3-mavzu: Loyihalashtirish faoliyatini tashkil etish Reja


Download 227.68 Kb.
bet1/2
Sana16.08.2020
Hajmi227.68 Kb.
#126502
  1   2
Bog'liq
3-мавзу маъруза


3-mavzu: Loyihalashtirish faoliyatini tashkil etish

Reja:

  1. Loyihani boshqarishning tashkiliy tuzilishi va roli.

  2. Loyihani boshqarishning hayot bosqichlari.

  3. Loyihani rejalashtirish jarayonlari.

  4. Loyihalarni boshqarish jarayonlarining o‘zaro bog‘liqligi va ularning monitoring.

So‘nggi yillarda yurtimizda mehmonxonalar soni tobora ortib boryapti. Ammo hamyonbop bo‘lgan o‘rtacha turdagi mehmonxonalarga ehtiyoj baribir katta, chunki mijozlarning aksariyati aynan shu turdagi otellarga ishtiyoqmand. Kichikrok formatdagi mehmonxonani ochish anchagina salmoqli moliyaviy sarf-xarajatlarni, vaqt va sa’y-harakatlarni talab etadi. Yangi mehmonxonani ochish uchun qanday amallarni bajarish kerakligini qisqacha ko‘zdan kechirib chiqamiz. 

Har qanday turdagi mehmonxonani ochish jarayonida bosib o‘tish zarur bo‘lgan bosqichlarni birma-bir ko‘rib chiqamiz:

 1-bosqich: faoliyatning tashkiliy-huquqiy shaklini tanlash.

 2-bosqichsoliq solish tizimini belgilash.

 3-bosqichbino tanlash va uni jihozlash. 

Kichik mehmonxonalar uchun eng optimal variant binoni sotib olib, qayta planini moslab, qurishdir. Bo‘lg‘usi mehmonxona uchun eski yotoqxonlar binolari ma’qul keladi. Ular qayta qurishni kamroq talab etadi, umumiy ovqatlanish joylari, kir yuvish, yuvinish xonalariga ega. Kattaroq alohida uy yoki kottej xarid qilish ham yaxshi fikr. Iqtisodiy jihatdan olib qaraganda mehmonxona uchun binoni ijaraga olishdan ko‘ra sotib olish foydaliroq tuyuladi. Ijara variantini esa faqat u uzoq muddatga tuzilgan taqdirdagina ko‘rib chiqish mumkin. CHunki shartnomani uzoq muddatga tuzmasangiz, hech qancha vaqt o‘tmay, shartnoma bekor qilinsa, sa’y-harakatlaringiz zoe ketishi mumkin.

Turar joylarni sotib olgan taqdirda uni noturar joyga aylantirish talab etiladi. (Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 9 martdagi qarori bilan tasdiqlangan Turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizom). Bundan tashqari, mehmonxonaga aylantirilishi kerak bo‘lgan binoni qurish, jihozlash ishlarida qurish, sanitariya, ekologiya va xavfsizlik normalariga rioya qilish talab etiladi.

 

4-bosqichxodimlarni tanlash. 10 tagacha xonaga ega bo‘lgan kichik otel ochish uchun: boshqaruvchidan tashqari ingliz va rus tillarini mukammal egallagan administrator (ma’mur), farrosh va texnik xodimlar kerak bo‘ladi. Bundan sal kattaroq bo‘lgan mehmonxonalar uchun qo‘riqchilar, administratorlar, farroshlar tarkibini kengaytirish, buxgalteriya, buyurtmalarni qabul qilish bo‘limi, menejerlar, marketing bo‘limi va boshqalar (mehmonxona rahbariyatining qaroriga ko‘ra) kerak bo‘ladi.

 5-bosqich: marketing kampaniyasini tashkillashtirish. Boshlang‘ich bosqichda mijozlarni yangi mehmonxonaga jalb etish uchun Internet, bosma OAV, radio, vokzal va aeroportda reklama joylashtirish kifoya qiladi. Bundan tashqari, sayyohlik firmalari bilan shartnomalar imzolash mumkin. Ayniqsa, ko‘plab sayyohlarni qabul qilishga mo‘ljallangan shaharlarimizda (Samarqand, Xiva, Buxoro) bu foyda keltiradi.

  Ko‘rsatib o‘tilgan har bir qadam avvaldan tahlil etib chiqish va samaradorligini oldindan baholash, mukammal biznes rejani tuzib olgandan keyingina amalga oshiriladi.



  Mehmonxonaning biznes-rejasida eng avvalo, quyidagilarni inobatga olish darkor:



  • mehmonxona ob’ektining maqomi;

  • joylashuvi;

  • xonalari soni;

  • sig‘imi va maydoni (avtoto‘xtash joyi va qo‘shimcha xonalar);

  • bino qavatlari;

  • xodimlar shtati

  • bir yilda qancha sayyohlarni qabul qilishi, mavsumiyligi;

  • yashash uchun narxlar va qo‘shimcha xizmatlar bahosi va boshqalar.

 Shuningdek, bozordagi mehmonxonalar soni, ularning yo‘nalishi, o‘ziga xosliklari, joylashuvi, xizmatlari turi, xizmatlariga narxlar bilan sinchkovlik bilan tanishib chiqish zarar qilmaydi.

 

Hujjatlarni tayyorlash masalalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni qo‘lga kiritish uchun muqaddam hokimiyatlar huzurida bo‘lgan va yaqinda Adliya vazirligi tasarrufiga o‘tgan “yagona darcha” markaziga yuzlanish, soliq solish masalasida soliq inspeksiyasiga murojaat etish mumkin. Bu masala ham yangi biznes keltirishi mumkin bo‘lgan foyda hisob-kitobi singari e’tiborni va vaqtni talab etadi.



 Interer

 Mehmonxona intererini yaratish o‘ziga xos jarayon hisoblanadi, unda yagona qoidalar mavjud emas. Bu mehmonxona egasining didi, xohish-istaklariga bog‘liq: kimdir oddiy, sodda evropachalashgan uslubni, kimdur milliylikni tanlasa, yana kimga shu ikki uslubni birlashtirish fikri ma’qul kelishi mumkin. Ammo eng asosiysi uning qulay, yorug‘ shinam va ozoda bo‘lishidir.

 Muhim va ikkinchi darajali masalalar

 Mijozlar mehmonxonangizdan arimasligini istasangiz, quyidagi qoidalarga amal qilish kerak bo‘ladi:

-  har bir xona chinnidek top-toza bo‘lishi darkor;

-  mehmonlarga har doim toza choyshablar va sochiqlar berish shart;

-  mehmonxonaning o‘z avtomobillar to‘xtash joyi bo‘lishi lozim;

-  mehmonlarning xavfsizligini ta’minlash darkor. Bu maqsadda qorovul yollanadi, signalizatsiya o‘rnatiladi. Ehtiyot chiqish joyi ko‘zda tutilishi va yong‘indan ogohlantiruvchi uskunalar o‘rnatilishi joiz;

-  kichik yoshdagi bolalar uchun maxsus ovqatlanish stullari va karavotlar haqida ham unutib qo‘ymang.

 Reklama

 Reklama qilishning iloji va imkoni bor bo‘lgan joylarni qo‘ldan chiqarmaslikka tirishing. Reklama uchun eng yaxshi joy yo‘l yoqasidagi reklama shitlaridir. Ularga kuniga yuzlab odamlarning ko‘zi tushadi.

Dadil g‘oyalar, ijodkorlik va mulohaza bilan ish ko‘rish Sizga ishni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga yordam beradi.


Loyiha faoliyatini tashkil etish bir qator omillar ta'siri ostida rivojlanadi, ularning asosiy qismi:


  • loyihaning mazmuni, maqsadi va vazifalari;

  • loyiha muhitining tarkibi;

  • loyiha ishtirokchilarining tarkibi.

Loyihaning muhiti - bu mehmonxona faoliyatini loyihalash bo'yicha qaror qabul qilgan korxonaga (tashkilot) to'g'ridan-to'g'ri ta'sir ko'rsatadigan muhit. Bundan tashqari, loyihaning ko'lami qanchalik katta bo'lsa, tashqi muhit omillarining ta'siri shunchf kuchayadi. Mehmonxona faoliyatida loyihaning muhitining eng muhim omillari quyidagilardan iborat:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling