3-Mavzu: Minerologiya. Mineral va tog‘ jinslari haqida tushuncha. Tog‘ jinslarining genetik turlari


Download 15.97 Kb.
Sana26.01.2023
Hajmi15.97 Kb.
#1123785

3-Mavzu: Minerologiya. Mineral va tog‘ jinslari haqida tushuncha. Tog‘ jinslarining genetik turlari.
Reja:
1.Minerologiya nimani o’rganadi.
2.Kristall panjaralar, kristallografik shakllar.
3.Minerallar va tog’ jinslari haqida tushuncha.


Mineral deb tog' jinslarining tarkibini tashkil qiluvchi bir yoki bir necha elementlarning fizik—kimyoviy sharoi tlarda paydo bo'lgan birikmasiga aytiladi.
Minerallarning har biri o'ziga xos fizik — kimyoviy xususiyatga ega. Tabiatda ma'lum bo'lgan minerallarning (5000 dan ortiq) ko'pchiligi qattiq, juda ozgina qismi suyuq va gaz holatda bo'ladi. Barcha minerallardan faqat 100 tachasi yo tabiatda keng tarqalganligi, yoki insoniyat uchun qimmatli xossalari tufayli katta amaliy ahamiyatga ega. Shulardan 30 taga yaqini tog' jinslarining asosiy qismini tashkil etadi.
Minerallar turli yo’llar bilan hosil bo'lishi mumkin. Dala shpati, kvars va slyuda singari keng tarqalgan minerallar, asosan, yer qa'rida vujudga keladigan qaynoq magma suyuqliklaridan va gazlardan, kamroq qismi er yuzasiga qo'yilgan lavadan kristallanadi. Ko'pchilik minerallar suvli eritmalardan cho'kmaga o'tadi, yoki organizmlar faoliyati tufayli hosil bo'ladi. Ba'zi bir minerallar katta bosim va yuqori harorat ta'sirida mavjud minerallarning qayta kristallanishidan vujudga keladi.
Ko'pchilik minerallar odatda paragenezis deb ataluvchi muayyan assotsiasiyada (masalan, dala shpati va kvars) uchraydi, ammo bundan istisno hollar ham kuzatiladi (masalan, dala shpati va osh tuzi).
Minerallarni aniqlashda ularning muhim fizik va kimyoviy xossalaridan foydalaniladi. Minerallarning diagnostik belgilarini, agar ular tog' jinslarida mayda donalar holida uchrasa ham, hech bir asboblarsiz aniqlash mumkin.
Tog' jinsining tarkibini tashkil qiluvchi minerallar fizik xususiyati va kimyoviy tarkibi bilan biri ikkinchisidan farqlanadi.
Har bir mineral muayyan kimyoviy tarkibga ega bo'ladi. Ammo ularning tarkibida izomorf holda kimyoviy xossalari yaqin bo'lgan elementlar qo'shimcha tariqasida mavjud bo'lishi mumkin. Ular minerallarning kristallografik shakliga ta'sir etmasa ham, fizik xossalarini o'zgartirishi mumkin.
Yerning materik va okean po’stlar har xil tog’ jinslari va minerallardan tashkil toptan. Tog’ jinsi deb bir yoki bir necha minerallar birikmasiga, organik dunyo q'oldiqlardan tashkil topgan tabiiy hosidaga aytiladi. Yer po’stidagi barcha tog’ jinslari hosil bo’lish sababi va tarkibiga ko’ra uch guruhga: magmatik, cho’kindi va metamorfik (o’zgargan) jinslarga bo’linadi.
Yer po’stida turli ekzogen jarayonlar ta`sirida cho’kmalar hosil bo’ladi. Ular keyinchalik jipslashib, turli fizik-kimyoviy uzgar iplarga uchrab (diagenez) cho’kindi tor jinslariga aylanadilar. Cho’kmalаr kimyoviy yo’l bilan, hayvon va o’simlik qoldiqlari to’planishidan ham hosil bo’lishi mumkin. Cho’kindi tog’ jinslari qoplama shakllar, materiklarning doyarli) 75% maydonini egallab yotadi. Ularning ba`zilari foydali qazilmalar hisoblanadi yoki tarkibsha turli foydali komponentlarga ega bo’lishi mumkin.
Magmaning sovub qotishidan hosil bo’lgan moddalarni magmatik jinslar deb ataladi. Ularga navbatida yer po’stining ichida sovub qotgan intruziv va yer yuzasiga chiqib quyilgan effuziv (vulkan) jinslarga bo’linadi. Bularning har ikkalasi ham magmaning qotishidan, lekin ikki xil sharoitda paydo bo’lgan. Granit, granodiorit, porfir, bazalt magmatik tof jinslarining tipik vakillaridir. Asoson tog’li o’lkalarda, qalqonlarda tarqalgan.
Metamorfizm jarayonida hosil bo’lgan tog’ jinslari fatsiyalarga ajralgan: epidot - al'bit - rogovikli fatsiya: amfibol - rogovikli fatsiya; yashil slanetslar fatsiya epidot-amfibolitlar fatsiyasi va eklogitlar fatsiyalar shular jumlasidandir. Metamorfizm natijasida yo’qorida nomlari aytilgan fatsiyalar bilan birga ma`danli foydali qazilmalar hosil bo’ladi. Metamorfik jinslari va fatsiyalarida ma`danli ne noma`dan qimmatli [Ai, Si, SH Pd, Hg, Fe va bo’lgan) konlar hosil bo’lgan.
Bu uch guruh tog’ jinslari minerallardan tashkil topib, ular bilan turli foydali qazilmalar bog’liq bo’lganligi sababli minerallarning kimyoviy tarkibi va fizik xossalarini batafsil o’rganish lozim. Ma`lumki, bir xil tog’ jinsining tarkibi ikkinchi xil tog’ jinsining tarkibiga mos kelmaydi. Masalan magmatik tog’ jinslari bo’lmish grant kvarts, dala shpati biotig’ obmanka minerallaridan tashkil topgan bo’lsa, dunit olivinit, piroxsenit olivindan matamorfik tog’ jinslaridan bo’lmish marmar faqat kal'tsit minerallar tashkil topgan. Demak, minerallarning fizik xossasi va ular qaysi jinsida uchrashini bilib olib so’ng tog’ jinslarini tekshirish kerak.
Tog‘ jinslarining tasnifi hosil bo‘lish sharoitlariga asoslangan. Ushbu tasnifga muvofiq tog‘ jinslarining quyidagi turlari ajratiladi:
- magmaning sovishidan hosil bo‘luvchi - magmatik;
- magmatik va metamorfik jinslarning mexanik nurashi va eritmalardan moddalarning cho‘kishi natijasida hosil bo‘luvchi - cho‘kindi;
- cho‘kindi va magmatik jinslarning uzoq vaqt davomida yuqori bosim, harorat va minerallashgan suv ta’sirida kechgan tabiiy-kimyoviy jarayonlar tufayli hosil bo‘luvchi – metamorfik.

Nazorat savollari



  1. Yerning asosiy xususiyatlariga nimalar kiradi?

  2. Yerning zichligi, yer po'sti, mantiya va yadrosida qanday qiymatlarga ega?

  3. Yerning ichki tuzilishi qanday usullar yordamida aniqlanadi?

  4. Konvektiv oqimlar qanday vujudga keladi?

Download 15.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling