3 – amaliy tophiriq. Printer va faksni sozlash, tarmoq printerini o‘rnatish printerlar chop etuvchi qurilmalar (printerlar)


Download 120.85 Kb.
bet1/5
Sana16.06.2023
Hajmi120.85 Kb.
#1509055
  1   2   3   4   5
Bog'liq
3-amaliy ZOTV


3 – amaliy tophiriq. Printer va faksni sozlash, tarmoq printerini o‘rnatish


PRINTERLAR
Chop etuvchi qurilmalar (printerlar) bu qiymatlarni EXM dan chiqarish qurilmasi bo’lib, u ma’lumotning ASSII kodlarini ularga mos kelgan grafikli belgilarga (xarflar, raqamlar, ishoralarga va sh.u.) o’zgartiradi va bu belgilarni qog’ozda qayd etadi.


Printer SHK TK, sining eng rivojlangan guruxidir, ularning 1000 tagacha turli xil modifikasiyalari bor. Printerlar o’zaro quyidagi tavsiflar bo’yicha bog’langanlanadi:
• rangliligi (oq-qora va rangli);
• belgilarni shakllantirish usuli (belgilarni bosuvchi va belgilarni sintezlovchi);
• ish tamoyili (matrisali, ternik (qizdirishga oid), purkagichli, lazerli);
• bosish (zarbli va zarbsiz) va satrlarni shakllantirish (ketma-ket va parallel) usullari;
• karetka kengligi (375 450 mm li keng va 250 mm li tor karetkali);
• bosish satri uzunligi (80 ta va 132—13b ta belgi);
• belgilarni terish (ASSII belgilarini to’liq terishgacha);
bosish tezligi;
• o’tkazish qobiliyati va x.k.
Bir qator guruxlarning ichida printerlarning bir nechta turlarini ajratish mumkin: masalan, SHK da keng ishlatiladigan belgilarni sintezlovchi matrisali printerlar ish tamoyili bo’yicha zarbli, termografikli, elektrografikli, elektrostatik, magnitografikli va b. bo’lishi mumkin. 
Zarbli printerlar orasida ignali (matrisali) lar eng ko’p tarqalgan, lekin xali ham literli, shar ko’rinishli, gulbargli («moychechak» tipidagi) va b. uchrab turadi.
Printerlarda bosish belgi bo’yicha, satr va saxifa bo’yicha bo’lishi mumkin. Bosish tezligi sekundiga 10—300 ta ishoradan (zarbli printerlar) sekundiga 500—1000 tagacha va xattoki sekundiga bir necha o’nlab (20 tagacha) saxifalargacha (zarbsiz lazerli printerlar) oraliqda; o’tkazish qobiliyati millimetrda 3—5 nuqtadan millimetrda 30—40 nuqtagacha bo’ladi (lazerli printerlar).
Matnli bosish uchun umumiy xolda turlicha bosish sifati bilan tavsiflanuvchi quyidagi rejimlar bor:

  • xomaki bosish rejimi (Draft);

  • bosmaxonaniqiga yaqin bosish rejimi (NLk — Near Letter quality);

  • bosmaxona kabi bosish rejimi (Lk — Letter quality);

  • yuqori sifatli bosish rejimi (SLk — Super Letter quality).


Download 120.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling