Reja: Tarjimada pragmatika tushunchasi va tarjimashunoslikda pragmatikaning o’rni. Tarjimaning pragmatik saloxiyati. Tarjima jarayonida pragmatik ma’noning tushirib koldirilishi. Pragmatik ma’noning asosiy xususiyatlari


Download 42.4 Kb.
bet1/8
Sana16.06.2023
Hajmi42.4 Kb.
#1493215
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
tarjima


Tarjimaning pragmatik muammolari
Reja:

  1. Tarjimada pragmatika tushunchasi va tarjimashunoslikda pragmatikaning o’rni.

  2. Tarjimaning pragmatik saloxiyati.

  3. Tarjima jarayonida pragmatik ma’noning tushirib koldirilishi.

  4. Pragmatik ma’noning asosiy xususiyatlari.

  5. Pragmatik ma’no va tag bilimlar.

  1. TARJIMADA PRAGMATIKA TUSHUNCHASI VA TARJIMASHUNOSLIKDA PRAGMATIKANING O’RNI.

Pragmatika (yunoncha pragma - xarakat) - muayyan nutq jarayonida belgilar va ularning ishtirokchilari urtasidagi munosabatni o’rganuvchi semiotikaning bir bulimidir. Pragmatikaga bugungi kunda til vaqillarining muayyan so’zlar va semantik konstruktsiyalar yordamida o’z munosabatini bildirish va suxbatdoshning munosabatini tushunish darajasi, ya’ni mavjud vaziyatdan kelib chikib munosabat bildirish sifatida karaladi.
Pragmatika amaliyotining rivojlanishida uch boskich ko’zatiladi:
Birinchi bosqich. 1930 yilda «pragmatika» atamasi birinchi marta semiologiya-semiotika (belgilar haqidagi fan)ning bulimi sifatida kullanildi. Karnapning ta’kidlashicha (1938), pragmatika tildan foydalanuvchining so’z va munosabatlariga asoslangan bo’ladi. Charlz Morris semiologiyani 3 kismga ajratadi (1940): sintaktika, semantika va pragmatika. Greysning fikricha, implikaturalar xarfiy muqobili bo’lmagan aspektlar ma’no va mantikni ifodalashning ma’kul yo’li xisoblanadi. Ya’ni shu yo’l bilan til birliklarining shartli strukturasida nima nazarda to’tilayotganligi emas, balki nimaga ishora qilinayotgani o’rganiladi.
Ikkinchi bosqich. 1950-1960 yillarda faylasuflar (Austin, Serl va Paul Gris) nutq kommunikatsiyasi va implikatura nazariyasini yaratdi.
Uchinchi bosqich. 1977 yilda Yakob L. Mey Gollandiyada birinchi «Pragmatika» jurnalini nashr ettirdi. 1983 yilda chop etilgan Levinning «Pragmatics», Jeofrey Lichning «Principle of pragmatic association) nomli kitoblari bu soxadagi jiddiy tadqiqotlardan edi. 1988 yilda IPA (International Pragmatics Association)ning tashkil etilishi pragmatikaning fanda dolzarb yunalish sifatida urin egallaganligini kursatadi. Jaxon tilshunosligida pragmatikaning Britaniya va Amerika maktablari shakllandi. Bu maktablar gap strukturasi va grammatikasini deyktik ifodalashga yo’naltirilgan edi.
Pragmatik ma’noning ta’siri bayon mazmuni va shakli uygunligida namoyon bo’ladi. Tarjima jarayonida pragmatik ma’noning ma’lum kismi tushib kolishi mumkin.

Download 42.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling