26. Aniq faoliyat turlari bilan bog’liq bo’lgan psixologiya sohalari: T. I. Mehnat, Pedagogik-sixologiya, Tibbiyot, Sport, Savdo psixologiyasi va b


Download 53.53 Kb.
bet1/14
Sana02.11.2023
Hajmi53.53 Kb.
#1740325
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Aniq faoliyat turiga ko’ra psixologiyaning quyidagi turlari mavj-www.hozir.org


Aniq faoliyat turiga ko’ra psixologiyaning quyidagi turlari mavjud: mehnat psixologiyasi

26.Aniq faoliyat turlari bilan bog’liq bo’lgan psixologiya sohalari: T.I.Mehnat, Pedagogik-sixologiya, Tibbiyot, Sport, Savdo psixologiyasi va b.

Aniq faoliyat turiga ko’ra psixologiyaning quyidagi turlari mavjud:
mehnat psixologiyasi: inson mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilishning psixologik tamoyillarini o’rganadi. Mehnat psixologiyasining bir nechta bo’limlari mavjud;


a) muhandislik psixologiyasi - inson bilan mashina o’rtasidagi vazifalarni taqsimlash masalalalarini hal qiladi va asosan operatorlarning faoliyatini o’rganadi;
b) aviasiya psixologiyasi- uchishga o’rganish jarayoni va uchish moslamalarini boshqarishda inson faoliyatining psixologik qonuniyatlarini o’rganadi;
v) kosmik psixologiya - vaznsizlik holati, fazoviy tasavvurlar chalkashib ketgan vaqtda va organizmga juda ko’p ortiqcha ta'sirlar yuklangan paytda asab va ruhiy zo’r berish bilan bog’liq bo’lgan alohida holatlar tug’ilganda odam faoliyatining xususiyatlarini o’rganadi.

Pedagogik psixologiya-uning predmeti o’quvchilarga ta'lim-tarbiya berishning psixologik qonuniyatlarini o’rganish, o’quvchilar tafakkurini taraqqiy topishi, intellektual faoliyat malakalari va usullarini o’zlashtirish jarayonini boshqarish masalalarini o’rganadi. Pedagogik psixologiya bo’limlari quyidagilardir:

a) ta'lim psixologiyasi;
b) tarbiya psixologiyasi;
v) o’qituvchi psixologiyasi;

Tibbiyot psixologiyasi shifokor faoliyatining va bemor xulq-atvorining psixologik jihatlarini o’rganadi. Uni quyidagi tarmoqlari mavjud:

a) neyropsixologiya - psixik hodisalar bilan miyadagi fiziologik tuzilishlar o’rtasidagi nisbatni o’rganadi;
b) psixofarmakalogiya - dorivor moddalarning shaxs ruhiy holatiga ta'sirini o’rganadi;

Download 53.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling