3-mavzu. Fonetika. Fonologiya (2 soat) Reja


Download 196.5 Kb.
bet1/15
Sana30.10.2023
Hajmi196.5 Kb.
#1734111
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
3-ma\'ruza (1)


3-mavzu. Fonetika. Fonologiya (2 soat)
Reja :

  1. Til sathlari va uning birliklari.

  2. Fonetikaning tadqiqot maqsadi va usuliga ko‘ra turlari

  3. Fonetika aspektlari

  4. Fonemaning differensial va integral belgilari.

  5. Fonetik o‘zgarishlar.

  6. Singarmonizm.

  7. Nutqning fonetik bo‘linishi.

  8. Intonatsiya



Tayanch so‘z va iboralar: Til sathlari, fonetika, umumiy va xususiy fonetika, qiyosiy va eksperimental fonetika, jumla (fraza), takt, bo`g`in, enklitika, proklitika, diftong, ochiq bo`g`in, yopiq bo`g`in, berkitilgan - yopiq bo`g`in, tovush.

Tilning fonetik tuzilishi, grammatik qurilishi va lug`at tarkibini ilmiy asosda har tomonlama o`rganish natijasida tilshunoslikning bir qancha sohalari yaratildi, chunonchi, fonetika morfologiya, sintaksis, leksikologiya, semasiologiya, etimalogiya va stilistika kabilar. Fonetika – tilning tovush tizimini, leksikologiya – lug`at tarkibini, morfologiya - so`z shakllarini, sintaksis – so`z shakllarining gapdagi vazifalarini, morfemika - so`z tarkibini, stilistika – nutq uslubini, semasiologiya - so`z ma’nolarini, etimologiya – so`zlarning kelib chiqishini o`rganadi. Tilning fonetik tuzilishi, grammatik qurilishi va lug`at tarkibining har biri alohida – alohida tizimni tashkil qiladi. Ammo til sohalari (fonetika, leksika, grammatika ) shu tilga xos qonun – qoidalar asosida bir – biri bilan o`zaro munosabatda bo`lib, bir tizimni hosil qiladi.


Lisoniy sathlar sirasida fonetika eng kichik tashkil etuvchi bo`lib, boshqa sathlar (leksikologiya, grammatika…) birliklari uchun moddiy asos vazifasini o`taydi. Insonning nutq faoliyati nutq birliklari bo`lmish tovushlar tizimi vositasida ro`yobga chiqadi. Nutq tovushlari o`zida uch jihatni birlashtiradi: fiziologik, akustik (fizik), funksional. Nutq tovushlarining fiziologik jihati deganda talaffuz a’zolarining boshqarilishi, fizik jihati deganda tovushning akustikasi (eshitilish darajasi) tushunilsa, funksional jihati nutq tovushlarining sotsial tomonini, aloqa vositasi ekanligini belgilaydi. Tilshunoslikda har uchala jihatni bir – biridan ajratmagan holda tadqiq qilish kerakligi masalasida olimlar turlicha qarashlarni ilgari surganlar. Pirovard natijada, tilshunoslikda ikki – fonetika va fonologiya sohalari ajralgan. Fonetika nutqiy xususiyliklarni, fonologiya lisoniy umumiyliklarni tadqiq qilish bilan mashg`ul bo`ladigan bo`lib qoldi.

Download 196.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling