Mavzu: bozor tarkibi


Download 254.09 Kb.
bet1/17
Sana11.05.2023
Hajmi254.09 Kb.
#1452174
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Mavzu bozor tarkibi


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI


«MIKROIQTISODIYOT» FANIDAN


K U R S I S H I


MAVZU: BOZOR TARKIBI VA RAQOBAT
Bajardi: 9-4 IQT S guruhi talabasi SHODMONOV UMIDJON
(imzo) (ismi sharifi)
Kurs ishi himoya qilingan sana “ 2021 y.
Baho “
Ilmiy rahbar:
(imzo) (ismi sharifi)
Komissiya a`zolari:
(imzo) (ismi sharifi)






(imzo) (ismi sharifi)
Buxoro – 2021 yil

BOZOR TARKIBI VA RAQOBAT


MUNDARIJA
Kirish 3

  1. Bozorning asosiy xususiyatlati va tarkibi…………………………………......

  2. Bozor iqtisodiyotida raqobat va uning strategiyasi 14

  3. O‘zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va monopoliyaga qarshi siyosat 33

Xulosa 40
Foydalanilgan adabiyotlar 42

KIRISH


Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, bozor va raqobat – zamonaviy iqtisodiyotni harakatlantiruvchi kuch, uni rivojlantirishning boshqa har qanday omillardan ko‘ra qudratli hamda amaliy mexanizmidir. Raqobat qancha kuchli va uning namoyon bo‘lishi uchun sharoitlar nechog‘li yaxshi bo‘lsa, bozor shunchalik samarali faoliyat ko‘rsatadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020-yil va keyingi yillarda iqtisodiyot sohasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan dasturiy va maqsadli vazifalarga ko‘rsatib o‘tdi:
“Birinchidan, 2020-yilda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va inflyasiyani jilovlash – iqtisodiy islohotlar jarayonidagi bosh vazifamizdir.
Biz, shu yildan boshlab inflyasiyaviy targetlash tizimini joriy qilishga o‘tdik.
Bu borada Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Markaziy bank, Moliya vazirligi iqtisodiy o‘sish bilan inflyasiya o‘rtasida muvozanatni ta’minlashi, tashqi xavf- xatarlarni hisobga olishi zarur1.
Davlat tomonidan 37 turdagi mahsulot va xizmatlar narxining tartibga solinayotgani, erkin raqobatga salbiy ta'sir qilmoqda.
Shuni hisobga olib, endi asosiy e’tiborni narxlarni belgilashga emas, balki korxonalar o‘rtasida sog‘lom raqobatni ta’minlash orqali, narxlarni pasaytirishga va sifatni oshirishga qaratishimiz kerak.
Xalqaro tajribani o‘rganib, raqobatni olib kirish mumkin bo‘lgan monopoliya sohalariga xususiy sektor uchun yo‘l ochish va shu orqali raqobat muhitini shakllantirish lozim.
Bu borada tabiiy monopoliya va raqobat to‘g‘risidagi qonunlarni yangilash hamda Iqtisodiyotda raqobat muhitini shakllantirish strategiyasini ishlab chiqish talab etiladi.
Iste’mol bozorida oziq-ovqat mahsulotlari narxi barqarorligini ta’minlashning yagona yo‘li – meva-sabzavot, chorvachilik va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari

    1. 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi. 2020 yil.

yetishtirish hajmini ko‘paytirish hamda “daladan do‘kongacha” bo‘lgan uzluksiz zanjirni yaratishdir.
Hukumat, barcha darajadagi hokimliklar bilan ushbu vazifa ijrosini to‘liq ta’minlashi kerak.
Byudjet mablag‘larining maqsadli va oqilona sarflanishi ustidan, nazoratni yanada kuchaytirish zarur.
Joriy yilda davlat tashqi qarzining yuqori chegarasini belgiladik. Bundan buyon xalqaro moliya tashkilotlaridan olinadigan mablag‘larni qaytarish imkoniyati va ularning natijadorligiga jiddiy e'tibor qaratiladi.
Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda, “Davlat moliyaviy nazorati to‘g‘risida” va “Davlat qarzi to‘g‘risida”gi qonunlar loyihalarini ishlab chiqsin.
Islohotlarimizga jiddiy to‘sqinlik qilayotgan “yashirin iqtisodiyot”ga barham berilmas ekan, sog‘lom raqobat ham, qulay investitsiya muhiti ham shakllanmaydi. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda, “yashirin iqtisodiyot”ning vujudga kelish omillarini chuqur tahlil qilib, unga
qarshi kurashish dasturini tasdiqlasin.
Shuningdek, “yashirin iqtisodiyot” ulushi yuqori bo‘lgan alkogol va tamaki bozorini tartibga solish uchun tovarlarni raqamli markirovka qilish tizimini joriy etish ishlari boshlandi.
Bu tizim kelgusida farmatsevtika mahsulotlari uchun ham qo‘llaniladi.
Vazirlar Mahkamasi qiymati 200 million dollar bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hisobiga amalga oshirilayotgan ushbu “raqamli markirovka va onlayn kassa” loyihasini, alohida nazoratga olsin.
Ikkinchidan, iqtisodiyotni yuqori sur'atlar bilan rivojlantirish uchun faol investitsiya siyosatini izchil davom ettirish zarur.
Joriy yilda 23 milliard dollarlik investitsiyalar o‘zlashtiriladi hamda 206 ta yangi yirik quvvatlar ishga tushiriladi.

      1. Download 254.09 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling