3-mavzu. Iqtisodiyotni modernizasiyalash yo‘nalishlari (4 soat) Ma’ruza rejasi


Download 329.92 Kb.
bet1/4
Sana14.10.2023
Hajmi329.92 Kb.
#1702096
  1   2   3   4
Bog'liq
3-mavzu.


3-mavzu. Iqtisodiyotni modernizasiyalash yo‘nalishlari (4 soat)


Ma’ruza rejasi:
3.1. Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish
3.2. Milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizasiya va
diversifikasiya qilish
3.3. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirishda infratuzilmaning o‘rni


3.1. Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish
Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning asosida tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizasiya va diversifikasiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish masalasi turadi.
Iqtisodiyotni modernizasiyalash, islohotlarni chuqurlashtirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy fondlarni yaratish, amalda faoliyat yuritayotgantexnika va texnologiyalarni yangilash, ularni qo‘llab-quvvatlash investision jarayonlarni nechog‘li to‘g‘ri va samarali amalga oshirishga bog‘liqdir. Shu boisdan ham, O‘zbekiston Respublikasi davlat rahbari tomonidan ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikasiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investisiya siyosatini olib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning uchun markazlashgan, markazlashmagan jamg‘armalar mablag‘lari, xorijiy investisiyalar va kreditlarni o‘zlashtirishga hamda ulardan samarali foydalanish masalalariga urg‘u berilmoqda.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o‘zgartirish, tarmoqlarni modernizasiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun investisiyalarni jalb qilish borasida bajarilayotgan ishlar alohida e’tiborga loyiq.
2016 yildaiqtisodiyotga 16,6 milliard AQSH dollaridan ko‘p investisiya qilindi, yoki 2015 yilga nisbatan 9,6 foizga ko‘pdir. O‘zlashtirilgan chet el investisiya va kreditlar hajmi esa 11,3 foizga o‘sib,
3,7 milliard dollardan ko‘p bo‘ldi.

  1. yilda Investisiya dasturi doirasida umumiy qiymati 5,2 milliard dollarlik 164 yirik ishlab chiqarish ob’yekti ishga tushirildi. Jumladan, Talimarjon IESda 450 MVt quvvatli ikkita bug‘-gaz turbinasi va Angren IESda ko‘mir kukunidan foydalanishga mo‘ljallangan 130-150 MVt quvvatli energiya bloki qurish, Jizzax viloyatidagi syement zavodi quvvatini kengaytirish, «Indorama Qo‘qon tekstil» xorijiy korxonasi va «Fanteks» MCHJda yigiruv ishlarini tashkil etish, «GM O‘zbekiston» aksiyadorlik jamiyatida «T-250» rusumidagi yengil avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil qilish», shu bilan birga «Sirdaryo viloyatidagi «Guliston Med Texnika» qo‘shma korxonasida steril shprislar ishlab chiqarish" va boshqa loyihalar shular jumlasidandir17.





Download 329.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling