3 Мaвзу: Термодинaмик функциялaрни ҳисоблaш
Download 72.21 Kb.
|
6 -ma\'ruza.
6-mavzu. Potenstiallar. Kimyoviy potensial.1. Termodinamik potensiyallar.2. Xarakteristik funksiyalarTermodinamikaning birinchi qonuni energiyaning saqlanish va aylanish jarayonini miqdoriy tomondan tavsiflaydi. Termodinamikaning ikkinchi qonuni bu jarayonlarning sifat tomonini tavsiflaydi. Termodinamikaning birinchi qonuni bironta jarayonning energetik balansini tuzish uchun zarur bo’lgan barcha ma’lumotlarni beradi, lekin u, bironta jarayonning sodir bo’lishi yoki bo’lmasligi haqida hech qanday ma’lumot bermaydi.
Har-xil olimlar termodinamikaning ikkinchi qonuniga turlicha ta’rif berganlar. Shu ta’riflar haqida qisqacha ma’lumot beraylik. Sadi karno (1824 yilda) quyidagi ta’rifni berdi: “termodinamik tizim ish bajara olishi uchun kamida turli temperaturali ikki manba zarur. Issiqlik dvigatellari F.I.K. >1 bo’la olmaydi”. R. Klauzius (1850 yilda) quyidagi ta’rifni taklif etdi: “issiqlik ancha sovuq jismdan ancha issiq jismga o’z-o’zidan o’ta olmaydi”. V. Tomson (lord kelvin) 1851 yilda quyidagi ta’rifni taklif etdi: “jonsiz material agent yoramida moddaning qandaydir massasidan uni atrofdagi predmetlardan eng sovug’ining temperaturasidan past temperaturagacha sovitish yo’li bilan mexanikaviy ish olib bo’lmaydi”. M. Plank quyidagi ta’rifni taklif etdi: “barcha ishi bironta yukni ko’tarish va issiqlik manbaini sovitishdan iborat bo’lgan davriy ishlaydigan mashina qurib bo’lmaydi”.Download 72.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling