orqali bayon qilinadi. Tavsiflashda shaxs yoki narsa-voqeani xolisona baholash muhim hisoblanadi. Bunday matnlar tilida xarakter-xususiyatni ifodalovchi sifatlar, belgining ortiqlik darajasini ifodalovchi leksik- grammatik vositalar, yasama sifatlar faol ishlatiladi. Matnni tahrir qilish.Matnni tahrir qilish uchun dastlab u bilan yaxshilab tanishib, to'lig'icha o'qib chiqish, masalaning mohiyatini tushunib olish lozim. Birinchi o'qishdanoq tuzatishlar kiritishga shoshilish xatoliklarga olib kelishi, bu tuzatishlar muallif muddaosini anglamasdan amalga oshirilgan bo'lishi mumkin. Matn haqida tasavvurga ega bo'lingandan keyin, matn til jihatdan tahrir qilinadi. Bunda so'zlarning imlosi ham, tinish belgilari ham, uslubiy kamchiliklar ham e'tibordan chetda qoldirilmaydi. Mana shu tuzatishlar jarayonida asosiy matndagi ba'zi o'rinlar kengaytirilishi, olib tashlanishi, o'zgartirilishi mumkin.

Download 27.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling