3-mavzu. Tarbiya fanini o’qitishning ilmiy, diniy, badiiy va falsafiy asoslari. Reja


Download 56.6 Kb.
bet1/7
Sana03.02.2023
Hajmi56.6 Kb.
#1153125
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-mavzu-1


3-mavzu. Tarbiya fanini o’qitishning ilmiy, diniy, badiiy va falsafiy asoslari.
Reja:
3.1. “Tarbiya” fanini o‘qitishning ilmiy, diniy, badiiy va falsafiy asoslari.
3.2. Avloniy, A. Fitrat, M. Behbudiy, I. Ibrat asarlarida tarbiya masalalari.
Tayanch so’zlar: tarbiyaviy fikrlar, Tarbiya fanini o‘qitishning ilmiy, diniy, badiiy va falsafiy asoslari
3.1. Tarbiya fanini o‘qitishning ilmiy, diniy, badiiy va falsafiy asoslari
Insoniyat tarixiy taraqqiyoti turli davrlarda, turli makon va zamonda yuzaga kelgan yuksak g’oyaviy-ma’rifiy o’zgarishlar, kuchli ruhiy ta’sirlar orqali takomillashish jarayonini boshdan kechirgan. Bundan uch ming yil ilgari Qadimgi Xorazmda yaratilgan «Avesto» zardushtiylik dinining muqaddas kitobi sifatida katta ijtimoiy, ma’naviy, axloqiy ahamiyatga ega manba hisoblanadi. «Avesto» asarida inson shaxsining kamolotga erishishiga oid fikrlar ifoda etilgandir. Mazkur asar g’oyalari orqali qadimgi davrlarda mamlakatimiz hududida yashagan xalqlarning tabiiy, ilmiy, ma'rifiy hamda ijtimoiy qarashlari borasida muhim ma’lumotlarga ega bo’lamiz. “Avesto” diniy xarakterga ega bo’lish bilan birga, o’zida falsafiy, siyosiy, filologik, va tarbiyaviy masalalarni ham qamrab olgan. “Avesto”da ijtimoiy adolatga yo’g’rilgan insonparvar qarashlar nafaqat inson, balki butun borliq, tuproq, havo, suv, koinot, yulduzlar, hayvonlar, hasharotlar va boshqa jonzotlarning o’zaro munosabatlari orqali inson ma’naviy-axloqiy me’yorlari ilk bor ishlab chiqilgan.
Zardushtiylik dinining g’oyalari xususida so’z borganda, ularning to’g’rilik bilan yashash va axloqiy unsurlarga asoslanganligini alohida ta'kidlab o’tish lozim. Manbada odamlarga shunday nasihat qilinadi: “Hargiz bu uchlikda sustkashlik qilma: ezgu fikratda, ezgu amalda va ezgu kalomda. Ushbu qabih uchlikdan zinhor yuz bur: yomon fikratdan, yomon amaldan, yomon kalomdan!”.1
Ushbu afsonada gunoh va uning jazosi, poklikning mohiyati ta'riflanib olov, suv, yer, chorva, daraxt hamda o’simliklar ulug’lanadi, kohin, harbiy, dehqon va chorvadorlar sharaflanadi. Hayvonlarga zulm o’tkazish eng katta gunoh sifatida qoralanadi. Bu xususida manbada juda ko’plab fikrlar keltirilgan. Jumladan, “Ey olamni yaratgan Zot! Ey, Haqiqat! Kimki gala itini urib o’ldirsa, u qanday jazoga giriftor bo’ladi? Axura Mazda javob berdi: -Aspahih-ashatra va suravushu-charana qamchinlari bilan sakkiz yuz martadan savalanadi”2.
Manbada shaxsiy gigienaga amal qilishga oid qoidalar–tirnoq va sochni parvarishlash masalalari yuzasidan shunday fikr bildiriladi: “Ey, Zardusht! Qachonki sochingga taroq taroq solsang yoxud uni qirtishlasang, yo tirnoq olsang tandan judo bo’lgan o’sha soch va tirnoqlarni ashavan yerdan o’n odim olisga, olovdan yigirma odim olisga, suvdan o’ttiz odim olisga va barsam dastalaridan ellik odim olisga eltib bor. Shundan keyin qattiq yerda o’n barmoq hajmida, muloyim yerda o’n ikki barmoq hajmida chuqur qaz, o’sha soch va tirnoqlarni uning tubiga tashlab yubor.”3
“Avesto”da keltirilishicha, dunyoda zamini hammadan ko’ra baxtiyorroq bo’lgan beshta joy mavjud bo’lib, ular quyidagilar:
1.”Bunday joy ko’lda pokiza o’tin, barsam (“barisman” so’zidan olingan bo’lib, unmoq, o‘smoq, yashnash, silamoq ma’nolarini bildiradi. Daraxtning yangi kesilgan shoxi. Zardushtiylar hamd-sano lahzalarida bu shoxlarni qo’lda tutganlar), hovana (Zardushtiylik e’tiqodiga ko’ra bir kecha-kunduz besh qismdan iborat. Uning dastlabki qismini asraguvchi ilohning nomi Hovanadir. Hvana (fors tilidan o’g’ir. Mazdaparastlar uchun muqaddas sanalgan hvana o’simligi ezib, sharbati olinadigan maxsus idishning nomi) va yangi sog’ilgan sut tutgan, o’z amal-e’tiqodiga dilda ishonchi sobit, o’ktam ovoz, keng yaylovlar ishqi bilan masrur va bu yaylovlarni qo’shiqqa solgan bir Ashavan oyoq bosgan zamindir”.
2.”Bunday joy bir Ashavan uy tiklangan makondir. O’sha uyda mo’bad (mubid-otashparastlarning dinida mug’lardan martabaliroq ruhoniy) ro’zg’or tebratadi. Sigirlar podasi va uy bekasi, farzandlar va suruvlar yashaydi bu uyda. Sigirlar galasi yaxshi parvarish qilinadi bu uyda. Sigirlar galasi yaxshi parvarish qilinadi. Ashavanlik afzun bo’ladi. Tevalar xo’roki farovon, yaxshi itlarning rizqi serob. Uy bekasi baxtiyor, farzandlar shodmon. Hamisha olov gurillab turadi. Tiriklikning go’zal har bir hodisasi yaxshilikka qovushadi”.
3. “Bunday joy bir Ashavan hammadan ko’proq bug’doy, yog’ va mevali daraxtlar ekkan, odamlar quruq yerlarga suv chiqargan, suvli yerlarni shudgor qilgan zamindir”.
4. “Bunday joy qo’ylar suruvi va tevalar uyuri eng ko’p parvarish qilinadigan zamindir”.
5.”Bunday joy sernasl qo’ylar va tevalar yashaydigan zamindir”4.
Bildirilayotgan fikrlardan anglash mumkinki, zardushtiylik dinining g’oyalariga ko’ra, shaxsning axloqiy xislatlarga ega bo’lishi Adolat o’lkasini qaror toptirishda tayanch omil bo’lib xizmat qiladi. Zardushtning asosiy yo’riqlaridan biri ham Axura Mazdaning ko’makchisi sanalgan inson saxovatli bo’lishi kerak, degan aqidadir. Garchi, zardushtiylikda diniy rasm-rusumlarga rioya etish, Zardusht tomonidan ilgari surilgan barcha axloqiy yo’l-yo’riqlarni bajarish har bir kishining muqaddas burchi ekanligi e'tirof etilishi bilan birga, dunyoviy ishlar va ularning mohiyati ham ochib beriladi. Manbada: “Har kim dunyoda tiriklikni bunyod etguvchi qonun bo’lgan Ashah-Haqiqat ta’limoti asosida yashashi lozim”5,-deyiladi.
«Yaxshi fikr» iborasining mazmuni o’zida ilohiy qonun ruhidagi g’oyalarga ega bo’lish, yaqin kishisiga nisbatan mehribonlik ko’rsatish, muhtojlarga ko’maklashish, yovuzlikka qarshi kurashga doimo tayyor turish, kishilarning baxt-saodati yo’lida harakat qilish, ahillik, qabiladoshlar bilan birga do’stlik va totuvlikda yashashga intilish ruhidagi niyat va fikrlar musaffoligini aks ettiradi. Inson fikran ham boshqalarga hasad qilmasligi lozim. Yaxshi niyatli kishi darg’azab bo’lmaydi, jaholatlarga berilmaydi. Zero, bunday ruhiy holatda inson yaxshilik haqida o’ylamaydi, burch va adolat haqida unutadi va nojo’ya harakatlar qiladi.

Download 56.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling