3. ma’ruza. Diqqat reja


Download 23.88 Kb.
bet1/4
Sana31.01.2023
Hajmi23.88 Kb.
#1143742
  1   2   3   4
Bog'liq
3.1.Диққат


3.MA’RUZA. DIQQAT
REJA:
1.Diqqat haqida tushuncha
2.Diqqat va uning turlari
3.Diqqat xususiyatlari
Тayanch tushunchalar: Diqqat, taxistoskop, ixtiyorsiz diqqat, diqqatning kuchi va barqarorligi diqqatning boʻlinishi.


Diqqat haqida tushuncha

Odamga har bir daqiqada atrof-muhitdan juda koʻp narsa va hodisalar ta’sir etib turadi. Lekin odamga ta’sir etayotgan bu narsa va hodisalarning hammasi bir xil aniqlikda aks ettirilmaydi. Ulardan ayrimlari aniq yaqqol aks ettirilsa, boshqa birlari shunchaki juda xira aks ettiriladi, yoki umuman aks ettirilmaydi. Bu esa ana shu odamga ta’sir etayotgan narsalarga diqqatning qay darajada qaratilishiga bogʻliqdir. Demak, diqqatimiz qaratilgan narsa va hodisalar aniq va toʻla aks ettiriladi.


Diqqat tushunchasiga olimlar tomonidan bir qator ta’riflar keltirilganligini ta’idlash mumkin.
P.I.Ivanov tomonidan diqqat deb - ongni bir nuqtaga toʻplab muayyan bir ob’ektga aktiv qaratilishga aytiladi. F.N.Dobrinin, N.V.Kuzmina, I.V.Straxov, M.V.Gamezo, N.F.Gonobolin va boshqalarning fikricha, diqqatning vujudga kelishi ongning bir nuqtaga toʻplanishi ong doirasining torayishini bildiradi, guyoki ong doirasi bir muncha tigʻizlanadi.
E.B.Pirogovaning ta’kidlashicha, diqqat individning hissiy, aqliy yoki harakatlantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini taqazo etadigan tarzda ongning yoʻnaltirilganligi va biror narsaga qaratilganligidir. Diqqat shunday muhim jarayondirki, u odamning barcha faoliyatlarida albatta ishtirok qiladi. Eng sodda faoliyatdan tortib eng murakkab faoliyatni ham diqqatning ishtirokisiz bajarish mutlaqo mumkin emas. Shuning uchun diqqatning inson hayotidagi roli benihoya kattadir.
fransuz olimi Kyuve geniallikni chidamli diqqat deb ta’riflashi, Nyutonning kashfiyot fikrni doimo shu masalaga qaratilish jarayoni, deyishi, K.D.Ushinskiyning "diqqat ruhiy hayotimizning shunday yagona eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali oʻtib kiradi" degan fikrlari uning ahamiyatini bildiradi. haqiqatdan ham diqqat eshigidan tashqarida qolgan narsa ongimizga yetib bormaydi.
Odam biror narsaga zoʻr diqqat bilan kirishgan paytida uning tashqi qiyofasida ayrim oʻzgarishlar koʻzga tashlanadi. Demak, diqqat odatda oʻzining sirtqi ya’ni tashqi alomatlariga egadir.
Birinchidan, diqqat qaratilgan narsani yaxshi idrok qilish uchun unga muvofiqlashishga urinishdan iborat harakatlar (tikilib qarash, quloq solish) qilinadi.
Ikkinchidan, ortiqcha harakatlar toʻxtaydi. Jiddiy diqqatning xususiyatlaridan biri qimirlamasdan jim turishdir. Masalan, auditoriya va teatr zalidagi jimlik diqqat vaqtidagi harakatsizlik natijasi boʻlib, bu jimlik odamlar ma’ruzachini yoki artistni zoʻr e’tibor bilan tinglashayotganini anglatadi.
Uchinchidan, kuchli diqqat paytida kishining nafas olishi sekinlashib va pasayib qoladi.
Demak, diqqat paytida organizm reseptorlarimiz alohida holatda boʻladi. Ammo bu holat diqqatning faqat tashqi ifodasi boʻlibgina qolmay, balki uning ma’lum yoʻnalishi va barqarorligini saqlab turuvchi shartlardan biri hamdir. Shuning uchun koʻpincha biror ishni bajarishdan avval organizmimizni shu ishga moslab muayyan bir holatda tutib olamiz.
Diqqat bilish jarayonlarini (sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, xayol va boshqalarni) vujudga kelish, rivojlanish va takomillashishning zaruriy shartidir. Bilish jarayonlarining birligi, barqarorligi, o‘zaro ularning uyg‘unligi, samaradorligi, mazmundorligi va tizimliligi bevosita diqqatga bog‘liqdir.

  1. Diqqat qaratilgan tashqi ifodaga ega bo‘lgan ob’ektni sezish, idrok qilish. Shu yerda qarama-qarshilik vujudga keladi: chunki ob’ektning yo‘qolishi bilan diqqat ham o‘z funksiyasini tugatadi. A. N. Leontev mulohazasiga ko‘ra, bu orientir faoliyati emas, chunki ob’ektning paydo bo‘lishi bilan diqqat ham namoyon bo‘ladi, ob’ekt yo‘q bo‘lsa, demak diqqat ham bo‘lmaydi, deb ta’kidlaydi. P. Ya. Galperin esa, ob’ektning paydo bo‘lishi bilan diqqat yuzaga keladi. Ob’ekt yo‘qolganidan keyin esa psixik qism bo‘lgan tekshirish, nazorat qilish jarayoni boshlanadi. Demak, diqqat ongni bir ob’ektga yo‘naltirilishi va ongli holatni nazorat qiluvchi jarayondan iboratdir.

Psixologiyada diqqatni «yo‘naltirilishi» deganda, psixik faoliyatning tanlovchanligi va ixtiyoriy hamda ixtiyorsizligi tushuniladi. Bu to‘g‘rida mulohazalar boshqa sahifalarda davom ettiriladi.
XX asrning 20-yillarda bir qancha psixologlar diqqat muammosini ustanovka bilan boqlab tushuntirdilar. Buning yaqqol isboti K. N. Kornilov tahriri ostida 1926 yilda chop qilingan psixologiya darsligidagi bir mavzu «Ustanovka va diqqat» deb atalganligidir. Darslikda yozilishicha, qator ob’ektlardan bir ob’ektni ajratish diqqatning sub’ektiv kechinmasidir va buni ob’ektiv hodisalar bilan taqqoslash sezgi organlarining ustanovkasidan- ishlash vaziyatidan iboratdir.
Shunga o‘xshash g‘oya L. S. Vigotskiyning dastlabki tadqiqotlarida ham ko‘zga tashlanadi. L. S. Vigotskiy diqqat bilan aloqador bo‘lgan ikkita ustanovka turini ajratib ko‘rsatadi:
Sensor ustanovka - tayyorgarlikda idrokning ustunligi qobiliyati.
Motor ustanovka - tayyorgarlikda harakatning ustunligi qobiliyati.
Sensor ustanovkada idrok, motor ustanovkada esa harakat ustunligi sezilib turadi. L. S. Vigotskiy bularga misol qilib jismoniy tarbiya mashg‘ulotida komanda (buyruq) berishni keltiradi. Safda turganlarga qarab «O‘ng» deb aytamiz. Shu zahotiyoq saflanganlar buyruq oxirini aytishga sensor ustanovka qo‘zg‘aydi «ga !» deyish oyoqlarni aylantirishga moslashish bilan bog‘liq motor ustanovka komanda oxirini eshitishni ta’minlaydi.
Mana biz diqqat nazariyalari yuzasidan muayyan darajada ma’lumotga ega bo‘ldik. Ijtimoiy turmushda diqqat xususiyatlari ahamiyatliligining oshishi-uning eksperimental tarzda o‘rnatilishiga muhim omil bo‘lib xizmat qildi. Diqqatning ahamiyatliligi qanday muammolarda namoyon bo‘lyapti? Ushbu savolga javob berishdan oldin ilmiy-texnika revolyusiyasi kishilar oldiga qanday masalalar qo‘yayotganligini ta’kidlab o‘tish maqsadga muvofiq. Bular:

  1. bir vaqtning o‘zida ko‘pchilik ob’ektlarni qabul qilish;

  2. distatsion boshqarish, ya’ni informatsiyani boshqarish;

  3. har xil operatsiyalarning tez va aniq bajarilishini ta’minlash va boshqalar. Bular kishining faoliyatida alohida psixik jarayonlarning aniq, ravshan va ravon yuzaga chiqishini ta’minlaydi.

Diqqat ta’kidlab o‘tilgan vazifalarni amalga oshirishda juda muhim rol o‘ynaydi. Diqqatning xususiyatlari, ayniqsa uning kuchi va barqarorligi tanlovchanligi, bo‘linuvchanligi, ko‘chishi, ko‘lami (hajmi), taqsimlanishi, to‘planishi, mustahkamlanishi kabilarning ahamiyati kattadir. Odamning har qanday faoliyatida diqqatning ishtirok qilishi (qatnashishi), bu faoliyatning samaradorligi va muvaffaqiyatli chiqishini ta’minlaydi. Diqqatning kuchi va barqarorligi-bu shunday xususiyatki, buning negizida qilinayotgan ishning natijasi ehtiyojni qondirishga xizmat qiladi. Diqqatning kuchi va barqarorligi o‘z odam faoliyatini biror narsaga yoki hodisaga muttasil ravishda uzoq vaqt davomida qaratib turilishidir.

Download 23.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling