21-bilet 1- savol


Download 27.89 Kb.
bet5/8
Sana01.04.2023
Hajmi27.89 Kb.
#1317807
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
otashdan

24 bilet 1-savoliga javob. Omonimlar (omo ... va yun. oputa — nom, ism) — umumiy maʼno unsurlariga ega boʻlmagan, tasavvuriy bogʻlanmagan, lekin bir xil yozilib, bir xil aytiladigan soʻzlar; ular orasida semantik aloqa boʻlmaydi. Ana shunday soʻzlarning tilda mavjud boʻlishi va shunga bogʻliq hodisalar omonimiya deyiladi. O.ning lugʻaviy va grammatik koʻrinishlari farqlanadi. O.ning tilda paydo boʻlish sabablari turlichadir: avvallari har xil aytilib, bir xil eshitiladigan soʻzlar talaffuzining tarixiy jarayonda tovush almashinishi yoki talaffuz oʻzgarishi natijasida bir-biriga mos kelib qolishi; (ot — ism, ot — hayvon; oʻt — olov, oʻt — oʻsimlik) boshqa tillardan oʻzlashgan soʻzlarning talaffuz va yozilish jihatidan ona tilidagi soʻzlarga mos kelib qolishi (turbosqich; tur-xil, nav); tilda mavjud boʻlgan koʻp maʼnoli soʻz maʼnolarining bir-biridan uzoqlashishi (dam — nafas; dam — hordiq; dam — bosqon) va boshqa O. bir yoki bir necha soʻz turkumi doirasida boʻlishi mumkin: bir soʻz turkumi doirasida omonimik uya tashkil etuvchi, yozilishi va talaffuzi aynan bir xil boʻlgan soʻzlar toʻliq yoki mutlaq O. deyiladi (chang — gʻubor, toʻzon; chang — cholgʻu asbobi); faqat ayrim shakllardagina mos keladigan, boshqa-boshqa turkumlariga mansub soʻzlar notulik O., boshqacha aytganda, omoshakllar deyiladi, qoʻy (hayvon) — qoʻy (feʼlning buyruq shakli).O. bilan bir qatorda tilda ularning alohida turlari sifatida omograflar (bir xil yoziladigan, lekin urgʻu va talaffuz bilan farqlanadigan soʻzlar: olma—olma, tom (uy tomi) — tom (kitob tomi) va boshqa hamda omofonlar (bir xil talaffuz qilinadigan, lekin yozilishida farq qiladigan soʻzlar: yetti (son) — yetdi (feʼl); yot (begona) — yod (xotira) va boshqa Omonimiyaning mazkur barcha koʻrinishlariga mansub soʻzlar maʼnosi asosan matn orqali bilinadi.
Bu 2-savolga javob.Tildagi sozlar bir ma’noli va kop ma’noli boladi.Gap ichida ham, gapdan tashqarida ham aynan bir ma’noni ifoda etuvchi ozlar bir ma’noli sozlar[1] deyiladi. Masalan, kompas, marmar, morfologiya, taassurot, xulosa, gigiena, goya, mimika, qobiliyat, fonema va b. Sozlar ba’zan alohida holatda, nutqdan tashqarida bir xil ma’noni, gap tarkibida boshqa sozlar bilan bogliq holda boshqa bir ma’no anglatishi mumkin. Masalan, pasaymoq sozi gapdan tashqarida olinganda erga tomon yaqinlashmoq ma’nosini bildiradi. Gap tarkibida esa bilimi pasaydi, korish sezgisi pasaydi kabi boshqa ma’nolarni bildiradi. Bu sozlar birdan ortiq leksik ma’no ifodalayotgani uchun kop ma’noli soz sanaladi. Demak, nutqdan tashqarida bir ma’no, nutq tarkibida boshqa sozlar bilan bogliq holda yana boshqa ma’no ifodalovchi sozlar kop ma’noli sozlar[2] deyiladi. Kop ma’nolilik til taraqqiyoti davomida kelib chiqadi. Tildagi har qanday soz, avvalo biror narsa yoki hodisani atash tufayli paydo boladi, ya’ni bir ma’nonigina ifodalaydi. Keyinchalik esa shu soz taraqqiyoti ma’no tufayli kop ma’noli sozga aylanishi mumkin. Kop ma’noli sozlarda 2 xil ma’no farqlanadi: 1) bosh (asl, oz) ma’no; 2) yasama (kochma) ma’no. Bosh ma’no sozning nutqdan tashqarida ifodalagan ma’nosi bolib, u boshqa ma’nolarning kelib chiqishiga asos boladi. Yasama ma’no bosh ma’noning taraqqiyoti bilan yuzaga keladi. Masalan, ogiz sozining bosh ma’nosi insonning tana a’zosi, gorning ogzi, qopning ogzi yasama ma’no. Sozning yasama ma’nosi gapdagi boshqa sozlar bilan bogliq holda anglashiladi. So’zning borliqdagi qanday narsa-hodisa, belgi-xususiyat, harakat holatni bildirishni uning lug’aviy (leksik), atash ma’nosi deyiladi. Masalan: non-“ oziq-ovqat”, keldi-“harakat”, so’zning leksik ma’nosi uning o’zak, negizida bo’ladi.Ba’zi bir so’zda lug’aviy ma’no bo’lmaydi: Lekin, bilan, va, ammo, uchun so’zi kabi. Faqat mustaqil so’zgina atash ma’nosiga ega bo’ladi. Olmosh bundan mustasno. U o’zi almashtiradigan mustaqil so’zning atash ma’nosiga ishora qiladi. Grammatik ma’no. So’zning biror so’z turkumiga xos belgisi, so’z birikmasi va gapdagi vazifasini ko’rsatuvchi xususiyati grammatik ma’no deyiladi. Masalan: biror so’z ot turkumiga, uning turdosh, aniq, yakka turiga, biror kelishikda va ma’lum bir egalik qo’shimchasini olgan shuningdek, so’z birikmasida, ergash so’z, gapda toldiruvchi bo’lib kelgan. Sanalgan xususiyatning barchasi ot turkumiga mansub bu so’zning grammatik ma’nosidir. Demak, so’zning morfologik va sintaktik xususiyati uning grammatik ma’nosini tashkil etadi. Grammatik ma’no juda ko’p so’z uchun bir xil,ya’ni umumiy bo’ladi. Shuning uchun uni umumiy ma’no deyishadi. Bir xil grammatik ma’noli so’z juda ko’p. Lug’aviy ma’no har bir so’zda alohida. O’z ma’no atamasi darslikda turli sinonimiga ega: bosh ma’no, denotative ma’no, asos ma’no, tog’ri ma’no, genetic ma’no va hokazo. So’zning predmet, voqea-hodisa haqidagi dastlabki, real, nutqdan tashqarida anglatgan ma’nosi o’z ma’no deyiladi. Masalan: ko’z-“ ko’rish a’zosi”, paxta-“oq mayin tola beruvchi o’simlik”,to’qimoq-“gazmol yoki buyum yasamoq, tayyorlamoq” kabi.So’zning o’z ma’nosidan tashqari, o’xshatish, mubolag’a, kinoya kabi usul bilan boshqa ma’noda qo’llanishi natijasida ko’chma ma’no hosil bo’ladi:ko’z- 1)” yog’ochning qavariq joyi”, 2) uzukning yaltiroq dumaloq qismi”, to’qimoq-“yo’q yerdan o’ylab chiqarmoq” kabi. Ko’chma ma’no ham o’z ma’no kabi har xil manbada turlicha atalgan:yasama ma’no, hosila ma’no, erkin ma’no va hakazo.Ko’chma ma’no gap tarkibidagi boshqa so’z yordamida anglatiladi.

Download 27.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling