3- ma’ruza. O’lchashlarning turlari va usullari xaqida ma’lumot. Reja
Download 378.64 Kb. Pdf ko'rish
|
3- ma’ruza. O’lchashlarning turlari va usullari xaqida ma’lumot.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch sо’zlar
- О’lchash deb
3- Ma’ruza. O’lchashlarning turlari va usullari xaqida ma’lumot . Reja. 1. О’lchashlarning usullari va turlari. 2. О’lchash vositalari va ularning turlari. Tayanch sо’zlar: о’lchash obyekti, о’lchash usuli, о’lchash vositasi, о’lchov, о’lchash asbobi. О’lchashlarning usullari va turlari Kattalikning sonli qiymatini odatda о’lchash amali bilangina topish mumkin, ya’ni bunda ushbu kattalik miqdori birga teng deb qabul qilingan shu turdagi kattalikdan necha marta katta yoki kichik ekanligi aniqlanadi. О’lchash deb, shunday solishtirish, anglash, aniqlash jarayoniga aytiladiki. unda о’lchanadigan kattalik fizik eksperiment yordamida, xuddi shu turdagi, birlik sifatida qabul qilingan, miqdori bilan о’zaro solishtiriladi. Bu ta’rifdan shunday xulosaga kelish mumkinki: birinchidan, о’lchash bu har xil kattaliklar tо’g’risida informatsiya hosil qilishdir; ikkinchidan, bu fizik eksperimentdir; uchinchidan - о’lchash jarayonida о’lchanadigan kattalikning о’lchov birligi ishlatilishidir. Demak, о’lchashdan maqsad, о’lchanadigan kattalik bilan uning о’lchov birligi sifatida qabul qilingan miqdori orasidagi (tafovutni) nisbatni topishdir. YA’ni, о’lchash jarayonida о’lchashdan kо’zda tutiladigan maqsad, ya’ni izlanuvchi kattalik, bu shunday asosiy kattalikki, uni aniqlash butun izlanishni, tekshirishni vazifasi, maksadi xisoblanadi va о’lchash obyekti ishtirok etadi. О’lchash obyekti (о’lchanadigan kattalik) shunday yordamchi kattalikki, uning yordamida asosiy izlanuvchi kattalik aniqlanadi, yoki bu shunday qurilmaki, uning yordamida о’lchanadigan kattalik solishtiriladi. Shunday qilib, uchta tushunchani bir-biridan ajrata bilish kerak; о’lchash, о’lchash jarayoni va о’lchash usuli. О’lchash - bu umuman har xil kattaliklar tо’g’risida informatsiya qabul qilish, о’zgartirish demakdir. Bundan maqsad izlanayotgan kattalikni son qiymatini qо’llash, ishlatish uchun qulay formada aniqlashdir. Download 378.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling