21Фонд индекси нима ва нима учун керак?
Download 30.75 Kb.
|
Документ Microsoft Word
21Фонд индекси нима ва нима учун керак? Fond indeksi – bu qimmatli qog`ozlar bozori holatini baholash ko`rsatkichi bo`lib, sodir bo`layotgan makroiqtisodiy jarayonlarni kompleks ifodalaydi. Iqtisodiyotda nqirozlar sodir bo`lsa, uning miqdori pasayadi. Iqtisodiy o`sish davrida esa uning miqdori ortib boradi. shuning uchun fond indekslarini barcha mamlakatlarda iqtisodiyot holatini umumlashgan miqdoriy ko`rsatkichlari deb qabul qilingan. Ya‘ni fond indeksi qanday-dir ma‘lum bir son bo`lib, qimmatli qog`ozlar bozorining holati sifatini tavsiflaydi (ifodalaydi). Ushbu sonni qandaydir bir vaqtda hosil bo`luvchi oddiy bir son deb qaralsa, unda bu son mazmunan o`zida hech qanday aytarlik muhim axborotni mujassamlashtimaydi. shunday qilib fond indeksi bir tomondan mazmunan obyektni – fond bozoridagi qiziqtirgan ko`satkichlarini bir-bir bilan bog`likligi qonuniyatini matematik shaklda ifodalaydi, ikkinchi tomondan esa uning bir necha vaqt cheraralari uchun hisoblab topilgan qiymatlarini bir-biri bilan solishtirilganda obyektdagi hodisalarni qiziqtirgan vaqt oraliqlarida o`zgarishi tendensiyalari dinamikasini namoyon qiladi. Aynan shuning uchun ham fond indekslari iqtisodiyot uchun ahamiyatlidir. 22 Фонд индексларининг қандай турларини биласиз? Fond indekslarining ko`p qismi ikki guruhdan biriga, ya‘ni kapitalizatsiyalashgan va narxli indekslarga, mansubdir. Kapitalizatsiyalashgan indekslar kompaniyalarning umumiy kapitali-zatsiya darajasini o`lchaydi. Ularni hisoblab topishda kompaniyalarning aksiyalari to`g`risidagi ma‘lumotlar qo`llaniladi. Indeksning hisoblab topilgan qiymatlari ma‘lum bir bazaviy sanaga nisbatan me‘yorlash-tiriladi. Ta‘kidlash joizki, kompaniyaning kapitalizatsiyasi deganda, uning muomaladagi aksiyalari sonini bozor bahosiga ko`paytmasi tushuniladi. Kapitalizatsiyalashgan indekslarga Standard and Poor‟s (S&P-500, S&P-400), Nyu-York fond birjasining yig`ma va boshqa shu kabi indekslari kiradi. G`arb mamlakatlari qimmatli qog`ozlari bozorining ko`pchilik indekslari shu toifaga mansub. Narxli indekslar, yoki boshqacha qilib aytganda, narxga mutanosib vaznlashtirilgan indekslar. Ular indeksning bazaviy ro`yhatiga kirgan kompaniyalar aksiyalarining o`rta arifmetik bahosi ko`rinishidagi formula asosida hisoblanib topiladi. Bunday indekslarga, masalan, Dou Djons (Dow Jones) sanoat va boshqa turdagi indekslari, indeks Tokio fond birjasi indeksi – Nikkei-225, Amerika fond birjasining asosiy indeksi – AMEX va shularga o`hShash boshqa indekslar. Фонд индекслари қандай ҳисоблаб топилади? Indeksni bevosita ikki metodikaga asosan hisoblash mumkin. 1) ―Bevosita hisoblash metodikasi‖. Ushbu metodika bo`yicha indeks vaqtning har bir davridagi (momentidagi) kotirovkalardan shu vaqtning momentida (davrida) 44 kelib chiqqan funksiyaning natijasiga teng. Masalan, bazaviy formula sifatida o`rtacha vaznlashtirilgan arifmetik qiymat tanlab olinsa, vaqtning har bir momentidagi indeks = summa RxV/summa V. Bunda: R – indeks listingiga kiritilgan barcha aksiyalar narxi; V – ularning (aksiyalarning) vazn koeffitsienti; x – ko`paytiruv belgisi; / - bo`luv belgisi. Agar vazn koeffitsientlari 1 (birga) teng bo`lsa, unda Dou Djons indekslarini hisoblash bilan bog`liq holatni ko`rishimiz mumkin, ya‘ni bunda indeks listingga kiritilgan barcha aksiyalar narxlari summasini listingdagi aksiyalar soniga bo`lgan bo`linmasiga teng. Indeks hisoblanganidan keyin ko`pincha uni muvofiqlashtiruvchi koeffitsientga ko`paytiriladi (yoki bo`linadi). 2) ―Indeksli hisoblash metodikasi‖. Ushbu metodika bo`yicha vaqtning har bir davridagi (momentidagi) virtual portfelning jami bahosi aksiyalar kotirovkalaridan shu vaqtning momentida (davrida) kelib chiqqan funksiyasi deb hisoblanadi. Olingan qiymatni shunga o`hShab indeksni hisoblashning boshlang`ich vaqtiga bo`lgan davrga olingan virtual portfel bahosiga bo`linadi va uni oldinggi qiymatiga ko`paytiriladi (yoki portfelning oldingi qiymatiga bo`linadi va indeksning oldingi qiymatiga ko`paytiriladi). Indeksning qiymatini muvofiqlashtirish uchun shunga o`xShash metodika qo`llaniladi. Indikator qaysi metodika bo`yicha hisoblanishidan qat‘iy nazar, agar u mavjud fond indekslari ta‘riflarga to`g`ri kelsa, unda u fond indeksi deb nomlanishi lozim. Shunday qilib, hozirgi vaqtda shakllangan indeks hisoblanishining umumiy metodikasi uning boshlanishida taklif etilgan metodikadan kam farqlanadi. Biroq barcha indekslar o`zlariga xos bo`lgan xususiyatlarga ega. Молия бозорининг англо-саксон модели мазмуни нимадан иборат? Hozirda mavjud modellarning ichida eng rivojlanagan, hajmli va mukammali anglo-sakson modeli hisoblanadi Anglo-saksontraditsiyalariga asoslangan moliya bozori modellari. Anglosakson traditsiyalarida (yoki ―protestan kapitalizmi‖ traditsiyalarida) tarbiyalangan moliya bozori qatnashchilaririsklar va hatti-harakatlarga nisbatan pragmatik, iqtisodiy individualizm, davlatga va yirik kompaniya-larga nisbatan kamroq nazoratli bo`ladilar. Anglo-sakson modelida mobillikka, ixtirochilikka, risklilikka, opportunizmga, agressivlikka, o`zgarishlarga moyillik ko`proq seziladi. Korporativ boshqaruvning anglo-sakson modelida korporatsiya va aksiyador tushunchalari, ularning manfaatlari va huquqlari bir biriga tenglashtirilgan. AQSh va Buyukbritaniya moliya bozorlar qatnashchilari esa Germaniya va Yaponiyadagilardan farqli konservativlik darajasi kamroq va risklarga ko`proq moyil. Bularning barchasianglo-saksonmodeli asosidagi moliya bozorlariniliberalligini, ochiqligini, faolligini, ammo krizislarga ta‘sirchanligini belgilaydi. Молия бозорининг континентал модели мазмуни нимадан иборат? Markaziy va sharqiy Yevropa mamlakatlining ko`pchiligida moliya bozori kontinental modelga moslashgan bo`lib, ularda asosan banklar katta rol o`ynaydi. Boshqalarida esa anglo-sakson va kontinental modellarning elementlari aralash mavjud Молия бозорининг аралаш (гибрид) модели мазмуни нимадан иборат? Download 30.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling